Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar


Download 417.9 Kb.
bet7/10
Sana03.12.2020
Hajmi417.9 Kb.
#157543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ðåæà O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla


3-slayd

4-slayd

O’zbekistonda demokratik jamiyatga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari

QISQACHA XULOSA

Demak, demokratik jamiyatga o’tish deganda, mamlakatlarning turli tuzumlardan (totalitarizm, kapitalizm, harbiy diktatura va x.k) demokratik tamoyillar asosida rivojlanishi uchun vujudga keltiriladigan imkoniyatga ketadigan oraliq vaqt tushuniladi. Xuddi ana shu vaqt ichida demokratik jamiyat uchun zarur bo’ladigan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mahrifiy imkoniyatlar yaratiladi. «Oraliq» vaqtning boshlanishi va uning o’z poyoniga yetishi o’tish davri masalalari qatoridagi eng muhim ahamiyatga molikdir. CHunki, bugun bu masala ilmiy adabiyotlarda o’z yechimini topganicha yo’q. Unga aniqlik kiritmaslik esa «o’tish davrining» boshi va oxiri qaerdaligini bilib olish imkonini bermaydi. To’g’ri, o’tish davri ikki yo’nalishda iqtisodiy hayotda va siyosiy hokimiyatda pirovardida demokratik jamiyatga olib boruvchi tub o’zgarishlarning sodir bo’lishi va uning asosida ijtimoiy hamda ma’naviy-mahrifiy sohalarda olib boriladigan islohotlarning boshlanishi bilan xarakterlanadi. O’tish davrining tugashi esa demokratik tamoyillarning to’laligicha hayotiy reallikka aylanishi bilan bog’liq bo’ladi.


MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR

  1. Sobiq Ittifoq parchalanishining asosiy sabablari nimalardaq

  2. O’zbekiston siyosiy mustaqilligiga erishgan paytda qanday hujjatlar qabul qilingan ediq

  3. O’tish davrining barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlarini izohlangq

  4. O’tish davrining inqilobiy, tadrijiy, “SHok terapiyasi”, islohot yo’llarining har birini bayon etingq

  5. Prezident Islom Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” asarlarining mazmun va mohiyati, ahamiyati nimalarda aks etadi



ADABIYOTLAR:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: «O’zbekiston», 2007. – 3–10-b.

  2. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.1. -T.: «O’zbekiston», 1996, 36-85-betlar.

  3. Karimov I.A. O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. T.1. -T.: «O’zbekiston», 1996, 274-284, 301-308, 309-322, 341-359-betlar.

  4. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.3. -T.: «O’zbekiston», 1996, 175-181, 183-191, 202-226, 227-246-betlar.

  5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: «O’zbekiston», 1997, 31-40, 125-135, 149-162-betlar.

  6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: «O’zbekiston», 2000, 6,8-12, 14-15, 16-26, 28-38, 47-48-betlar.

  7. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish - har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. T.12. – T.: O’zbekiston, 2004. – 285–312-b.

  8. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. T.12. – T.: O’zbekiston, 2004. –313–337-b.

  9. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. T.13. – T.: O’zbekiston, 2005. –156–223-b.

  10. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. – T.14. – T.: O’zbekiston, 2006. – 61–97, 139–153, 248–265-b.

  11. Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun faravon turmush sharoitini yaratish – asosiy vazifamizdir. – T.: O’zbekiston, 2007. – 11-b.

  12. Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 48 b.

  13. Karimov I.A. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish – farovon hayot garovidir. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2007. – 64 b.

  14. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. – T.15. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 3-11, 154-211–241-251-b.

  15. Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 48 b.

  16. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Toshkent. ‘Ma’navieat’ nashriyoti. 2008.

  17. Karimov I.A. “O’zbekiston – mustaqillikkaerishish ostonasida”. Toshkent. ‘O’zbekiston’ nashriyoti. 2011 yil.

  18. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oily saodatdir” Toshkent. ‘O’zbekiston’ nashriyoti. 2015 yil.

  19. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarishdan iborat.” O’zbekiston RespublikasiKo’nstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2015 yil 6 dekabr soni.

  20. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan isloqotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka yanada kеng yo’l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir”. 2016 yil 15 yanvarda bo’lib o’tgan, Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maqkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2016 yil. 16 yanvar soni.

  21. Yunuso’v K.A.(Hammualliflikda). O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O’quv qo’llanmasi. Toshkent. “Navro’z” nashriyoti. 2014 yil. 400 bet.

  22. Rahimov I., Zohidov A., Azizov SH., Ayupov A. va boshq. Mustaqillik mafkurasi va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.: «Universitet», 2001. 232-bet.

  23. Pugachev V.P., Solovg’ev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 202-255-betlar.

  24. O’zbekiston: 13 yil mustaqil taraqqiyot yo’lida. T.: «O’qituvchi», 2004, 3-44-betlar.

  25. Do’stjonov T., Hasanov S. O’zbekiston demokratik taraqqiyot yo’lida. T.: Toshkent Moliya instituti, 2004, 3-180-betlar.

  26. Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 204 b.

  27. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi - O’zbekiston taraqqiyotining kafolati. -T.: «Adolat», 2000.

  28. Levitin L. O’zbekiston tarixiy burilish pallasida. -T.: «O’zbekiston», 2001, 368-bet.

  29. Odilqoriev X.T., Foyibnazarov SH.F. Siyosiy madaniyat. T.: O’zRIIV Akademiyasi, 2004, 138-158-betlar.

  30. Pugachev V.P., Solovg’ev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 237-255-betlar.

  31. Do’stjonov T., Hasanov S. O’zbekiston demokratik taraqqiyot yo’lida. T.: TMI, 2004, 3-180-betlar.

  32. SHarifxo’jaev M. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati. – T.: SHarq, 2005. – 240 b.

  33. Aliev B., Hoshimov T. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. – T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot nashriyoti”, 2005. – 160 b.

  34. Abdullaev M. va boshqalar. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: “SHarq”, 2006. – 528 b.

  35. Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlari. – T.: “Ma’naviyat”, 2006. – 160 b.

  36. To’xliev N. va boshqalar. O’zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashr., 2006. – 280 b.


5 - MAVZU. O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYaT QURISHNING MILLIY VA UMUMINSONIY DEMOKRATIK TAMOYILLARI

REJA:

1. DEMOKRATIK JAMIYATNING MILLIY, UMUMBASHARIY TAMOYILLARI VA QADRIYATLAR TUSHUNCHASI.

2. MILLIY TAMOYILLAR VA QADRIYATLARNING DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA AKS ETISHI.

3. O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO ETISHDA MILLIY VA UMUMBASHARIY QADRIYATLARNING UYG’UNLASHUVI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
1. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari

va qadriyatlar tushunchasi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo’nalish, rus tilida qo’llaniladigan «tendentsiya» so’zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, «tamoyil» atamasining muqobolidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo’nalish” so’zlari sinonim sifatida qo’llanib kelinmoqda. Agar bu so’zlarning mahnosiga ehtibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo’nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o’zida aks ettiradi.

Yurboshimiz I. Karimo’v o’zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida shunday yozadi: “Biz xalqimizning dunyoda hеch kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hеch shubhasiz, bеqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sеzgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z yoliga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’qrilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chеtga chiqib qolishimiz mumkin.”10

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning yetakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish va to’ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. SHunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi va namoyon bo’lish xususiyatlari jiddiy o’rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon ehtirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

1) erkin va adolatli saylovlar;

2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat;

3) inson huquqlarining ustuvorligi;

4) hokimiyat organlarining saylanib qo’yilishi;

5) so’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;

6) qonun ustuvorligi;

7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;

8) tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo’yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;

9) ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;

10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o’tkazilishi;

11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;

12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi;

13) jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolat-lovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.

Ma’lumki, O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligiga erishgach, Yer sharining ko’pchilik aholisi kabi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.

Demokratik jamiyat qurish albatta milliy va umumbashariy tamoyillar asosida rivojlanib boradi. Bu uzviylik jarayoni 2 ta muxim jihat bilan belgilanadi. Demak:



1.Demokratik jamiyatning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1) Xalqimiz hayotida jamoa bo’lib yashash ruhining ustuvorligi.

2) Oila, maxalla, el-yurt muqaddasligi.

3) Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-ehtibor.

4) Millatning ulmas ruhi ona tiliga hurmat

5) Kattaga hurmat, kichikka izzat.

6) Ayol zotiga ehtirom.

7) Sabr-qanoat, mehnatsevarlik.

8) Halollik va mehr-oqibat.

9) Demokratik jarayonlarning uzviyligi, asta-sekinligi.

10) Odamlar tafakkuri va ijtimoiy saviyasi.

11) Xalqimiz milliy madaniyatining o’ziga xosligi va h.k.



2. Demokratik jamiyatning umumbashariy tamoyillari:

1) qonun ustuvorligi.

2) Inson xaq-xuquqlari va xurfikrlilik.

3) Barcha millat vakilariga xurmat va ular bilan baxamjixat yashash.

4) Diniy bag’rikenglik.

5) Dunyoviy bilimlarga intilish, mahrifatparvarlik.



6) O’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish va h.k.
1-slayd



Download 417.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling