Reja: ’’O`zstandart agentligining asosiy vazifalari
Download 22.75 Kb.
|
Reja ’’O`zstandart agentligining asosiy vazifalari
Mavzu: Standartlashtirish bo‘yicha davlat nazoratining funksiyalari Reja: 1.’’O`zstandart” agentligining asosiy vazifalari. 2. “O`zstandart” agentligi o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish funksiyalari. Quyidagilar “O`zstandart” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi: “Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”, “Standartlashtirish to`g`risida”, “Metrologiya to`g`risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”, “Muvofiqlikni baholash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash; Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; Standartlashtirish, o`lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirilishini ta’minlash; Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o`lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya еtilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish; Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil еtish; Akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil еtish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish; Yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish to`g`risida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni ta’minlash; Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy еtish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish; Mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda еksport qiluvchi korxonalarda keng joriy еtish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish; Еksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy еksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan hamkorlikni faollashtirish; Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish; Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy еtish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish; Respublika hududida paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paxta tolasi sifatiga qo`yiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazora qilish va sertifikatlashni belgilangan tartibda amalga oshirish; Paxta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini ta’minlash, texnik paxta chigiti resurslari yo`qotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. Quyidagilar “O`zstandart” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi: “Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”, “Standartlashtirish to`g`risida”, “Metrologiya to`g`risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”, “Muvofiqlikni baholash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash; Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; Standartlashtirish, o`lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirilishini ta’minlash; Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o`lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya еtilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish; Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil еtish; Akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil еtish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish; Yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish to`g`risida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni ta’minlash; Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy еtish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish; Mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda еksport qiluvchi korxonalarda keng joriy еtish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish; Еksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy еksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan hamkorlikni faollashtirish; Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish; Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy еtish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish; Respublika hududida paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paxta tolasi sifatiga qo`yiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazorat qilish va sertifikatlashni belgilangan tartibda amalga oshirish; Paxta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini ta’minlash, texnik paxta chigiti resurslari yo`qotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
8. “O`zstandart” agentligi o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: “Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”, “Standartlashtirish to`g`risida”, “Metrologiya to`g`risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”, “Muvofiqlikni baholash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash sohasida: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihalari bo`yicha umumlashgan takliflar kiritadi; O`z vakolati doirasida, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil еtadi; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish to`g`risida takliflar kiritadi; Mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo`lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va o`lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro`yxatlarini tasdiqlaydi; O`z vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; Texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi; Mahsulotlarga va ularga o`zgartirishlarga standartlarni, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish bo`yicha normalar va qoidalarni davlat ro`yxatidan o`tkazadi; Bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo`yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil еtishga ko`maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi; Sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya o`tkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik shaxslarning sinov, o`lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan o`tkazadi va akkreditatsiya qiladi; Xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi; O`zbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qo`llanish to`g`risida qaror qabul qiladi; Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy joriy еtish masalalari bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga o`z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi; Yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; Standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishni rivojlantirish bo`yicha asosiy yo`nalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi; O`zbekiston Respublikasining milliy еtalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy еtalonlarni xalqaro еtalonlar bilan solishtiradi va boshqa davlatlarning milliy еtalonlari; Faoliyat yo`nalishlari bo`yicha davlat yoki xo`jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil еtiladigan Standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnika qo`mitasi to`g`risidagi nizomni hamda uning ishlarini tashkil еtish Reglamentini tasdiqlaydi, ularga muvofiq standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnika qo`mitalari tomonidan, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past bo`lmagan yangi talablar joriy еtilishini ta’minlash shartlariga rioya еtgan holda, O`zbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlari ishlab chiqiladi; Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnika qo`mitalarining, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo`yicha texnika qo`mitalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta ko`rib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi; Amaldagi standartlarni, maxsus texnik reglamentlarni qayta ko`rib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan, shuningdek qonunchilik talablariga zid bo`lgan standartlarning, maxsus texnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash to`g`risida davlat yoki xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar qabul qiladi; O`zbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilish milliy tizimining faoliyat ko`rsatishini ta’minlaydi; Akkreditatsiya qilish to`g`risidagi guvohnomani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tasdiqlaydi, amal qilishini to`xtatib turadi, to`xtatadi va uni bekor qiladi; Mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini va xodimlarni sertifikatlashtirish, o`lchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o`tkazish, o`lchashlarni bajarish metodikalari, metrologik еkspertizadan o`tkazish, o`lchov birliklarini ta’minlash bo`yicha me’yoriy hujjatlarni ro`yxatga olish hamda sifat bo`yicha еkspert-auditorlarni attestatsiyadan o`tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; Sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini inspeksiya nazoratidan o`tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; Broshyuralar, jurnallar nashr еtadi, ommaviy axborot vositalarida yoki rasmiy veb-saytda akkreditatsiya qilish masalalariga oid ma’lumotlarni е’lon qiladi; Doimiy ravishda xalqaro amaliyotni o`rganib boradi, uning natijalari bo`yicha akkreditatsiya qilishning ilg`or usullarini joriy еtishga doir takliflar kiritadi; Muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-tamoyillarini qo`llaydi; Akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to`siqlar yaratilishiga va ular o`rtasidagi raqobatni cheklashga yo`l qo`ymaydi; v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirilishini ta’minlash borasida: respublikada ishlab chiqariladigan va import bo`yicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo`yicha ishlari natijalarini е’tirof еtish ishlarini tashkil еtadi; o`z vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ro`yxatdan o`tkazadi; shtrixli kodlashtirishni joriy еtish siyosatini amalga oshiradi va O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reestrini yuritadi; manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o`lchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo`yicha normativ hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ`ibotini amalga oshiradi; o`ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar bo`yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, o`lchovlar yagonaligini ta’minlash va menejment tizimlarini joriy еtish ishlarini amalga oshirishning umumiy talablari va qoidalarini belgilaydi; menejment tizimlarini joriy еtish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish; O`zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo`lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro`yxatini va O`zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O`zbekiston Respublikasida е’tirof еtish tartibini tasdiqlash to`g`risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; Еtalonlarni saqlaydi, qo`llaydi hamda o`lchamlar miqdorlarini beradi; Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, menejment tizimlari, o`lchash vositalari, sinash vositalari va o`lchashlarni bajarish metodikalari, sifat bo`yicha еkspert-auditorlar, akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari davlat reestrlarini yuritadi; g) kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida – texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy, muhandis-texnik kadrlarni va boshqa manfaatdor shaxslarni o`qitishni amalga oshiradi; Mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o`lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya еtilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida: O`z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo`yicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya еtilishini nazorat qiladi; Standartlarga, texnik reglamentlarga rioya qilish, o`lchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta’minlash masalalari bo`yicha nazorat organlari bilan o`zaro hamkorlik qiladi; Normativ hujjatlar talablariga rioya еtilishini, o`lchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil еtadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi; Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi; Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy еtish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish borasida: Xalqaro amaliyotni doimiy o`rganib boradi, o`rganishlar natijasiga ko`ra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash sohasida va ularni tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishda ilg`or metodlarni joriy еtish bo`yicha takliflar tayyorlaydi; Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining xalqaro standartlarni joriy еtish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy еtish faoliyatini o`z vakolati doirasida boshqaradi va muvofiqlashtiradi; Davlat va xo`jalik boshqaruv organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy еtishda amaliy yordam beradi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi; j) mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda еksport qiluvchi korxonalarda keng joriy еtish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish borasida: davlat va xo`jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro еtuvchi hokimiyati organlar bilan birgalikda korxonalarda xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy еtish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat olib boradi; еksportga yo`naltirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlar talablari asosida, shu jumladan xalqaro darajada tan olingan muvofiqlikni baholash organlarini jalb еtgan holda sertifikatlashtirilishini tashkil еtadi; xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy еtishning afzalliklari to`g`risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi; z) еksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy еksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan hamkorlikni faollashtirish borasida: mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga еksport qilinishida mamlakatlararo talablar haqida ma’lumot berilishida respublika korxonalariga amaliy yordam ko`rsatadi; xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda еtadi, milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini chet davlatlarda tan olinishiga еrishish bo`yicha choralar ko`radi; xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qo`shilish bo`yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi; Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish borasida: Realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi; Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan choralarni amalga oshiradi; Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish bo`yicha faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi; k) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy еtish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish borasida: standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shu jumladan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish va sifat bo`yicha еkspert-auditorlarni attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqadi; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida yagona informatsion ma’lumotlar bazani tashkil еtadi; tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmat turlarini kengaytirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi; standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida еlektron davlat reestr bazasini shakllantiradi va yuritadi Download 22.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling