Pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati va ustuvor tamoyillari
Reja:
1.Pedagogik texnologiya haqida tushuncha.
2. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.
3.Pedagogik texnologiyaning mohiyati va tamoyillari.
4.Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining qo‘llanishining asosiy qonunlari va prinsiplari.
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha.
Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson saloxiyati xamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya haqida boshqa bir qancha ta’riflar mavjud:
-pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bulgan ma’lum pedagogik tizim loyixasi;
-pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’quv jarayonida qo’llaniladigan usullar vositalar majmuidir.
-pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyixalashtirilgan ukuv-tarbiya jarayonini izchil amalga oshirishdir.
Yuqoridagi ta’riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni xali payoniga yetmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun, avvalo pedagogik texnologiya tushunchasining muxim belgilarini aniklash talab etiladi, jumladan ta’lim jarayonini oldindan loyixalash va sinfda o’quvchilar bilar qayta ishlab chiqish;
-ta’limning maqsadi real, anik diagnostik bo’lishi va o’quvchining bilim uzlashtirish sifatini xolisona baxolash;
-ta’lim jarayonining tuzilish va mazmunin yaxshilash, uzaro boglik va uzaro ta’sirda bulishi;
-ta’lim shakllarini optimallashtirish;
-ta’lim jarayonida texnik vositalar va inson saloxiyatining uzaro ta’sirini xisobga olish;
-ta’lim maqsadlarini ko’zlagan etalon asosida o’quvchining kuzatiladigan, urganadigan xarakatlari shaklida juda oydinlashtirish;
-o’quvchining faoliyatiga qarab o’qitish;
-bilim uzlashtirish jarayonida yul kuyilgan xatolarni aniklab, kuzatib borish;
-belgilashni mezonlarga asoslangan test vazifalarini bajarish;
-ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi;
-ta’lim samaradorligining yuqoriligi;
Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta’riflar xamda pedagogik texnologiya usulining muxim belgilari, xususiyatlari umumlashtirilgan xolda keltirishi….
Pedagogik texnologiya-tizimi, texnologik yondoshuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va xolisona baxolash uchun inson saloxiyati xamda texnik vositalarining uzaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maksadlarini oydinlashtirib, ukitish va bilim uzlashtirish jarayonlarida kullaniladigan usul va metodlar majmuidir.
Xullas, pedagogik texnologiya-o’qitish usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari vositalari shakl va metodlari majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |