Reja: Pedagogika fanining taraqqiyot manbalari


Download 36.83 Kb.
bet1/2
Sana21.09.2023
Hajmi36.83 Kb.
#1683445
  1   2
Bog'liq
Texnalogik ta\'lim o`quv jarayonida talim vositalari


Texnalogik ta'lim o`quv jarayonida talim vositalari
Reja:
1. Pedagogika fanining taraqqiyot manbalari.
2. Pedagogik texnologiyaning ta’lim sohasidagi mexanizmlari.
3. Pedagogik texnologiyaning bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi.
4. Pedagogik texnologiya printsiplari va ularning qo‘llanilishi.

Asosiy tushunchalar: ta’lim, taraqqiyot, ta’lim sohasidagi mexanizmlar, prinsip.


Hozirgi davr pedagogika fani ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta’lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Zamonaviy pedagogika bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘li, milliy g‘oya va mafkura aniq qilib belgilab olindi. ta’limi-tarbiya sohasida aniq maqsad va vazifalar, uni amalga oshirish dasturlari ishlab chiqildi. Davlatimiz Prezidenti I.Karimov barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida bir qator asarlarida bu masala davlat siyosatida ustivor masala ekanligini bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, ma‘naviy qadriyatlarlar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad ko‘rsatilgan.Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham yetuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb -hunar kollejlari, akademik litseylarda tahsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta’lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlari va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim.
O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta’limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik horijiy davlatlarda bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Bugungi kunda pedagogika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirish, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqish zarur muammoga aylandi. Bu muammoni hal etish hozirgi kungacha shakllanib kelgan ta’lim-tarbiya sohasidagi nazariy va amaliy tajribalarni o‘rganishni taqozo etadi.
Pedagogik texnologiya ta‘lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir:
-ta‘lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida tashabbuskorlik va yangilikka bo‘lgan qiziqishni orttirish;
-ta‘lim sohasidagi ijodkorlikni ,yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
-izlanuvchanlik faoliyatini rag‘batlantirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish;
-nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda harakatdagi ta‘lim tizimiga joriy etish, to‘plangan yangilik va tajribalarni doimiy haraktadagi umumta‘lim tizimi rejimiga singdirish.
Shu bois mamlakatimizda ta‘lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” uzluksiz ta‘lim tizimini isloh etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olgan holda, yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e‘tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda o‘quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tadbiq etish zarur.
Bo'lajak o'qituvchilarni kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to liq avtomatlashtirish uchun mo Ijallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta 'lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiq-bolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi.
Kalif so'zlar: Amaliy dasturlar, Matn muharrirlari, Matn protsessor-lari, MBBT, instrumentariy, kommunikatsion texnologiyalar.
Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida oquv jarayonini qisman yoki toliq avtomatlashtirish uchun moljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular talim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oquv fani boyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qoshimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
l.o'rgatuvchi dasturlar - oquvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bi-limlarni ozlashtirishga yonaltiradi;
2.test dasturlari - egallangan bilim, malaka va konikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadla-rida qollaniladi;
3.mashq qildirgichlar - avval o' zlashtirilgan oquv materialini takrorlash va mustahkamlashga xiz-mat qiladi;
4.oqituvchi ishtirokidagi virtual oquv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlaming nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma'lumotlami qayta ishlash muhitining o'zgarishi, lazerli disklaming paydo bo'lislii, ma'lumotlar tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.Sun'iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlami to'rt yo'nalishga bo'lish mumkin:
— ijodiy jarayonlami imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo'nalish kompyuterda o'yinlami (shaxmat, shashka va h.k.), avtomatik taijima qilishni va boshqalami amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug'ullanadi;
— bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo'nalishdagi muhirn natijalardan biri ekspert tizim-laming yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intellekt tizimlari ma'lum va kichik sohalaming eksperti sifatida tan olinishi va qo'llanishi mumkin;
— EHMlaming yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo'nalish sun'iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o'rganadi;
— intellektual robotlar. Bu yo'nalish oldindan belgilangan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug'ullanadi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog'liq yo'nalish tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quwatli hamda qulay vositalami tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case texnologiyalar kiradi.Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlami avtomatik ravishda bajarishni ta'minlovchi dasturiy tizimlami o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— kompilyator va interpretatorlar;
— dasturlar kutubxonasi;
— turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dastumi mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dastuming bevosita bajarilishini ta'minlaydi.Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to'plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
MathCAD
© B.B. Hamidov, D.O. Kamolova, 2022.
MathCAD matematik paketi berilgan matematik modellarning yechimlarini sonli yoki simvolli ifodalash hamda ushbu yechimlami grafik ko'rinish (vizuallashtirish) shaklda berish va shu asosida animatsiyalar qurish imkoniyatini beradi.
MathCADning oson interfeysi, boy hamda sodda dasturlash tili uni muhandislar, ilmiy xodimlar orasida keng tarqalishiga va o'quv jarayonida keng qo'llanilishiga sabab bo'ldi.MathCAD dasturi MathSoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u o'zining sohasidagi eng ilg'or dasturiy vositalardan hisoblanadi. MathCAD dasturi matematika sohasidagi deyarli barcha jabhalami qamrab oigan. Boshqa dasturiy vositalardan farqli rav-ishda, bu dastur boshqa dasturlaming fayl kengaytmalarini tushunib, ular bilan ishlash imkoniyatiga ega. MatLab
MatLab dasturi MatLab firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u o'zining tengdoshlari ichida yuqori baholanadi. Bunga sabab, unda barcha amallar asosan massiv sifatida qaraladi. Bu esa masalaning yuqori aniqlik bilan ishlanishiga olib keladi. Bu dastur yordamida MathCAD dasturida bajarilishi mumkin bo'lgan amallaming deyarli barchasini bajarish (matematik hisoblash; algoritmlarni tuzish; modellash; ma'lumotlaming tahlili; ilmiy va muhandislik grafikasi; dasturiy vositalarni ishlab chiqish) mumkin . Maple
Maple dasturi o'zining tengdoshlari ichida eng birinchi ishlab chiqilgan dastur sanaladi. Shunga qara-masdan, ba'zi bir sabablarga ko'ra, bu dastuming yangi versiyalari chiqarilmay qo'yildi. Faqat bu dastuming ishqi-bozlari ora-orada uning qayta ishlangan nusxalarini ishlab chiqishmoqda. Bu dasturdan foydalanish ancha noqulay, bunga sabab uning faqat DOS muhitida ishlashidir. Boshqa tarafdan esa, bu dasturdan boshlang'ich ma'lu-motlardan bin sifatida foydalanish mumkin. Mathematica
Mathematica dasturi AXOFT firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, asosan sonli va mantiqiy hisob-kitoblar uchun mo'ljallangan. Lekin shunga qaramasdan ishlab chiqaruvchilar bu dasturni takomillashtirish borasida ish olib borishmoqda. STADIA
STADIA dasturi yordamida statistik ma'lumotlami qayta ishlash, 2 va 3 o'lchovli grafik tasvirlami tayyor-lash mumkin. Eng asosiysi, bu dastur 12 yil ichida dunyoning 190 ta davlatida, 160 dan ortiq universitetida qo'llanib kelmoqda.
Amaliy dasturiy ta'minot foydalanuvchi aniq bir vazifalari (ilovalari)ni ishlab chikish va bajarish uchun mo'ljallangan. Amaliy dasturiy ta'minot tizimli DT, xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Ama-liy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
-turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari; -foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari. Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir: -matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar; -elektron jadvallar
-ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); -integrasiyalangan paketlar; -CASE-texnologiyalar;
-eksport tizimlar kobiklari va sun'iy intellekt tizimlari.
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma'lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo'shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma'lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta'minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda ko'rsatib o'tirmaymiz.
Odatda, dasturiy ta'minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o'zaro aloqaning birinchi amaliy ko'nikmalarini hosil qilinadi.
Jamiyatning har bir faol fuqarosi XX1 asr bo‘sag‘asida turar ekan, o‘tgan yillarni baholashga va kelajak hayotini turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta‘lim sohasida ham bunday ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlariga, balki madaniy sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda.Shu boisdan bugugi kunning dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi.
Ta‘lim - insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta‘lim tizimida inson faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni hal etish zarur. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda ta‘lim nazariyasini yaratish, ya‘ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning ta‘limdagi amaliylik hamda tashkiliy-uslubiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tadbiq etilishi butun jahon pedagoglarining unga e‘tiborini kuchaytirmoqda. Bu yo‘nalishga turlicha qarashlar mavjud, ba‘zi pedagoglar pedagogik texnologiyada ta‘limni tabaqalashtirish vositasini ko‘rmoqdalar, boshqalari undan kam mehnat sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari, pedagogik texnologiyada barcha ta‘lim oluvchilarni oldindan belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga etkazish mumkinligi qiziqtirmoqda.Ba‘zi pedagoglar ta‘limni “texnologiya” lashtirish yordamida ommaviy ta‘lim amaliyotida tub burilish yasashga umid bog‘lagan edilar.
Ta‘limni “texnologik” yo‘nalishda ko‘rishning umumiy mezoni uning aniq va batafsil belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligidadir. Bu holada har bir maqsadni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va unga mos amallar majmui mavjud bo‘lishi asos sifatida olinadi.“Pedagogik texnologiya” ning vositaviy yo‘naltirilganligi unng turli uslublar asosida turli ta‘lim tizimlarini ko‘rishdagi keng imkoniyatlarini belgilab beradi.Bunda ta‘limning tashkiliy jihatlari olinadi.Faqatgina “pedagogik texnologiya” doirasida aniqlab olinadigan maqsadlar-ning empirik (amaliy) tahlili beriladi.
O‘quv jarayonining har qanday qismi uning loyihalanishiga texnologik jihatdan yondashilganda quyidagi asosiy bosqichlarga ega bo‘ladi:
-ta‘lim bosqichining umumiy maqsadini belgilab olish:
-umumiy maqsadni shakllantirishdan uni ixtisoslashtirishga o‘tish;
-o‘quvchilarning bilim darajasini tashxis qilish;
Bosqichlar ketma-ketligi tavsifi o‘qituvchi harakatlarining davriy takrorlanuvchi ketma-ketligi bo‘lib, u ko‘p marotaba mos ravishda maqsadlar, aniq nazorat usullari va ta‘lim jaaryoni turlari bilan takrorlanib, ta‘lim jarayonini nihoyasiga yetkazadi.
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan uning metodikasiga qo‘yiladigan talablar, printsiplar mavjud.Ayrim tadqiqotchilar, “pedagogik texnologiyaning tamoyillari: kafolatlangan yakuniy natija, ta‘limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi,ta‘lim maqsadining aniq shakllanganligi” kabilar deb talqin qilinadi. Pedagogik texnologiyaning printsiplari:
-pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogik tizimning optimalligi, maqbulligi;
-ta‘lim-tarbiya natijasining kafolatligi;
-pedagogik jarayonning bir butunligi va tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi;
-o‘qituvchi va o‘quvchi faolligining uyg‘unligi, tarbiyalanuvchi faoliyatini tashkil qilish;
-inson va texnika resurslari, optimal vositalarni qo‘llash;
-pedagogik jarayonni modellashtirish kabilar.


Download 36.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling