Reja: O’zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlar ko’lami


Download 24.74 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi24.74 Kb.
#184589
Bog'liq
O’zbekistonda tarix fanining alohida soha sifatida rivojlanishi Murodova. G


Mavzu: O’zbekistonda tarix fanining alohida soha sifatida rivojlanishi

Reja:


  1. O’zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlar ko’lami.

  2. Mashxur mahalliy tarixchilarning ilmiy me’rosi

  3. O’zbekistonning eng yangi tarixi

20-asrning boshida milliy davriy matbuot "Sadoi Fartna", "Sadoi Turkiston", "Oyna", "Najot", "Hurriyat" sahifalarida Oʻzbekiston TARIX i muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda TARIX fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida TARIX muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda TARIX fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U "Tarix va jugʻrofiya", "Turkiston tarixi", "Sart soʻzi majhuldir" kabi asarlarida faqatgina Vatan TARIX ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari TARIX ini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning "Moziy istiqbolning tarozisidir", degan xitobi TARIX tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston TARIX ini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir.

Oktyabr toʻntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda, unga xos boʻlgan i.tarix ning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini, metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy eʼtiborni partiya TARIX i yoʻnalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yoʻq qilib tashlandi, TARIX fanini jadallik bilan siyosatlashtirish va gʻoyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda "sinfiylik" "bir xillik" tamoyili yuzaga kelib "tarixni sinfning oʻzi yaratadi" degan qoida qaror topdi.

Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramasdan, shunday murakkab sharoitda oliy taʼlim tizimida TARIX taʼlimotining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshlandi. TARIX fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. Oʻrta Osiyo davlat unti, Samarqanddagi oliy ped. institutida koʻlyozma kitoblar, vaqfnomalar va vasiqalar yigʻilib, ilmiy talqin qilindi.

Tarix fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmokli hissa qushdi. Oʻzbekistonda agrar sugʻorish tarix iga oid bir qancha vaqf hujjatlarini nashr k,ildi(mas, Tri dokumenta po agrarnomu voprosu v Sredney Azii, L., 1933; Kaziyskiye dokumentoʻ XVI veka, TARIX , 1937).

Oʻzbekistonda TARIX fanining rivojida prof. Bulat Soliyevning oʻrni alohida. Bulat Soliyev milliy TARIX boʻyicha umumlashgan asar yaratishga uringan ilk tadqiqotchi edi. U qad., oʻrta asr, zamonaviy tarixchilarning turli xil va koʻplab asarlarini, sharq qoʻlyozmalari maʼlumotlarini jamlab, ulardan tanqidiy foydalanib, "Oʻzbekiston tarixi. XV— XIX ayerning birinchi yarmi", "Buxoro mangʻitlar sulolasi davrida" (1926), "Oʻrta Osiyo tarixi", "Oʻrta Osiyoda savdo kapitali" kitoblarini yezdi. Afsuski, uning asarlarining aksariyati NKVD tomonidan yoqib yuborilgan, uning oʻzi ham Oʻzbekiston ilgʻor milliy ziyolilarining katta qismi qatorida stalincha qatagʻon siyosati qurboni boʻldi. Bu siyosat TARIX fanining rivojlanishiga, albatta, salbiy taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina tarixchilar qatagʻon qilinganligiga qaramay, 40—60-yillar TARIX fanida maʼlum yutuklar yuzaga keldi.

1943 yilda SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida Tarix institutining tashkil etilishi TARIX fani rivojida muayyan bosqich boʻldi, tadqiqotlarni maʼlum ilmiy yoʻnalishlar va reja asosida amalga oshirish yoʻlga koʻyildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazga aylandi. Bu institutning tashkil topishi, Oʻzbekiston arxeologiyasi va TARIX fani rivojida 1oʻzbek mutaxassisarxeologi Ya. Gʻulomovning oʻrni alohidadir. Ya. Gʻulomov eng qad. davrlardan Oʻzbekistonda sugʻorma deqqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti TARIX i, oʻrta asrlarda Oʻzbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalari TARIX ini tadqiq qildi (mas., "Xorazmning sugʻorish tarixi qadimgi zamonlardan hozirgacha", TARIX , 1957, 1959). Ya. Gʻulomov koʻpgina ilmiy nashrlarga masʼul muharrirlik xam qildi, u shogirdlar tayyorlab, oʻz ilmiy maktabini yaratdi.

Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq Oʻzbekiston TARIX ini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y. yakunlanib, 2 jildli "Oʻzbekiston xalklari tarixi" kitobi nashr etildi.

20-asrning 50—80-yillarida Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sunʼiy sugʻorish tizimi TARIX i haqida qoʻlyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. maʼlumotlar asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. TARIX fanining bu yoʻnalishini oʻrganishga A.A.Semyonov, Ya. Gʻulomov, S. Azimjonova, A. Asqarov, M. Abduraimov, R. G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.

Bu davrda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi TARIX ini oʻrganishda Sovet mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yoʻl berilmadi, TARIX fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida boʻlganligi tufayli juda koʻp masalalarning asl mohiyatini koʻrsatib berish imkoni boʻlmadi, natijada TARIX ni soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 yilda boʻlib oʻtgan "Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olishning progressiv ahamiyati". mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga "ixtiyoriy qoʻshilish"i haqidagi uydirma fanga zoʻrlik bilan kiritildi. Bu mavzu tarixi bilan shugʻullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish imkoniyatlari cheklab qoʻyildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir koʻpgina arxiv materiallari oʻrganildi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.

TARIX fanida Sovet davri tarixini oʻrganish ham hukmron mafkura manfaatlariga moslashtirilganligi sababli, Oʻzbekistonda 1917 yilda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi, uning oʻlkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy yoritilmadi. "Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli"ni koʻrsatish TARIX fanining eng muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet hokimiyati siyosatini ulugʻlash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda koʻplab arxiv manbalarining ilmiy talqinini mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (1967—70 yillar), 1 jildli "Oʻzbekiston tarixi" monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qoʻqon, Andijon, Xiva va Buxoro sh.larining eng qad. davrlaridan to 20-asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga bagishlangan ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular Oʻzbekistonning qad. shaharlari tarixini umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlidir.

80-ylarning oxiridagi oshkoralik jarayoni TARIX fani sohasida taqiklangan, notoʻgʻri talqin qilingan muammolar atrofida munozara, yangi fikrlarni ilgari surish va tadqiqot olib borish imkoniyatini vujudga keltirdi. TARIX fanining eng dolzarb muammolari, ularni tadqiq qilish usuli va yondashuvlarini aniklab berishga qaratilgan ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. Bu davrga kelib Vatan tarixi ning koʻplab yetilgan masalalariga yangicha baho berildi: ilgari "bosmachilik" deb atalgan milliy ozoddik harakatlari, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga "qoʻshib olingan"ligi toʻgʻrisida qizgʻin bahsmunozaralar boʻlib oʻtdi; Oʻzbekistondagi jamoalashtirish va sanoatlashtirish tarixi qaytadan koʻrib chiqila boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, TARIX fani sovet mafkurasi va uning goyaviy qoliplaridan ozod boʻldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtimoiy jarayonlar TARIX fani oldiga oʻzbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, taraqqiyotning turli bosqichlarida jahon hamjamiyatida uning oʻrni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targib qilish orqali millatning maʼnaviyaxloqiy qadriyatlari, madaniyati, qad. anʼanalariga qaytish vazifalarini qoʻydi.

90y.larning oʻrtalariga qadar TARIX boʻyicha yangi nazariy yendashuvlar asosida bir qator maktab darsliklari tayyorlandi, 7 jildga moʻljallangan Oʻzbekiston tarixining 3jildi, K.Shoniyozov, R. Aminova kabi tadqikrtchilarning monografiyalari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida "Oʻzbekistonning yangi tarixi" markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur markazda mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida 3 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishidan qoz. davrgacha) tayyorlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituta faoliyatini takomillashtirish" haqidagi 1998 y. iyul qarori TARIX fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Tarix instituti respublikada TARIX tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga koʻtarildi. Institutda oʻz atrofiga mamlakat tarixchilarini birlashtirib, ularning saʼyharakatlari bilan mustaqil davlat ehtiyojlariga moye yangi yoʻnalishlar zaruriyatidan kelib chiqqan Oʻzbekiston tarixiga oid tadqiqotlarni maʼlum bir tizimga soluvchi "Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatda TARIX fani sohasidagi i.tarix lar ushbu konsepsiya doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada I. Karimovning tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etgan "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" asari mugʻim rol oʻynadi. Unda prezidentimiz: "...tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini koʻrsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix — xalq maʼnaviyatining asosidir; ... biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur", deb taʼkidlab, tarixchi.par oldiga anik, vazifalarni qoʻydi.

Sovet davrida oʻrganish taqiqlangan, notoʻgʻri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida — milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan oʻrganildi. Yangi SH1miy yoʻnalishlar tadqiq qilindi.

Oʻzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini oʻrganish bugungi kunda TARIX fanining eng muhim muammosidir. Oʻzbek xalqi shakllanishining asosiy bosqichlari, ularning etnogenetik jarayonlarda qatnashuv darajasi, mintaqaning qadim avtoxton axoliyey bilan tarixiy vorisiyligi va genetik aloqalarini oʻrganishda K. Shoniyozovning "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni" (TARIX , 2001) monografiyasi ilk qadam boʻldi.

Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari"(TARIX , 2001) kitobi (oʻzbek va rus tillarida) yangi ilmiy yoʻnalishdagi ishlarning natijasi boʻldi.

Maʼlumki, sovet davrida Respublikada davlatchilik terminini ishlatish ham mumkin emas edi. Mustaqillikdan keyin Oʻzbekiston davlatchiligi tarixining eng kadimdan to hozirgacha boʻlgan manzarasini aks ettirgan asarlar vujudga keldi (mas., Shoniyozov K., "Qarluq davlati va qarluqlar. Oʻzbek davlatchiligi tarixidan", TARIX , 1999; Azamat Ziyo, "Oʻzbek davlatchiligi tarixi", T, 2000; Aʼzamxoʻjayev S, "Turkiston muxtoriyati. Milliydemokratik davlatchilik qurilishi tajribasi", TARIX , 2000).

Qad. yozma manbalar talqinini amalga oshirish Oʻzbekistonning eng qad. tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi ("Qadimgi yozma yodgorliklar", A. Qayumov, M. Ishoqov, A. Otaxoʻjayev va boshqa, TARIX , 2000; Avesto Yasht kitobi, TARIX , 2001).

Oʻzbekistonning qad. davri moddiy madaniyati haqidagi asarlar yangi faktlar, dalilfarazlar va yangi xulosalarni takdim qildi. Oʻrta asrlar tarixini oʻrganishga doir ishlar oʻtgan tarixshunoslik bosqichlaridagi kamchiliklarni toʻldirmoqda (mas., Sulaymonov R., "Drevniy Naxshab", TARIX , 2000; Naselennie punktoʻ Buxarskogo emirata (A. Muhammadjonov taxriri ostida), TARIX , 1999; Anorboyev A., Islomov U., Matboboyev B., "Oʻzbekiston tarixida qadimgi Fargʻona", TARIX , 2001; Mukminova R., Filanovich M., "Tashkent na perekryostke istorii. Ocherki drevney i srednevekovoy istorii goroda", TARIX , 2001; Karimov E., "Yasaviya i xodjagannakshbandiya: istoriya deystvitelnaya i vimishlennaya", TARIX , 2000; Aʼzamova G., "Soʻnggi oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va savdo", TARIX , 2000).

Amir Temur va temuriylar davri tarixi faol, kompleks tadqiq qilingan muammolardan biri boʻldi. 1996 yilda Amir Temur yubileyining 660 yilligining nishonlanishi bu mavzuga doir tadqiqotlarning yanada kengayishida, Amir Temur shaxsi haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashda muhim voqea boʻldi. Respublika tarixchilari tomonidan mazkur mavzuga oid monografik, kollektiv tadqiqotlar, aloxdsa jihatlari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan maqolalar eʼlon qilindi.

Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi va uning salbiy oqibatlari haqida maxfiy arxivlar, yangi tarixiy dalillar, tamomila yangicha yendashuvlar asosida yozilgan asarlar va maqolalar vujudga keldi (H. Ziyoyev, "Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash". XVIII— XX asr boshlari, TARIX , 1998).

20-asrdagi maʼrifatparvarlik xarakati — jadidchilik mohiyatini oʻrganish TARIX tadqiqotlarida yangi yoʻnalish boʻldi. Jadidchilikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy zamini, jadidlarning maʼrifatparvarlik va islohotchilik gʻoyalari, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurashlari tarixi, jadidlar tafakkuri, milliy davlatchilik gʻoyalari yangi ilmiy dalillar asosida nazariy mushohada qilindi (Alimova D., Rashidova D., "Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri", TARIX ,i 1999 va boshqalar).

Oʻlkada milliy ozodlik harakatlari, mustaqillik uchun kurash tarixini yorituvchi jiddiy tadqiqotlar yaratildi. Mualliflar boy arxiv manbalarga tayanib, oʻlkadagi milliy ozodlik harakatining paydo boʻlishi, rivojlanishi va magʻlubiyatga uchrashi sabablarini keng ilmiy tahlil qildilar. Mavzu tadqiqotlariga xorij tarixshunosligi ham jalb qilindi, ular taxliliga xolislik mezoni asosida yondashildi. "Bosmachilik" harakatining asl mohiyatini aniklash, istiklolchilik harakati tarixini davrlashtirishga urindilar [mas., "Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti", TARIX , 2000; Ziyoyeva D., "Turkiston milliy ozodlik harakati", TARIX , 2000; Rajabov K,., "Buxoroga kizil armiya bosqini va unga karshi kurash: tarix haqiqati (1920—24 yillar)", TARIX , 2002].

Sovet totalitar tuzumining asl mohiyati, siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari ilmiy xolislik bilan tadqiq etilmoqda. Oktarix toʻntarishi tufayli zoʻrlik bilan Sovet davlatining tuzilishi, Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanishning nokrnuniyligi va uning salbiy oqibatlari, 30—50y.lardagi qatagʻonlar, majburiy jamoalashtirish natijasida q. x.ning izdan chiqishi, 80y.lardagi yangi qatagonlar — "oʻzbeklar ishi" mavzulari yangi arxiv maʼlumotlari asosida oʻrganiddi (mas., Alimova D., Golovanov A., "Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari". TARIX , 2000; "Tarix shohidligi va saboklari. Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida Oʻzbekiston milliy boyliklarining oʻzlashtirilishi", TARIX , 2001; Shamsutdinov R., Qishloq fojeasi. TARIX , 2003 va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasi mustakillik davri tarixi masalalarini tarixiy nuqtai nazardan oʻrganuvchi ilk tadqiqotlar vujudga keldi ("Mustaqil Oʻzbekiston tarixining dastlabki sahifalari", Davriy toʻplam, № 3, TARIX , 2000; "Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotining gʻoyaviy asoslari", TARIX , 2001).

Hozir Oʻzbekistonning eng qad. davrlaridan boshlab to bugungi kunga kadar davrini qamrab oluvchi koʻp jildli fundamental tadqiqot ustida ish olib borilmoqda. Mustaqillikning asosini mustahkamlashda jamiyat tarixiy ongini hakllantirish zarurligi eʼtiborga olinib, tarixiy bilimlarni targʻib qilish yoʻlga qoʻyildi. Mustakillik davrida Oʻzbekiston tarixchilarining maxsus "Oʻzbekiston tarixi" jurnaliga asos solindi (1998). TARIX fanining eng dolzarb muammolarini muhokama etuvchi Yahyo Gʻulomov nomidagi "Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" respublika muntazam ilmiy seminari tashkil etiddi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuziddi (1999). Ilk marotaba "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga koʻra, TARIX fanining taʼlim tizimi bilan hamkorligi amaliyeti yoʻlga qoʻyildi. Fan va taʼlim mushtarakligi maktab partasidan boshlab, tarixchi kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan. Mustakillik yillarida tarixchilarning xalqaro ilmiy hamkorligining keng imkoniyatlari vujudga keldi. Oʻzbekiston TARIX fanining aktual muammolari boʻyicha ilmiy anjumanlar oʻtkaziladigan markazga aylanib bormoqda. Oʻzbek olimlari xalqaro grantlarda, YUNESKO tomonidan nashr etilayotgan "Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi" nomli koʻp jildlik asarni tayyorlashda ishtirok etmoqdalar.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.

Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.

Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir.

Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996-yillar)” kabi qator to‘plam va monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.

Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib borayotir. Bugun “Yangi va eng yangi tarix” bo‘limi xodimlarining ilmiy ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‘qish imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi davlatlar ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‘lim xodimlari eng yangi tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan o‘nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda.

Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligi chop etilish arafasida. Jamoamiz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‘mak berib kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotir.

Bu kabi sa’y-harakatlar albatta e’tiborli. Lekin shu kungacha O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘laqonli bajarilmaganligi sababli ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‘yicha mavjud adabiyotlarni qayta ko‘rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va tahlil etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi.

Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon.

Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda.



Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir.

Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.
Download 24.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling