I bob. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish shart-sharoitlari
O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash
Download 50.47 Kb.
|
RAXBARLIK QONUN QOIDALARI.22 (2)
1.2. O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g'oyaviy ishonchiga va bilim darajasiga bog'liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan o'zining bilimini, ongini oshirishi lozim. Sinf rahbarining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi ham bu o'rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir kO'rsatishga ega bo'ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, rna 'naviy qiyofasi o'quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Sinfrahbari uchun malaka va kO'nikmalarga ega bo'lisbning o'zi yetarli emas. U o'z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o'z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta'sir o'tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko'p sifatlami: chuqur bilim, keng fikrlilik, isbga jon-dildan ko'ngil qo'yish, bolalarga bo'lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlaming bo'lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo'shilsa, ishda muvaffaqiyat ta'minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogic odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo'lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o'zi bolarni tarbiyalamoqchi bo'lgan g'oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo'lishi kerak. Tarbiyadagi xatolaming ko'pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo'yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo'laverrnasligidadir. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko'rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ qobilyatga ega bo'lishi, ro'y berayotgan voqea va hodisalami faqat pedagogik qoidalarga bog'lab baholashgina emas, balki ro'y berishning sababiga qarab hukm chiqarish qobilyatiga ham ega bo'lishi kerak. Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mchnatining o'1chovi, chcgarasi yo'q.Uning bilmagan ishi, uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo'lmaydi. Su bilan bir qatorda, u beg'araz, xolis shaxs bo'lib, jamoatchihlik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pcdagoglar, ota-onalar va o'quvchilarni o'zaro bog'lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlami bir markazga birlashtirishi, o'zaro aloqalarning to'g'ri bo'lishiga ta'sir o'tkazishi va ayni vaqtda, o'zining o'mini aniq ta'minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta'minlashga garov bo'ladi. Sinf rahbari o'quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g'arnxo'rlik qilib boradi. Hatto o'zlashtirish yuqori bo'lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo'lgan qiziqish va muhabbatni o'stirishga, ta'lim sifatini oshirishga harakat qilishi zarur. Ayrim maktablarda yuqori o'zlashtirishga erishish o'quv, didaktik mas ala sifatida maktabda ta'Iim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yishga bog'liq bo'ladi. O'qish jarayonida bolalarda mehnatscvarlik, diqqat, matonat kabi sifatlami tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o'zlashtirishga yordam beradi.Maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi to'g'ri va bcvosita sinfda o'zlashtirishni ko'tarishga ta'sir ctadi. Sinf rahbari o'qituvchilar bilan hamkorlikda bolalami o'qishga ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi. O'quvchilarning o'qishlarini nazorat qiladi, darslarga kiradi, kuzatadi va o'z sinfidagi o'quvchilar bilan birgalikda sinfda o'quv ishlarining sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. Yuqori sinflarda yuqori o'zlashtirish uchun kurash susaymaydi, aksincha u yana ko'proq ahamiyat kasb etib boradi. Sinf rahbarining va fan o'qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o'quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog'liq: 1. Faoliyatni reja asosiga qurish. 2. Qunt bilan ishlash. 3. Pala-partishlikka yo'l qo'yrnaslik, saranjornlikka o'rganish. 4. Bilim sifatini oshirish. 5. Qiyinchiliklarni yengish. 6. O'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu degani o'quv mehnatini o'quvchining dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borilishidir. 7. O'qishda o'rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish. O'rtoqlarcha o'zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik luhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinf o'qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta'lim-tarbiyaviy ishlami yakka o'zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o'qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. O'quvchilarni bilimga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda ularning nazariy bilimlarini mustaqil ravishda qo'llay bilishlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir. Bu tajriba juda ko'p maktablarda muvaffaqiyatli qo'llanilib kelinmoqda. O'quvchilarga biror bir fan bo’yicha kO'rgazmali qurol yoki biror jihoz yasab kelish buyuriladi. Bunda "Harakat qilsang, bu sening qo'lingdan keladi" degan gapni uning qulog'iga quyish kerak. Buni o'quvchi nafaqat oddiy topshiriq, balki o'qituvchining ishonchi sifatida ham qabul qiladi. To'g'risini aytganda, bunday narsalarni yasash uchun o'quvchi yetarli nazariy bilimga ega bo'lishi kerak. O'quvchi topshiriqni puxta qilib bajarishi uchun u yoki bu fan asoslarini o'rganishga, o'z bilimini chuqurJashtirishga harakat qiladi, o'zi yasayotgan o'quv quroliga, ushbu fanga nihoyatda qiziqib qoladi. Shu bilan birgalikda har bir yasalgan narsa zamirida mehnat yotganligini his qiladi, sinf va maktab jihozlarini avaylashga o'rganadi. Bolalarda o'quv mehnatiga javobgarlik va masullik hissini tarbiyalash juda muhimdir. Mas'ullikni sezmagan o'quvchi palapartish o'qiydi. Mas'ullik kishini sergak torttiradi, o'quv faoliyatiga alohida javobgarlik hissi bilan qarashga undaydi Ma'lumki, ongli intizom va mas'uliyat hissini sezish maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimining samarasi hisoblanadi. Bolalarning intizomli bo'lishida sinf rahbarining xizmati katta. U darsda va darsdan tashqari vaqt1arda turli tarbiyaviy usullardan foydalanib, bolalarda intizomni tarbiyalab boradi, sinfda aniq rejim va ichki tartib o'rnatishga kirishadi; jihozlash, tozalik va tartibni joriy etib boradi. Bu ishlarni sinf rahbari bir o'zi emas, balki o'qituvchilar, sinf jamoasi, faollari va ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Sinfda intizomni saqlash va joriy qilish faqat sinf rahbarining ishi deb tushunuvchilar ham uchrab turadi. Bu mutlaqo noto'g'ri fikr. Intizom uchun butun sinf pedagogik jamoa mas 'uldir. Intizomni tarbiyalash juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Shunisi ham borki, ko'p vaqt qilingan mehnatni bir paytning o'zidayoq yo'qqa chiqarish mumkin. Masalan, sinf rahbari va ayrim fan o'qituvchilari darslarida bolalar jim, intizomli o'tirishadi, darslarni berilib tinglashadi, o'quv yumushlari bilan band bo'lishadi; ba'zi o'qituvchilarning darslarida buning aksi: bolalar qiy-chuv qilishadi, bir-biriga qog'oz otishadi, patianing ostiga kirib yashirinishadi, natijada o'qituvchi tajanglashadi, o'quvchilar bilan ixtilofga boradi. Bunday ayanchli manzara har bir maktab hayotida uchrab turishi tabiiy. Nega shunday bo'ladi? Bu holatda o'sha fan o'qituvchisining o'zi aybdordir. Negaki u dastlabki mashg'ulotlaridayoq o'z "siri"ni bolalarga oldirib qo'ygan. O'ta ko'ngilchan, so'zlari, harakatlari ta'sirsiz, bo'shang, muloyim, bolalami o'ziga jalb qilolmaydi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega emas. Xo'sh natija nima bo'ladi? O'qituvchi o'z kayfiyatini buzadi jismonan charchaydi, o'quvchilarni uradi, dars maqsadiga erishish u yoqda tursin, darsni to'liq o'tolmaydi, bundan ham yomoni o'quvchilar intizomini buzadi, sinfda tarqoqIikni, boshboshdoqlikni vujudga keltiradi. Mana, sizga birgina bo'shang o'qituvchining keltirgan ziyoni. O'quvchilarda intizomni tarbiyalamasdan turib, ularni maktabga, atrof-muhitga, kishilarga, darslarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, uy vazifalarini bajarishga, saranjomlikka o'rgatish qiyin. Ongli intizomni tarbiyalash - maktabning' asosiy vazifasi hisoblanadi. Sinf rahbarlari huddi shunday holatlarga o'z c'tiborlarini qaratishlari lozim. Butun sinf o'qituvchilari oldiga yagona pedagogik talablami, qattiqqo'l1ikni, sinfda intizomni saqlash, o'quvchilarga bo'lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo'yish lozim. Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa'diy: Agarda muallim bo 'lsa beozor, Bolalar sinflli qilishar bazar, deb bejiz aytmagan. Download 50.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling