Reja: Platforma


Download 11.84 Kb.
bet3/3
Sana01.11.2023
Hajmi11.84 Kb.
#1736986
1   2   3
Bog'liq
13-маъруза

Simple Machines. Forum tashkil etish uchun juda qulay CMS. Unda foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z firklarini bildirish orqali qatnashishlari va boshqalarning fikrlarini to’ldirishlari mumkin. Bu CMS vBulletin kabi katta imkoniyat va kuchga ega bo’lmasa ham, oddiy darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi.

Forum uchun o’zbek tilini o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo hozircha o’zbek tilidagi rasmiy CMS ishlab chiqilmagan. Tilni faqat dasturga qo’shimcha kiritish orqali o’zgartirish imkoni bor.
Bugungi kunda Simple Machines forum saytlar uchun yengil ishlashi, o’rnatilishi uchun ko’p joy talab qilmasligi va eng asosiysi bepul bo’lganli sababli ham ko’p sonli saytlarning tanloviga aylangan.
Simple Machines CMSni dasturning rasmiy sayti www.simplemachines.org orqali yuklab olishingiz mumkin.
Agar Sayt yaratishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz va o’z saytingiz uchun qaysi CMS to’g’ri kelishini bilmayotgan bo’lsangiz, saytingizning hajmi va u orqali
foydalanuvchilar qanday ma’lumotlarni olishini rejalashtirayotganingizga qarab o’zingizga ma’qul bo’lgan CMSni tanlang.
CMS tanlash jarayonida faqat Siz tanlamoqchi bo’lgan CMSning shablonlariga, saytning tashqi ko’rinishini belgilaydigan jihatlarigagina emas, balki saytning yengil ishlashi, hostingingizda ko’p joy olmasligi (agar buning zarurati bo’lsa), qidiruv mashinalarida oson ro’yxatdan o’ta olishi, foydalanuvchilar uchun qulayligi, turli brauzerlarda bir hil ko’rinishi kabi muhim jihatlariga ham e’tibor bering.
Download 11.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling