Natijalarni qayta ishlash. Kalit bilan mos kelgan har bir javob 1 ball bilan baholanadi. Noaniq javob uchun 0,5 ball qo’yiladi. Ko’rsatkichlar doirasiga qarab quyidagicha bo’ladi. 0 dan 6 gacha past daraja. 6 dan 20 gacha o’rta daraja. 20 dan oshiq bo’lsa, yuqori daraja. Ma`lumki, ta`lim-tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’qituvchida iroda bo’lishi muhimdir. Uning kuchli irodasi bo’lishi o’quvchilar bilan olib boriladigan ta`lim – tarbiyaviy ishlarga chidam, matonat talab etiladi. Ayniqsa, hamkasblari bilan ishlashda hamkorlik, hamjihatlik talab etiladi. Ota-onalarga mahalla bilan tinimsiz o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishda kuchli iroda kerak bo’ladi. SHuning uchun biz quyida yana bir testga to’xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |