Reja: Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari
Download 138 Kb.
|
Zamonaviy pedagogikada pedagoglik kasbi va uning qo\'yilayotgan talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- P.F.Kapterev
- L Y.Kolominskiy
Zamonaviy pedagogikada pedagoglik kasbi va uning qo'yilayotgan talablar Reja: Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari. Tarbiyachining Shaxsiy Xislatlari Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiyadir. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatidagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli -tuman xattiharakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologik-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchi va tarbiyachiga xos bo‘lgan obyektiv va subyektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi: O‘zaro munosabat doirasida, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha tarbiyachi bilan bola o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi kam uchraydi. L Y.Kolominskiy o‘z tadqiqotida tarbiyachining bolalarga munosabati so‘zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynashi hamda pedagogik mahoratning muhim tomoni bo‘lib, xisoblanishini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, tarbiyachi bilan bolalarning o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jarayon xarakteriga bog‘liqdir. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zaro munosabatni tarbiyachi shaxsining faolligi va jamoadagi ta’sirlashuv nuqtai- nazaridan o‘rganish ham mumkin. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida uning bolalarga bo‘lgan munosabati jarayonida xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanshini qayd etish mumkin. Qator tadqiqotlarda tarbiyachi va bolalarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati o‘rganilgan. Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda tarbiyachining quyidagi xislatlarini ko‘rsatib berish lozim: Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling