Reja: Panjarasimon va balka konstruksiyalari
Download 368.65 Kb.
|
Ollaberganov Jasur 1
Panjarali konstruksiyalar va balkalarni peyvandlash texnologiyasi. Reja: 1.Panjarasimon va balka konstruksiyalari . 2.Fermalar yasashning asosiy talablari. 3.Balkalarni montaj qilish. Panjarasimon va balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shuningdek, ko'tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar , avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tayyorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarda bir yoki ikkita burchaklikdan iborat o'zaklar juda ko‘p tarqalgan . Payvand tavr birikmalar hamda quvurlardan iborat fermalar ham ishlatiladi. Bu xildagi konstruksiyalar dastaki yoki yarim avtomatik tarzda payvandlanadigan kalta, to‘g‘ri chiziqli uchma-uch yoki burchak choklar juda ko'pligi bilan xarakterlanadi. Qoplamli elektrodlar bilan dastaki yoki karbonat angidrid gazida yarimavtomatik payvandlashch usullari qo’llaniladi. Panjarasimon fermalar uzellari: a) kosinkali; b) ust qo'ymali; d) tayanch uzel (http://www.hozir.org/malumot-te10m-teplovoz-formulyari.html); e) trubkasimon birikma. Fermalar reja asosida kopir bo‘yicha va konduktorlarda, geometrik o‘lchamlarining hamda biriktiriladigan elementlar o‘qlarining bir nuqtada, ya’ni ana shu uzel kesimining og’irlik markazida kesishish aniqligini ta’minlaydigan stendlar hamda stellajlarda yig‘iladi va payvandlanadi. O’qlar ko‘pi bilan 5 mm chetga chiqishi mumkin. Uzellardan fermalar o'rtasidan tayanchlari tomon ketma-ket payvandlanadi. Avvalo uchma-uch tutashtiriladigan joylari payvandlab olinadi, uzellarda oldin ro‘para choklar, so‘ngra yon choklar payvandlanadi. Bunday konstruksiyalarda asosiy yig'ish-payvandlash ishlarining mehnat talabchanligi konstruksiyani tayyorlash uchun sarflanadigan jami mehnatning 80— 85 foizini tashkil etadi, qolgan 15—20% esa yordamchi ishlar, ya’ni rejalash, to’g’rilash, randalash va boshqalarga to‘g‘ri keladi. Shtamplangan va bukilgan elementlar, prokatdan tayyoriangan rama va balka uzellarni biriktirish. Mashinasozlik hamda qurilishda fazoviy rom konstruksiyalarni tayyorlash uchun prokat burchakliklar, shvellerlar , qo‘shtavrlar hamda shtamplangan elementlar ishlatiladi. Bunday konstruksiyalar elementlarining birikish turlari - rasmda ko‘rsatilgan. Konstruksiyalar payvandlash plitalari va stendlarda yoki konduktorlarda payvandlanadi. Dastlab asosiy uzellar payvandlanadi, so‘ngra butun rama, o‘rtasidan boshlab uning chetlari tomon payvandlab chiqiladi. Devorlarining kesimi yaxlit balkalar tunukadan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan tunuka elementlaridan iborat qutisimon payvand balkalar keng qo’llanila boshlandi. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo'yicha dastaki va yarimavtomatik payvandlab yig'iladi. Ko’plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig'iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flyus ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kontovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi a-rasmda tunukadan yasalgan qo'shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko'rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘Iganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi. Download 368.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling