Reja: Parij Konferensiyasi. 1919-yilgi Versal tinchlik shartnomasi
Download 29.66 Kb.
|
siyosatshunoslik mustaqil ish
Daues rejasi
AQSH Germaniyaning butunlay zaiflashtirib qo’yillishini aslo istamas edi. Chunki Germaniyaning butunlay zaiflashuvi AQSHning doimiy raqiblari Buyuk Britaniya va Fransiyani yanada kuchaytirgan bo`lardi. Bundan tashqari, AQSHga yangi raqibi — Sovet davlatini jilovlashda qudratli Germaniya zarur edi. Shuning uchun AQSH Germaniyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam ko’rsatishga qaror qildi. Bu yordam rejasi tarixga «Daues rejasi» nomi bilan kirgan. Oxir-oqibatda esa, bu reja Germaniya iqtisodiyotining gurkirab nvojlanishiga, uning harbiy qudrati qayta tiklanishiga asos boiib xizmat qildi. Rejani AQSHlik bankir, general Daues boshchiligidagi maxsus komissiya ishlab chiqqan edi. Mazkur reja 1924-yil 16-iyulda Londonda boiib oigan xalqaro kon.ferensi.yada qabul qilindi. Rejada Germaniya sanoatini, birinchidan, chet el sarmoyasi yordamida, ikkinchidan, Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish yo’li bilan tiklash ko‘zda tutildi. Rejada Germaniyaning 1925-yilda Antanta davlatlariga oltin hisobida 1 mlrd marka tovon to’lashi ko’zda tutilgan. 1929-yilda esa bu ko‘rsatkich yiliga 2,5 mlrd markani tashkil etishi kcrak edi. Keyinchalik bu to’ovlar miqdori kamayar va Germaniya iqtisodi imkoniyati darajasiga qarab to’lanar edi. «Daues rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi bo’lsa, AQSH Fransiyaning qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Daues rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketdi. Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qitasida yetakchi daviat boiib qolishini xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo’lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan hisoblashishga majbur etar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi. 1924-1929-yillar oralig‘ida chet davlatlarning Germaniyaga bergan qarzlari, kiritgan sarmoyalari 21 mlrd markani tashkil etdi. AQSHning o‘zi 10 mlrd dollarlik sarmoya kiritdi. Bu qarz o‘z samarasini ko‘rsatdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida katta muvaffaqiyatlarga erishdi va 1927—1928-yillarga kelib bu davlat sanoat ishlab chiqaris1h va tashqi savdo hajmi bokyicha urushdan oldingi darajaga chiqib oldi. 1929-yil esa undan oshib ham ketdi. Sanoat taraqqiyotida u Buyuk Britaniya va Fransiyani orqada qoldirdi. 1929-yilda «Daues rejasi» «Yung rejasi» bilan almashtirildi (qarang 1—2-§). Iqtisodiyotning yuksalish yillarida (1924—1929) sanoatning deyarli barcha sohalarida monopoliyalar yanada kuchaydi. Yangi sarmoyadorlar ko’paydi. 1930-yilda ularning soni 2100 taga yetdi hamda iqtisodiyot va siyosatga tobora katta ta’sir ko‘rsata boshladilar, shuningdek, jamoatchilik fikrini belgilashda hal qiluvchi mavqega erisha bordilar. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda millatchi revanshchi kuchlarning ta’siri kuchayishiga olib keldi. Bu kuchlarning yirik namoyandalaridan biri sobiq kayzer, Germaniya qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni feldmarshal P. Gindenburg edi (1874—1934). U 1925-yilda mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Uning prezidentligi davrida Germaniya ar- miyasi qayta qurollantirila boshlandi. Harbiy-dengiz floti ham tiklana boshlandi. Sanoatning harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan tarmoqlari rivojiga katta mablag‘ sarflandi. Germaniya endi Versal shartnomasini ochiqdan-ochiq inkor etish yo‘liga o‘tdi. Xususan, armiya soni 350 ming kishiga yetkazildi. Mamlakat aholisi, asosan yoshlar ongi g‘oyaviy jihatdan yangi urushga tayyorlana boshlandi. Veymar Respublikasi hukumati xalqaro maydonda G‘arb davlatlari bilan yaqinlashish siyosatini yurita boshladi. 1925-yilda Germaniya Lokarno shahrida Reyn paktini imzolashga erishdi. Unga ko‘ra, Germaniyaning Fransiya va Belgiya bilan mavjud chegarasi tan oiindi. Ayni paytda Fransiya va Germaniya bir-biriga hech qachon hujum qilmaslik majburiyatini oldilar. Buyuk Britaniya va Italiya esa bu paktning xalqaro kafillari deb belgilanadi. Biroq Germaniyaning sharqiy qo‘shnilari bilan mavjud chegaralar buzilmasligi masalasi ochiq qoldi. Buning nima oqibatlarga olib kelganligi awalgi mavzulardan maMum. 1926-yilda Germaniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi va unga Liga Kengashining doimiy a’zosi maqomi berildi. Bu amalda Germaniyaning buyuk davlat sifatida tan olinishi edi. Download 29.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling