Pedagogik texnologiyaning maasadi - ommaviy ta'lim sharoitida ta'lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta'minlash va talabalar tomonidan o'qiskning ko'zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi - ommaviy ta'lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o'qitishning yetarli samarasiga erishishni ta'minlovchi, o'quv jarayonmi yaratish hisoblanadi
Pedagogik texnologiyaning predmeti- o'quv jarayoining o'zi hisoblanadi
Pedagogik texnologiyaning obyekti -o'quv jarayonining tarkibiy qismtari hisoblanadi.
Oliy ta'lim muassasining o'quv jarayoni o'quv materialini to'la o'zlashtirish tamoyillariga tayanishi lozim. Ya'ni fanning, o'quv dasturiga muvofiq, o'quv materiali barcha talabalar tomonidan o'zlashtirilishi shartdir.
O'quv materialining to'la o'zlashtirilish tamoyili - har qaysi mavzu bo'yicha bilim olish faoliyatining o'rnatilgan darajasiga erishishni anglatadi.
Ko'p sonli xorijiy tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, «talabalarning to'la o'zlashtirishi» rushunchasi, guruhdagi har bir talaba tomonidan o'quv materialining kamida 80% ga o'zlashtirishini anglatadi, To'la ishonch bilan, isbotsiz aytish mumkin-ki, bunga faqat o'ta mahoratli professor va dotsentlar erishishi mumkin. Oddiy professor-o'qituvchilar tarkibida, o'quv materialining bu darajadagi o'zlashtirilishiga, faqat iqtidorli talabalargina erishishi mumkin.
Ommaviy ta'lim sharoitida talabalarning to'la uzlashtirishiga qanday qilib erishish mumkin? Bunda uchta yo'lni ko'rsatish mumkin:
Birinchi yo’l - bu o'zlashtirish mezonini pasaytirish, ko'pchilik hollarda shu yo'l tanlanadi. Shu sababdan hozirgi paytda o'quv materialini, o'quv fanini 55% ga o'zlashtirgan talaba ijobiy baholanadi. Tabiyki, bu yo'lning istiqboli yo'qdir.
Ikkinchi vo 'l - professor-o'qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali, ajoyib professor va dotsentlardan tuzish. Ularning har bin o'ziga xos o'qitish usullari va yo'llari tufayli, tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo'lgan talabalarning to'la o'zlashtirishini ta'minlaydilar.
Haqiqatda, bir guruhda kirish sinovlari fanlari bo'yicha o'zlashtirish darajasi 30% dan 90% va undan ortiq bo'lgan talabalar o'qishi mumkin. Bu yo'l haqiqatdan uzoq va ideallashtirilgan yo'ldir. Barcha talabalar iqtidorli bo'lmaganidek, o'n minglab professor-o'qituvchilar tarkibi ham xuddi shunday, iqtidorli, oliy darajali bo'la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |