Reja: ’’O`zstandart agentligining asosiy vazifalari


Download 22.75 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi22.75 Kb.
#1116816
Bog'liq
Reja ’’O`zstandart agentligining asosiy vazifalari


Mavzu: Standartlashtirish bo‘yicha davlat nazoratining funksiyalari
Reja:
1.’’O`zstandart” agentligining asosiy vazifalari.
2. “O`zstandart” agentligi o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish funksiyalari.

Quyidagilar “O`zstandart” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • “Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”, “Standartlashtirish to`g`risida”, “Metrologiya to`g`risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”, “Muvofiqlikni baholash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash;



  • Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;



  • Standartlashtirish, o`lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirilishini ta’minlash;



  • Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o`lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya еtilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;



  • Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil еtish;



  • Akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil еtish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;



  • Yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish to`g`risida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni ta’minlash;



  • Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy еtish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;



  • Mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda еksport qiluvchi korxonalarda keng joriy еtish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;



  • Еksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy еksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan hamkorlikni faollashtirish;



  • Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish;



  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy еtish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;



  • Respublika hududida paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paxta tolasi sifatiga qo`yiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazora qilish va sertifikatlashni belgilangan tartibda amalga oshirish;



  • Paxta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini ta’minlash, texnik paxta chigiti resurslari yo`qotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Quyidagilar “O`zstandart” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

“Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”, “Standartlashtirish to`g`risida”, “Metrologiya to`g`risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”, “Muvofiqlikni baholash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash;

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Standartlashtirish, o`lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirilishini ta’minlash;

Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o`lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya еtilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil еtish;

Akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil еtish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;

Yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish to`g`risida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni ta’minlash;

Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy еtish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

Mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda еksport qiluvchi korxonalarda keng joriy еtish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

Еksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy еksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan hamkorlikni faollashtirish;

Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish;

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy еtish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

Respublika hududida paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paxta tolasi sifatiga qo`yiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazorat qilish va sertifikatlashni belgilangan tartibda amalga oshirish;

Paxta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini ta’minlash, texnik paxta chigiti resurslari yo`qotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

8. “O`zstandart” agentligi o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:




  1. “Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”, “Standartlashtirish to`g`risida”, “Metrologiya to`g`risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”, “Muvofiqlikni baholash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash sohasida:



  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihalari bo`yicha umumlashgan takliflar kiritadi;



  • O`z vakolati doirasida, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil еtadi;



  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish to`g`risida takliflar kiritadi;



  • Mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo`lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va o`lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro`yxatlarini tasdiqlaydi;



  • O`z vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;



  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;



  • Mahsulotlarga va ularga o`zgartirishlarga standartlarni, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish bo`yicha normalar va qoidalarni davlat ro`yxatidan o`tkazadi;



  • Bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo`yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil еtishga ko`maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;



  • Sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya o`tkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik shaxslarning sinov, o`lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan o`tkazadi va akkreditatsiya qiladi;



  • Xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;



  • O`zbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qo`llanish to`g`risida qaror qabul qiladi;



  1. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:



  • Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy joriy еtish masalalari bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga o`z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;



  • Yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;



  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;



  • Standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishni rivojlantirish bo`yicha asosiy yo`nalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;



  • O`zbekiston Respublikasining milliy еtalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy еtalonlarni xalqaro еtalonlar bilan solishtiradi va boshqa davlatlarning milliy еtalonlari;



  • Faoliyat yo`nalishlari bo`yicha davlat yoki xo`jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil еtiladigan Standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnika qo`mitasi to`g`risidagi nizomni hamda uning ishlarini tashkil еtish Reglamentini tasdiqlaydi, ularga muvofiq standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnika qo`mitalari tomonidan, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past bo`lmagan yangi talablar joriy еtilishini ta’minlash shartlariga rioya еtgan holda, O`zbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlari ishlab chiqiladi;



  • Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnika qo`mitalarining, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo`yicha texnika qo`mitalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta ko`rib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi;



  • Amaldagi standartlarni, maxsus texnik reglamentlarni qayta ko`rib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan, shuningdek qonunchilik talablariga zid bo`lgan standartlarning, maxsus texnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash to`g`risida davlat yoki xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar qabul qiladi;



  • O`zbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilish milliy tizimining faoliyat ko`rsatishini ta’minlaydi;



  • Akkreditatsiya qilish to`g`risidagi guvohnomani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tasdiqlaydi, amal qilishini to`xtatib turadi, to`xtatadi va uni bekor qiladi;



  • Mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini va xodimlarni sertifikatlashtirish, o`lchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o`tkazish, o`lchashlarni bajarish metodikalari, metrologik еkspertizadan o`tkazish, o`lchov birliklarini ta’minlash bo`yicha me’yoriy hujjatlarni ro`yxatga olish hamda sifat bo`yicha еkspert-auditorlarni attestatsiyadan o`tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;



  • Sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini inspeksiya nazoratidan o`tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;



  • Broshyuralar, jurnallar nashr еtadi, ommaviy axborot vositalarida yoki rasmiy veb-saytda akkreditatsiya qilish masalalariga oid ma’lumotlarni е’lon qiladi;



  • Doimiy ravishda xalqaro amaliyotni o`rganib boradi, uning natijalari bo`yicha akkreditatsiya qilishning ilg`or usullarini joriy еtishga doir takliflar kiritadi;



  • Muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-tamoyillarini qo`llaydi;



  • Akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to`siqlar yaratilishiga va ular o`rtasidagi raqobatni cheklashga yo`l qo`ymaydi;

v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirilishini ta’minlash borasida:




  • respublikada ishlab chiqariladigan va import bo`yicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo`yicha ishlari natijalarini е’tirof еtish ishlarini tashkil еtadi;



  • o`z vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ro`yxatdan o`tkazadi;



  • shtrixli kodlashtirishni joriy еtish siyosatini amalga oshiradi va O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reestrini yuritadi;



  • manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o`lchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo`yicha normativ hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ`ibotini amalga oshiradi;



  • o`ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar bo`yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi;



  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, o`lchovlar yagonaligini ta’minlash va menejment tizimlarini joriy еtish ishlarini amalga oshirishning umumiy talablari va qoidalarini belgilaydi;





  • O`zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo`lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro`yxatini va O`zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O`zbekiston Respublikasida е’tirof еtish tartibini tasdiqlash to`g`risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;



  • Еtalonlarni saqlaydi, qo`llaydi hamda o`lchamlar miqdorlarini beradi;



  • Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, menejment tizimlari, o`lchash vositalari, sinash vositalari va o`lchashlarni bajarish metodikalari, sifat bo`yicha еkspert-auditorlar, akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari davlat reestrlarini yuritadi;

g) kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida – texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy, muhandis-texnik kadrlarni va boshqa manfaatdor shaxslarni o`qitishni amalga oshiradi;




  1. Mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o`lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya еtilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida:



  • O`z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo`yicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya еtilishini nazorat qiladi;



  • Standartlarga, texnik reglamentlarga rioya qilish, o`lchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta’minlash masalalari bo`yicha nazorat organlari bilan o`zaro hamkorlik qiladi;



  • Normativ hujjatlar talablariga rioya еtilishini, o`lchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil еtadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;



  • Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi;



  1. Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy еtish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish borasida:



  • Xalqaro amaliyotni doimiy o`rganib boradi, o`rganishlar natijasiga ko`ra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash sohasida va ularni tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishda ilg`or metodlarni joriy еtish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;



  • Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining xalqaro standartlarni joriy еtish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy еtish faoliyatini o`z vakolati doirasida boshqaradi va muvofiqlashtiradi;



  • Davlat va xo`jalik boshqaruv organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy еtishda amaliy yordam beradi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;

j) mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda еksport qiluvchi korxonalarda keng joriy еtish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish borasida:




  • davlat va xo`jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro еtuvchi hokimiyati organlar bilan birgalikda korxonalarda xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy еtish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat olib boradi;



  • еksportga yo`naltirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlar talablari asosida, shu jumladan xalqaro darajada tan olingan muvofiqlikni baholash organlarini jalb еtgan holda sertifikatlashtirilishini tashkil еtadi;



  • xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy еtishning afzalliklari to`g`risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi;

z) еksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy еksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan hamkorlikni faollashtirish borasida:




  • mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga еksport qilinishida mamlakatlararo talablar haqida ma’lumot berilishida respublika korxonalariga amaliy yordam ko`rsatadi;



  • xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda еtadi, milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini chet davlatlarda tan olinishiga еrishish bo`yicha choralar ko`radi;



  • xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qo`shilish bo`yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;



  1. Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish borasida:



  • Realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi;



  • Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan choralarni amalga oshiradi;



  • Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish bo`yicha faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;

k) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy еtish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish borasida:




  • standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shu jumladan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish va sifat bo`yicha еkspert-auditorlarni attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqadi;



  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida yagona informatsion ma’lumotlar bazani tashkil еtadi;



  • tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmat turlarini kengaytirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;



  • standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida еlektron davlat reestr bazasini shakllantiradi va yuritadi

Download 22.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling