O`qituvchilik sha`ni- va qadr- qimmmati.
Kishilarning umumiy ishga qo`shayotgan hissasining salmog`i u qaysi vazifani
bajarayotganligida emas, balki o`z ishini qanchalik yaxshi, sidqidildan bajarishiga
bog`liq. Insonning qadr-qimmati uning mansabi, kasb-koridan ko`ra ham ko`proq o`z
kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq-atvoriga bog`liq. Bu fazilat o`qituvchi
odobida mualimning qadr-qimmati, sha`ni deb ataladi. U avvalo, o`qituvchidan o`z
ishining ustasi , kamtar bo`lishni, shu bilan birga pedagoglar va o`quvchilar jamoasida
o`zini tuta bilishni talab etadi. Muallim maktab rahbarlari, hamkaslari va boshqalar bilan
muomalada, munosabatda manmanlik va laganbardorlik qilmasa uning o`quvchilar
oldida obro`si, qadr-qimmati ortadi.
Pedagoglik ishida boshqa kasblarga nisbatan subyektiv faktlar har bir kishining
har bir kishining sha`ni va shaxsiy qadr-qimmatini e`tiborga olishni ko`proq talab etadi.
Pedagoglar jamoasidagi urf-odatlar, an`analar, axloqiy munosabatlar ham
o`qituvchilik sha`ni va qadr qimmatini asrashga qaratilmog`i lozim. O`qituvchi odobida
sha`n, qadr-qimmat tushunchasi o`qituvchining pedagoglar jamoasida egallagan
hurmatini bildiradi, shu bilan birga o`quvchilar va ota-onalar orasidagi hurmatini ham
ifodalaydi.
O`qituvchilik vijdoni
Pedagogik faoliyatda o`qituvchining vijdoni ta`lim-tarbiya jarayonida axloqiy,
yo`l-yo`riqlarni va kasbiy burchlarni
qanday bajarayotganliklarni nazorat qiluvchi
ma`naviy kuchdir. O`qituvchi faoliyatida , axloqida, xulqida vijdon o`z-o`zini nazorat
qilish vositasidir.
O`qituvchilik vijdoni muallimning o`z bilimi, tajribasi va qobiliyatini to`la ishga
solib boshqalarni o`qitish, tarbiyalash va ma`rifatli qilishga da`vat etadi. Abdulla Avloniy:
“Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta`sir qiladurg`on hissiyot, ya`ni sezuv-to`ymakdan
iborat ma`naviy quvvatni aytiladur” deb ta`rif bergan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |