Reja: O`zbekistonda professional parlament tizimini shakllantirish zarurati


O`zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi


Download 28.6 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi28.6 Kb.
#1127229
1   2   3
O`zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi
“O`zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi tarixini sovet imperiyasi parchalanib ketishi munosabati bilan ko`pgina tarixiy faktlar va xodisalar qayta ko`rib chiqilishi va qayta baholanishini hisobga olgan holda chuqur tahlil etmasdan va uni bilmasdan, O`zbekistonning sovet davrida qonun chiqaruvchi hokimiyat vakolatini bajargan davlat organining mohiyati va rolini tanqidiy mushohada etmasdan turib, ana shu hokimiyat organi faoliyati butun mexanizmining xolisona manzarasini tasavvur etish mumkin emas, - deb yozadi yuridik fanlar doktori E.Xalilov, - Mazkur holat O`zbekistonning qonun chiqaruvchi organi shakllanishi manbalariga tarixiy nazar tashlash jihatidangina emas, balki Oliy Majlis - mustaqil O`zbekistonning mutlaqo yangi qonun chiqaruvchi oliy organi ekanligi xususida ilmiy xulosalar va fikrlarni shakllantirishning asosi sifatida ham muhimdir".
Tarixdan ma’lumki, utopik g`oyalarni ro`yobga chiqarishga da’vo qilgan bolsheviklar amalga oshirgan davlat to`ntarishidan so`ng mutlaqo yangi tuzum o`rnatildi, yangi boshqaruv tizimi tuzildi. Biroq mamlakatimiz hududida parlament tizimi, qonun chiqaruvchi organni shakllantirish yo`lidagi ilk urinishlar va harakatlar xususida so`z borganda, bu jarayon hisobini sovet davridan boshlash, yoki unga bog`lash mutlaqo noto`g`ri bo`lar edi. CHunki tarixiy dalillar bizning o`lkada bu masalada bolsheviklardan avvalroq ancha jiddiy sa’yi-harakatlar olib borilganligini tasdiqlaydi.
O`zbekistonda qonun chiqaruvchi organ Angliyadagidek XIV asrda shakllana
olmadi. CHunki mamlakatda asrlar davomida rivojlanib kelgan milliy davlatchilik tizimida jamiyat shariat qonunlari asosida, yakka hukmron xonlar, amirlar tomonidan taxt vorisligi asosida boshqarilar edi. Garchi avlat boshqaruvida vazifalar aniq taqsimlangan bo`lib, xon huzuridagi nufuzli, e’tiborli amaldorlardan tuzilgan kengashda davlat ishlari maslahatlashib turilgan bo`lsa-da, amaldorlar, qozilar yuqoridan tayinlanar, saylovlar, qonun chiqaruvchi organlar haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas edi.
Xonliklardagi ichki biqiqlik, o`sha vaqtdagi o`zaro nizolar, so`nggi asrlarda
Evropada sodir bo`layotgan o`zgarishlardan bexabarlik sharoitida mamlakatda arlament tizimi haqida tasavvurlar ham yo`q edi. XIX asrning ikkinchi yarmida o`lkaning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilishi va mustaqil milliy davlatchilikning tugatilishi esa o`lka taraqqiyotini orqaga surib, ahvolni yanada og`irlashtirib yubordi. Bu davrda Rossiyada ham absolyut monarxiyaning hukmronligi o`lkaga ilg`or fikrlarning kirib kelishiga jiddiy to`siq edi.
Biroq XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan ma’rifatparvarlik va taraqqiyparvarlik harakati - jadidchilik o`lka xalqlarini qoloqlik botqog`idan olib chiqish yo`llarini izlay boshladi. Dastlab xalqni ma’rifatli qilish orqali taraqqiyotni ko`zlagan bunday ilg`or fikrli kishilar tabiiy ravishda siyosiy masalalarga ham yaqinlasha bordilar. Ammo o`lkadagi barcha muammolar asosi bo`lgan mustabid boshqaruvga asoslangan mustamlakachilik tizimi har bir sohada og`ir to`siq bo`lib turardi. 1917 yil fevral inqilobidan so`ng, imperator yakkahukmronligi tugatilgach, muvaqqat hukumat 1917 yil 2 (15) martda chiqargan "Bayonotnoma"da yangi qonunchilik organini tuzish, umumiy saylov huquqi asosidagi yangi saylov qonuni qabul qilish e’lon qilindi. Bunday sharoitda mahalliy
xalqlarning siyosiy faolligi keskin kuchaydi. Turkistonda ilk bor mahalliy boshqaruv organi sifatida shahar Dumalariga (1917 yil iyul-avgust oylari) saylovlar bo`lib o`tdi.
Bu davrda o`lkada tobora faollashib borayotgan siyosiy jarayonlarda kuzda
o`tkazilishi rejalashtirilgan Ta’sis majlisiga tayyorgarlik alohida o`rin egalladi. Ta’sis majlisiga umumiy tartibda saylov o`tkazish ko`zda tutilgan bo`lib, unda Rossiyada mamlakat boshqaruv shaklini va tabiiyki, Turkistonning huquqlarini ham belgilab beradigan konstitutsiya tuzish kutilmoqda edi.
SHuning uchun Turkiston taraqqiyparvarlari unga jiddiy tayyorgarlik olib boradilar. «Biz Turkistonliklarga, deb yozgan edi o`sha paytda Mahmudxuja Bexbudiy, - ona tilida ham, rus tilida ham erkin so`zlay oladigan, tahrir qiladigan, shariatni biladigan, jahon siyosiy sharoitini tushunadigan kishilar darhol kerak. Ular Turkistonning hayotiy manfaatlarini hisobga oluvchi, biz uchun zarur qonunlar loyihalarini ishlab chiqishlari lozim. Agar biz musulmonlar bu ishni o`zimiz qilmasak, ruslar bizning o`rnimizga qonunlar chiqaradi. Ular xuddi avvalgidek bizning din va hayotimizga muvofiq kelmaydi»1. «Biz qabul qiladigan qonunlar, deb uqtiradi u, - yahudiylarning ham, nasroniylarning ham, musulmonlarning ham, umuman, barchaning manfaatini himoya qilishi kerak».
O`lkadagi siyosiy jarayonlar jadallik bilan rivojlanayotgan bunday vaziyatda milliy ziyolililar ham unga mos ravishda kun tartibiga o`sha davr imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniq vazifalar qo`yib boradilar. Ular Turkistondagi davlat boshqaruvi masalasini muhokama qilib, Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda bo`lib o`tgan turkistonlik va qozoq musulmonlari s’ezdida Turkiston Muxtoriyatini ta’sis etishga qaror qildilar. Turkiston Rossiya tarkibidagi Federativ Respublika bo`lishi ko`zda tutilgan bo`lib, davlat xazinasi, o`z armiyasiga ega bo`lmagan Turkiston sharoitida bu eng maqbul yo`l deb topilgan edi. Bu hukumatning qonunchilik organi Parlament bo`lishi, bu parlament Turkiston o`lkasida yashovchi barcha xalqlar tomonidan umumiy, to`g`ridan-to`g`ri, teng va yashirin ovoz berishi asosida 5 yillik vakolat muddatiga ega bo`lgan holda saylanishi haqida kelishib olinadi.
Milliy ziyolilarning siyosiy huquqlarni qo`lga kiritishga bo`lgan xohishi, o`lkani boshqarish istagi, qonuniy hokimiyat organlarining legitim asoslarini yaratish va Turkistonda istiqomat qiladigan aholining turmush sharoiti va mentalitetiga to`g`ri keladigan qonunchilik hujjatlari va qarorlarining qabul qilinishi ularning oliy hokimiyat organlari, xususan qonunchilik organini yaratish maqsadini belgilaganliklarini yaqqol ko`rsatib turardi.
1917 yil oktyabrda Toshkentda bolsheviklar hokimiyatni qo`lga oldilar. Bolsheviklar o`lkada davr taqozosi bilan yuzaga kelgan ilg`or g`oyalarni bo`g`ib tashladilar, ularni amalga oshirishga yo`l bermadilar. Vaholanki, Turkistonlik taraqqiyparvarlar bu paytda hokimiyatni tinch yo`l bilan, saylovlar asosida, ya’ni demokratik yo`l bilan qo`lga kiritish uchun jiddiy tayyorgarlik ko`rib, shay bo`lib turgan edilar. Ular bu paytga kelib dunyoviy qonunchilik zarurligini anglab etgandilar, demokratik saylov asosida qonun chiqaruvchi organga ega bo`lgan dunyoviy davlat tuzish rejalariga ega edilar.
YAqqol ko`rinib turibdiki, ularning saylov xuquqi asoslarini demokratik tarzda ishlab chiqdilar, diniy mansublik, jinsi, sinfiy kelib chiqish va mol- mulkka qarab cheklashlar qo`ymadilar. Vaholanki, XIX asr u yoqda tursin, XX asr o`rtalarigacha ham AQSH, Angliya, Frantsiya, Germaniya kabi hozirda rivojlangan davlatlarda irqi, jinsi va kelib chiqishiga qarab jiddiy cheklashlar mavjud edi. Turkistonlik ilg`or fikrli ziyolilar tomonidan bunday ilg`or g`oyalarning 1917 yillardayoq ilgari surilishi ularning siyosiy jihatdan ancha ilg`orlashib borayotganliklarini ko`rsatib turardi. Ta’kidlash lozimki, o`lkada sovet hokimiyatining o`rnatilishiga javoban Turkistondagi taraqqiyparvar kuchlar musulmonlarning to`rtinchi favqulodda qurultoyini chaqiradi. 180 nafar delegat ishtirok etgan qurultoy 1917 yilning 9-10 dekabr kunlari Turkiston Muxtoriyatini e’lon qildi. Unda demokratik yul bilan Muvaqqat xalq kengashi (aytish mumkinki, parlament) va Muvaqqat hukumat saylandi. Evropalik aholiga Xalq kengashidan 18 ta joy (ya’ni umumiy miqdorning uchdan bir qismi) berildi. Biroq mahalliy aholiga bironta ham o`rin ajratmagan, uni davlat boshqaruv ishlariga qodir emas deb tahqirlagan sovet hokimiyati bu hukumatni tan olishni istamadi. Vaholanki, bu Turkiston xalqlarining irodasini aks ettirgan ilk demokratik hukumatni Farg`ona, Toshkent shaharlarida bo`lib o`tgan bir necha ming kishilik xalq namoyishlari to`la qo`llab-quvvatlab, unga ishonch bildirgan edi, sovet hokimiyati esa mahalliy aholi tomonidan mutlaqo tan olinmagan edi. Biroq sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyatini yo`q qilish to`g`risida qaror qabul qildi.
Xalq Komissarlari Sovetining Turkiston muxtor hukumatini yo`qotish to`g`risidagi 1918 yil fevralda qabul qilgan qarori tub aholining asosiy manfaatlarini oshkora inkor etishdan dalolat berardi. Aytish mumkinki, turkistonliklar milliy demokratik asosda davlatchilikni tiklash, mustamlakachilik zanjirlarini uzish yo`lida birinchi amaliy qadam tashlashga uringan edi Sovet hukumatidan farqli o`laroq, Turkiston Muxtoriyati qonuniy asosda shakllangan bo`lib, keng musulmon ommasi va demokratik kayfiyatdagi evropalik aholidan vakolat olgandi. Turkiston Muxtoriyati o`z taqdirini o`zi belgilagan xalqning respublikasi edi.
SHunday holat keyinchalik Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikalarida ham qaytarildi. Garchi sovetlar andozasini kiritishga urinish bo`lganligiga qaramay, bu respublikalar SHarqdagi birinchi xalq respublikalari bo`lib, ular qisqa muddatda o`rta asr monarxiya tuzumi va qoloqlikdan, diniy aqidaparastlik va bilimsizlikdan demokratik islohotlar tomon ulkan qadamlar tashladi. “Konstitutsiyaga ko`ra, BXSRning oliy organi - Butun Buxoro xalq vakillari qurultoyi bo`lib, u har 2000 saylovchiga bir vakil saylanadigan 350 nafar a’zodan iborat edi. Qurultoy har yili bir marta chaqirilar, unda Respublika Konstitutsiyasini qabul qilish va o`zgartirishlar kiritish, hukumatning hisoboti va davlat byudjetini tasdiqlash kabi muhim masalalar ko`rib chiqilardi. Konstitutsiyaga ko`ra, qurultoylar o`rtasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ - Butun
Buxoro Markaziy Ijroiya Qo`mitasi hisoblanardi”. Demak, respublikada zamonaviy parlament institutlari va an’nalari tuzilmalarining zarur belgilari mavjud edi. Biroq ular kelajakda rivojlana olmadi.
Sovet hokimiyati hukmron bo`lgan davrda ham xalq hokimiyati haqida qancha gapirilmasin, birorta ittifoq respublikalarida parlamentchilik dunyoda umum e’tirof etilgan normalar doirasida rivojlana olmadi. CHunki hokimiyat bir biridan mustaqil bo`lgan uch tarmoq asosida amalga oshirilmadi. Davlatchilik tizimini yaratishda o`zgacha yo`ldan borishni istagan sovet hokimiyati o`sha paytda boshqa rivojlangan davlatlar qo`llayotgan davlat hokimiyatini yuqorida tilga olingan uchta tarmoqqa ajratishdan iborat klassik kontseptsiyasini qo`llash orqali amalga oshirishni xohlamadilar.
“Parlamentarizm va hokimiyatning tarmoqlarga bo`linishi g`oyalari burjua jamiyatining tamoyillari sifatida qanday bo`lmasin rad etilaverdi”. Bolsheviklar Sovetlarni qonun chiqaruvchi, qonunlarni ijro etuvchi va o`zlari qabul qilgan qonunlarni to`g`ri va o`z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat qiluvchi organ bo`lishini istadilar.
Xullas, bu davrdagi rasman belgilangan qonun chiqaruvchi oliy organ parlament bilan mazmuni jihatidan hech qanday umumiylikka ega emas edi. Sovet davridagi bo`lib o`tadigan saylovlarda saylanadigan barcha deputatlar yakka hukmron kommunistik partiya vakili yoki juda kam hollarda partiyasiz bo`lardilar. Vaholanki, bilamizki, jamiyatda turli toifalar, qarashlar, manfaatlarni ifoda etuvchi parlament tarkibi jihatidan albatta bir nechta siyosiy tashkilotlardan (kuchlar) iborat bo`lishi lozim. Bundan tashqari aksariyat saylov okruglaridan saylovchilar bor-yo`g`i bitta nomzod uchun ovoz berishga majbur edilar.
1924-1937 yillarda O`zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan tashkilotlar bir vaqtning o`zida ham qonun chiqaruvchi, ham farmoyish beruvchi, ham ijro etuvchi, ham nazorat etuvchi idoralar edi. 1937 yilga kelib O`zSSR Konstitutsiyasi qonunlarni qabul qilish huquqini faqat Respublika Oliy Sovetiga berdi. YUqorida ta’kidlanganidek, ilgari bu xuquqqa O`zSSR Sovetlarining MIK, MIK Rayosati, shuningdek XKS ega edi. Lekin shunga qaramasdan parlament instituti risoladagidek ishlashiga erishilmadi. Bu davrda Konstitutsiya normalaridan jiddiy og`ishlar sodir bulib turardi.
Xatto rasman e’lon qilingan "sovet demokratiyasi" ham amalda anchagina cheklab qo`yilgandi. Bu hol ayniqsa, Oliy Sovet sessiyalari belgilangan muddatda chaqirilmasligida va respublika Oliy Sovetiga saylovlar vaqti ko`chirilaverishida namoyon bo`lib turardi. O`zbekistonning davlat byudjetlari va ular yuzasidan hisobotlar o`z vaqtida ko`rib chiqilmasdi. CHunonchi, O`zSSR Oliy Sovetining sessiyalari urush yillarida faqat ikki marta - 1943 yil mart va 1944 yil sentyabr oylaridagina o`tkazilgan1. Bu holat faqatgina O`zbekiston SSRga xos emas edi, boshqa ittifoqdosh respublikalarda ham ahvol shunday edi. Urushdan keyingi davrda esa O`zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyalarida, qoida tariqasida, hamisha bir xil: davlat byudjeti to`g`risidagi, O`zSSR Konstitutsiyasi matniga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi, O`zSSR Oliy Soveti Rayosatining farmonlarini tasdiqlash to`g`risidagi masalalar ko`rilar edi. O`zSSR Oliy Sovetining sessiyalarini
chaqirish muddatlari buzilardi. CHunonchi, 1946-1948 va 1950-1952 yillarda O`zSSR Oliy Sovetinig bittadan sessiyasi o`tkazilgan. Sessiya muhokamasiga masalalar juda kechikib kiritilar edi. O`zbekiston davlat byudjeti to`g`risidagi masala xam, qoida tariqasida, ayni o`sha byudjet yilining o`rtasida ko`rib chiqilar edi. Masalan, 1948 va 1949 yillardagi Davlat byudjetlari yilning o`rtasidagina tasdiqlangan.
Xullas, bu davrda O`zbekiston qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi hamon davlat qurilishining eng muhim masalalarini hal qila olmas SSSR ma’muriy bo`linmasining ratifikatsiya qiluvchi va targ`ibotchi organi bo`lib qolaverdi. Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan huquqlar amalda o`z aksini topmadi, hokimiyatning turli tarmoqlari vakolatlari va vazifalari aniq chegaralanmadi, tom ma’nodagi parlamentni shakllantirish, uning ish mexanizmini yaratish, unda professional ishlovchi mutaxasislarni tayyorlash va bu jarayonga xos bo`lgan boshqa tadbirlar amalga oshirilmadi, hokimiyatning uch tarmog`i orasidagi chegara yo`qligi oxir-oqibat alohida shaxsga sig`inishga, totalitar diktatura hukmronligiga olib keldi.


Download 28.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling