Reja: O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mustaqil Ish E.S.2 Norqulova D.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi. 2. Ikki taktli dvigatel 3. Ikki taktli chiqish kaskadlari.
- Oʻzgarmas tok
Mavzu:O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi. Ikki taktli chiqish kaskadlari. Reja: 1. O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi. 2. Ikki taktli dvigatel 3. Ikki taktli chiqish kaskadlari. O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi. Integral kuchaytirgichlar bevosita bog’langanbosqich sxemalari ko’rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdanbosqichga o’tgandasignal doimiy tashkil etuvchisining o’zgarishi kuzatiladi. Bu holat esa keyingi bosqichlarni ishlab chiqarishda qiyinchiliklar tug’diradi. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida o’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmalari qo’llaniladi. Ular sath transformatorlari deb ham ataladilar. Bu vaqtda sath siljitish qurilmasi signalo’zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqichga o’zgarishlarsiz uzatishi kerak, ya‘ni kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffisienti K U ≈1 bo’lishi kerak. Operatsion kuchaytirgichlarda U chiq sathini siljitish VT1 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich asosida amalga oshiriladi. Uning emitter zanjiriga R 1 rezistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlarda bajarilgan barqaror tok generatorlari ulanadi (5.1 - rasm). Signal mavjud bo’maganda U kir kirish potensiali oldingibosqich chiqish kuchlanishining o’zgarmas tashkil etuvchisi qiymatiga teng bo’ladi. U chiq chiqish potensiali siljitish sxemasi hisobiga kattalikka kamayadi. tok barqaror bo’lganligi sababli siljish kuchlanishi ham o’zgarmas bo’ladi. Ixtiyoriy U kir qiymatida U chiq chiqish potensiali nisbatlarni to’g’ri tanlash natijasida nolga teng qilinishi mumkin. BTG dinamik chiqish qarshiligi R 1 dan ancha katta bo’lganligi sababli, siljish sxemasida signal deyarli so’nmaydi. Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki . Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya , transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling