I bob. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish shart-sharoitlari
Download 50.47 Kb.
|
RAXBARLIK QONUN QOIDALARI.22 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB.TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA SINF RAHBARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
- KIRISH Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi Shavkat Mirziyoyev
MAVZU: BOSHLANG’ICH SINFDA O’QUV TARBIYAVIY ISHLARGA RAXBARLIK QILISHNING ASOSIY QONUN QOIDALARI. Mundarija: Kirish Asosiy qism I BOB.SINF RAHBARI TARBIYAVIY FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH SHART-SHAROITLARI. Sinf rahbarining o'quvchilarni o'rganish jarayoni O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash II BOB.TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA SINF RAHBARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI. 2.1. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi 2.2 Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi va vazifalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi Shavkat Mirziyoyev O‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishning negizida sinf rahbarining olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy o‘rinni egallaydi. Sinfda tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yuvchi, o‘quvchilarning asosiy tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Unga bolalar hayotini yo‘lga qo‘yish, jamoani uyushtirish va tarbiyalash mas‘uliyati, sinfdagi o‘quv-tarbiyaviy ishlariga javobgarlik yuklanadi.U tarbiyachi sifatida o‘quvchilarni barkamol shaxs bo‘lib kamol topishi to‘g‘risida, ularda aqliy teranlik, jismoniy baquvvatlilik, ruhiy tetiklikni tarkib toptirish, ilmga e‘tiqod, bilimdonlik hislatlarini tarbiyalash to‘g‘risida va sinfda tartib intizomni mustahkamlash borasida g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning barchasini kuzatuvchi sifatida emas, balki rasmiy, ma‘sul shaxs sifatida bajaradi, chunki u maktab pedagogik jamoasi oldida o‘ziga topshirilgan sinfda g‘oyaviy-siyosiy, ma‘naviy – axloqiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo‘lga qo‘yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona jamoa qilib jipslashtirishdan iboratdir. Albatta, o‘z sinfidagi o‘quv ishlari, o‘quvchilar bilim, darajasini oshirish masalalari ham uning e‘tiborini jalb etadi, ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondoshadi. U eng avvalo tarbiya berish vositalari orqali (o‘quvchilarda o‘quv vazifasiga nisbatan ongli va ma‘suliyat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, u darslarda o‘quvchilarning o‘zaro yordamni yo‘lga qo‘yish, ularni maktab kun tartibiga rioya qilishga o‘rgatish va shu kabilar) ta‘lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o‘qituvchilarga yordam beradi. Har bir sinfda muayyan o‘quvchilar jamoasi ish olib boradiki, u jamoa o‘quvchilarga qo‘yiladigan yagona talabga amal qilish, ular bilan individual ish olib borishni amalga oshirish kerak. Odatda, bu jamoaning tashkilotchis va yetakchisi sinf rahbari bo‘ladi. U sinfida dars beradigan o‘qituvchilar olib boradigan o‘quv-tarbiya ishlarining hususiyatlarini o‘rganadi, ularning o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari hamda o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadi, ayrim o‘quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta‘sir ko‘rsatish metodlari haqida o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashib turadi. Uning muhim vazifasi o‘qituvchilarning tarbiyaviy ish faoliyatlarini birlashtirib, yo‘naltirib borishdan iborat. Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a‘zosidir. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg‘iz o‘zi emas, balki maktab direktori va uning o‘rinbosarlari rahbarligida, o‘z sinfida dars beradigan boshqa o‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi va quyidagilarga o‘z e‘tiborini qaratadi. Sinf rahbarining asosiy vazifalari sirasiga har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash, o‘quvchilarni o‘qishga, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash; -maktabda, sinfda o‘quvchilarni ahil jamoaga birlashtirish va tashabbuskor oquvchilarni tarbiyalash maqsadida o‘quvchilarning talab va qiziqishlari, ularning sinfdagi va oiladagi o‘zaro munosabatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish lozimdir. Download 50.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling