Reja: Oʻzbekistonda islom talimotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar


O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari


Download 21.32 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi21.32 Kb.
#1630183
1   2
Bog'liq
Dinshunoslik 3-mustaqil ish

O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari
Reja:

  1. Shomoniylik hhaqida

  2. Totemizm,Fetishizm va Animizmlar haqida

  3. Shomoniylik va sehrgarlik haqida

Shomonlik, shamanlik (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy eʼtiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish shahrining asosini tashkil etadi. shahrida uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bogʻlay oladigan, boʻlajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sigʻiniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq oʻrtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan "aloqa bogʻlashi" hamda ulardan maʼlum yoʻlyoʻriq olishi shahrining asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy eʼtiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yoʻq. Shomonlarga bemorlar oʻzlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shim. va Sharqiy Osiyoning koʻp xalqlarida, Sibirda, indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan. Shomonlikka munosib ko'rilganlarni maxsus belgilari va ko'plab qobiliyatlar talab qilingan. Ortiqcha barmoq bilan tug'ulganlar, ya'ni shamanlarning oltinchi barmog'i bo'lishi lozim edi. Shomonlar qo'shiq, musiqa, rassomchilik, raqs, so'zamonlik va haykaltaroshlikni yaxshi bilishlari kerak edi. Ularning marosimlarda aytiladigan qo'shiqlari davolash va jodulash hususiyatiga ega bo'lgan. Ular o'tib ketgan ajdodlari arvoxlariga sig'inishgan. Ulardan madad so'rashib qurbonlik marosimlarini o'tkazishgan. Ularning asosiy ish qurollari ,,bubin nomli childirma, qamchi, changqovuz, morin xur bo'lgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar bo'lgan. Ularning raqslari tabiyat jonvorlari harakatini eslatardi, bunga sabab o'lgan ajdodlar arvoxlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishardi. Oʻzbekiston xalqlari orasida ham shomonlar bor, ularni hamma ,,baxshi nomi bilan yaxshi biladi. Ular ham ajdodlariga atab qurbonliklar qilishadi, bashorat, jodu va davolash ishlarini bajarishadi. Ular ish qurolida ham doira, qamchi, changqovuz, xanjarlarni ko'rishimiz mumkun va bu ish qurollari doim qurbonlik qilingan jonzotlar qoni bilan qonlanib turgan.
Totemizmda urug'-qabila yoki shu urug'ning xar bir a'zosining xayoti, farovonligi, shu urug'ning xaqiqiy ajdodi xisoblangan «totsi»-o'simlik yoki xayvonga bog'liq deb ishoniladi.Totemizm- odamlarning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor deb e'tiqod qilishdir.Totem urug' yoki qabila uchun muqaddas va homiy bo'lgan hayvon va o'simlik, tabiat hodisalaridir. Totem timsoli bo'lgan narsalarning halokati, uning avlodining halokati deb ishonish natijasida «totemlarni»- ya'ni xayvon va o'simliklarning turlarini ko'paytirishga xarakat qilganlar.Individual - (yakka) totem bir urug' barcha a'zolarining umumiy bitta totemi bilan bir qatorda, yana har bir a'zosining alohida shaxsiy totemga egaligidir. Bunday totemlar asosan erkaklarda, afsungarlarda, qabila boshliqlarida, duoxonlarda bo'lgan. Ular o'zlarining shaxsiy totemlarini farzandlariga meros qilib qoldirganlar.
Animizm - lotincha «anima» so'zidan olingan bo'lib «jon», «rux» degan ma'nolarni anglatadi.Animizm- kishi ruxining, jonining borligiga ishonish, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvonot, o'simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Animizm har kanday dinning zaruriy unsuridir. Animizmda osmon va yer, quyosh va oy, yomg'ir va shamol kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb hisoblanar edi. Hattoki, ko'p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklar ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli,sezuvchan, yaxshilik va yomonlikni keltiruvchi deb tushunilgan. Animizm- ibtidoiy, diniy tasavvurlarning eng yuksak shakli. Animistik timsollar ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiy kuchlarning jonlantirilishidir. Ular zamonaviy dinlarda ham mavjud.
Shomonizm- «shomon» tunguzcha so'z bo'lib, u «sehrgarlik», «o'ta xayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma'noni anglatadi. Bu so'zlar ruslar orkali butun Sibirga, XVIII asrda esa G'arbiy Yevropaliklar tiliga kirib kelgan.
Sehrgarlik (afsun, magiya)- real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual urf-odatlar majmuasidir.
Shamanlar - afsungarlik bilan shug'ullangan odamlardir. Ular jazavali va asabiy kishilar bo'lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo'lishi, ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazishlariga ishonganlar. Ular ma'lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish yo'li bilan o'zlarini jazavaga solib, jazavani yuqori nuqtaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Marosim oxirida u hech narsani ko'rmay, eshitmay qolar edi. U shu holatda ruhlar bilan muloqot qiladi deb hisoblangan
Fetishizm- portugalcha -«fetisho», frantsuzcha «fetishe» so'zlaridan olingan bo'lib, sexrli narsa, but, sanam, tumor degan ma'nolarni anglatadi. Fetishizm jonsiz narsalarga sig'inishdir. Fetishlar- sig'inish ob'ektlari, tosh, tayoq, daraxt, umuman xar qanday buyum bo'lishi mumkin. Shunday o'simliklar borki, ularning zaxri tirik jonni o'ldirish xususiyatiga ega. O'simliklarning bu xususiyati g'ayri-tabiiy xisoblangan. Keyinchalik, bu narsa boshka narsalarga, masalan, toshga ko'chirilgan. Ov qilayotgan ibtidoiy odamlar ayrim toshlarni xayvonlarga o'xshashini payqaganlar. Shuning uchun ular ovga borganlarida ana shu toshlarni olib ketganlar. Ov o'ngidan kelib qolganda bunga xam shu toshlar sababchi, deb xisoblaganlar. Shu tariqa, oddiy predmetlarga g'ayritabiiy xususiyat xos, degan fikr barqarorlashgan. Fetishizmning paydo bo'lishi ibtidoiy odamlar ongida afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo'shliqda ko'chib yurish xususiyatiga ega emas, baki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo'lishi mumkin degan tasavvurlarni uyg'otdi.

Download 21.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling