Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar
Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini
Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi , Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar taalluqli ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish; davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish; ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ta`lim muassasalarini yaratish , qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash; ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash; boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish; davlat ta`lim standartlarini belgilash ; davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash; ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash; davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash; ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash , bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni , o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling