Reja: Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etikadagi o`rni
Download 202.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedogogik deontologiya. Raximov MuhammadAmin
Talabchan va adolatli bo`lish
O`qituvchining kasbiy - axloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo`lishdir. Muallimning talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur hurmati, bolaning kuchi, qobiliyati va imkoniyatlariga bo`lgan ishonchi ifodalanadi. O`quvchilar loqaytlikni yoqtirmaydilar, aksincha yaxshi niyat ilan oqilona qilingan talabchanlik ularning muallimga hurmatini oshiradi. Muallimning talabchanligi adolatlilik bilan uzviy bog`liq bo`lmog`i zarur. O`qituvchi odobida adolatlilik fazilati pedagogik faoliyatning o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Bolaning bilimini baholashda muallimning adolatliligini o`quvchilar ham o`zlaricha baholab boradilar. Muallim o`z fanidan biror bolaga “ikki” yoki “uch” baho qo`yaversa bu bilan o`quvchini qobiliyatsizlikka chiqarib qo`ygan bo`ladi. Muallim o`qitish jarayonida boladagi o`zgarishlarni yutuqlarni payqab uni ruhlantirib borishi zarur. Shuningdek bilimdonlik,halollik,rostgo`ylik hamda o`quvchilar va ularning ota-onalari o`rtasidagi muomala odobi ham o`qituvchining muhim axloqiy fazilati va ma’naviy boyligi hisoblanadi. Oliy o`quv yurtini bitirib, muallimlik faoliyatini boshlagan kishi barcha o`quvchilarga o`zini yaqin tutishi, odobi, odilligi bilan bolalarga ijobiy-axloqiy namuna ko`rsatishi zarurligini yoddan chiqarmasligi lozim. Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi. “Kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiya-shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. SHu nuqtai–nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.- deb ta’kidlaydi. SHaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayѐrlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi. Download 202.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling