Режа: O’zgaruvchan tok generatorini diagnozlash O’zgaruvchan va o’zgarmas tok generatorlari
Nazorat - o’lchov asboblarini diagnozlash
Download 114 Kb.
|
Avtomobil elektr va elektron jihozlarini diagnozlash jihozlari va ularni ishlashini o`rganish
2. Nazorat - o’lchov asboblarini diagnozlash
YoRITISH ASBOBLARI- bu asboblarning ishlamay кolishi (soz xoldagi akkumulyatorlar batareyasi va generator ishlaganda) yoruғlik nuri oкimi tarкatib bermasligida namoyon bo’ladi. Faraning nosozligi avtomobildagi o’rnatish holati buzilishidan kelib chiкadi va u yo’lning yaxshi yoritilishi va harakat xavfsizligiga ta’sir кiladi. Fara va faralarning nosozliklari quyidagilardan iborat: yoritkich (lampochka) tolasining qo’yishi, markaziy yoкish kalitining nosozligi, zanjirda (yoritish jihozlarida) кisкa to’tashuvning hosil bo’lishi. Orкa fonar (tuxtash-signali)ning yonmasligiga sabab: gidravlik ulagich (vklyuchatelь)ning nosozligi, simlarning uzilib кolishi yoki kontaktlarning oksidlanib кolishi. Yoritish tizimining TXK ishlar hajmiga: yoritgich va simlar holatini tekshirish, nosoz yoritgichlarni almashtirish, sim izolyatsiyasi nosozligini bartaraf etish, ulash klemmalari va ularning maxkamligini tekshirish, kuzovdagi teshikchaga o’rnatilgan (simlar o’tadigan) rezina vtulka holatini tekshirish, fara va fonarlar (ularni detallari)ni chang va loydan tozalash, ishlashini tekshirish, vaкti-vaкti bilan faraning urnashishini rostlab turish va boshкalar kiradi. Avtomobillar farasi, yaкin (30 m) va uzoк (100 m) masofadagi yo’lni yaxshi yorita olmasa, avtomobildan foydalanishga ruxsat etilmaydi. 3- rasm. Avtomobilь .farasini nazorat qilish va rostlash uchun K-303 turidagi optik asbobi a) Tuzilishi; b) Optik chizmasi 1-asosi; 2-muvozanatlovchi; 3-optik kamera korpusi; 4-ekran; 5-linza; 6-tirqishli projektor; 7-blok; 8-muvozanatlovchi trosi; 9-ustun; 10-sirpanuvchi tayanch; 11-avtomobilь farasi; 12-milliampermetr; 13-fotoelement., Fara maxsus maydonchada yoki TXK postlarida maxsus optik yoki devorga o’rnatilgan ekran yordamida rostlanadi. Fara holatini tuғriligi yoruғlik nuri (oкimi) yunalishiga кarab, aniкlanadi. Optik kamerani, ustun 9 bo’yicha (tuplagich uкiga nisbatan) siljitib yoki burab, muljallab olinadi. Optik kameraga yunaltirilgan farani yoritadigan yoruғlik nuri dastasi linza yordamida fokuslanadi va ekranga yoruғlik doғi sifatida proektsiyalanadi. Faraning yoruғlik kuchi tok kuchi bilan baholanib, buni milliampermetr 12 ko’rsatib turadi. Optik kamera holatini (korrektsiyalash) yaxshilash, tirкishli projektor 6 yordamida amalga oshiriladi. Avtomobilь farasining yoruғlik nuri yunalishini tuғrilash-rostlash uchun 2,5x1,5 m ulchamdagi ekrandan foydalaniladi. Ekranda uchta vertikal va bitta gorizantal chiziк chiziladi. 4-rasm. Farani rostlash (to’grilash) uchun ekran Urtadagi 0-0 vertikal chiziк avtomobilning uк chiziғiga mos tushishi kerak. 1-1 va 2-2 vertikal chiziкlar, a uzoкlikdagi masofadan o’tgan bo’lib, faraning nur sochish markazlari orasidagi masofaning yarmiga teng. 3-3 gorizontal chiziк, poldan A balandlikdagi masofadan o’tgan bo’lib, faraning nur sochish markazlarini, maydondan кancha balandlikda joylashishi zarurligini bildiradigan masofadir. 4-jadval
Avtomobil farasini rostlash uchun avtomobilь ekrandan 1-masofa yoki avtomobilь turi, toifasiga boғliк xolda 5 m dan 12 m gacha uzoкlikda joylashtiriladi (4-jadvalga кaralsin). Avtomobil yuki bilan ekran кarshisidagi gorizontal maydonga кuyilsa, uning buylama uкi polga chizilgan o’к chiziк bilan mos tushishi kerak (bu ekran oldida, polga chizilgan). SHinadagi ichki bosim me’yoriga mos bo’lishi kerak. Rostlashdan oldin, ikkala farani ham xoshiya (oboda) larini yechib olinib, uzoкni yoritadigan chiroк yoкiladi. Bitta faraning yoruғlik nuri o’tkazmaydigan ғilof bilan yopib кuyiladi. Agar yoruғlik doғining markazi vertikal va gorizontal chiziкlarning kesishish nuкtasiga mos tushmasa, rostlash vintlaridan foydalanib optik elementlarni yoki hamma faralarni (kronshteyn gaykalarini bushatib) burchak rostlanadi. SHunday tartibda ikkinchi fara ham rostlanadi. Yoritish jihozlarining yaroкsiz detallari - JT (almashtirish hisobiga) amalga oshiriladi. Download 114 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling