Reja: Pedagogik nazokat haqida tushuncha


Download 324 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi324 Kb.
#1580052
  1   2
Bog'liq
1-Nazariy



1-mavzu: PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AXLOQ
Reja: 
1. Pedagogik nazokat haqida tushuncha 
2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlar 
О‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi 
nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar 
orasida olib boriladi. O'zaro munosabatlami ishonch va do‘stliktuyg‘ulari bilan 
mustahkamlab borish o‘qituvchidanjiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. 
Buning uchun o‘qituvchi awalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, 
sinf jamoasida tez-tez o‘zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z 
munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o'quvchilar xatti-
harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlami oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy 
metodlami o‘z o‘mida qo‘llashi, 0 ‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, 
milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruwat va himmat
odamiylik va mehr-oqibat tuyg'ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar 0 
‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik 
nazokat deb atalmish faoiiyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat - о ‘qituvchi axloqiy-m a ’naviy qiyofasini nam oyo n etuvchi 
me’yor tuyg 'usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik 
nazokat o'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro m unosabatini tashkil qilish 
vositasi. P sixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror 
ta sa w u rla rid a m ujassam - lashgan shaxsiy insoniy h islatlarin in gyig'in disidir. 
Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan awalo yuksak insoniy fazilatlarga ega 
bo'lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy 
maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat www.ziyouz.com 
kutubxonasi siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, 
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli. 
ma’rifatli yoshlami tarbiyalab voyaga etkazish o'qituvchi zimmasida. Shunday 
ekan, hozirgi demokratik jamiyat o'qituvchisining o'zi awalc barkamol inson 
bo'lishi, mukammal bilimlar sohibi, o'z kasbining yetuk egasi bo'lishi zarur. 
O'qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib 
tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida 
uzluksiz sayqallanib boradi. 



Download 324 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling