Reja plug nima? Plug ishchi qismlari? Plugning yordamchi qismlari?


Download 73.88 Kb.
bet3/3
Sana19.11.2023
Hajmi73.88 Kb.
#1786529
1   2   3
Bog'liq
Reja plug nima Plug ishchi qismlari Plugning yordamchi qismlar

Plugning ishchi qismlarini bevosita tuproqqa ta’sir etuvchi
pichoq 1, chimqirqar 2, korpus 3, chuqurlatkich 4 lar tashkil qiladi (10-rasm).
Pichoq korpusning oldida joylashtiriladi va tuproq qatlamini
vertikal tekislikda haydalmagan dala tomonidan tayinlangan joyda
tilib ketadi va shudgor devorining silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada
orqada joylashtirilgan chimqirqar yoki korpus tuproq palaxsasini uzib
olganida shudgor devori notekis bo‘lib qolmaydi va energiya sarfi kamroq
bo‘ladi. Pichoqdan foydalanilsa, begona o‘t qoldiqlari t o‘liqroq
ko‘miladi, plugning harakati ravonroq bo‘ladi, tayinlangan
chuqurlikning o‘zgaruvchanligi kamayadi.
Chimqirqar serildiz, chim bosgan yerlarni haydashda
ishlatiladi va korpus bilan pichoq o‘rtasida joylashtiriladi (10-b rasm).
Chimqirqar asosiy palaxsaning dala chetidan 8-12 sm chuqurlikda, korpus
qamrov kengligining 2/3 qismiga teng bo‘lagini qirqib olib, shudgor tubiga
tashlab beradi. Natijada yerning ustki qatlami to‘liqroq ko‘miladi va
chirindiga aylanadi. Ayrim sharoitlarda maxsus pluglarda chimqirqar
o‘rniga undan kichikroq bo‘lgan burchakkesar ham ishlatilishi mumkin.
Korpus plugning asosiy ishchi qismidir. U a chuqurlikdagi va b
kenglikdagi palaxsani yerdan ajratib oladi va uni 130°-150° burchakka burib
ag’daradi. Burib ag’darish natijasida tuproq palaxsasi deformatsiyalanib,
maydalanadi, shudgorlangan tomonga a masofaga suriladi (9-a rasm).
Shudgorlash sifati korpus ishchi sirtining geometrik shakli va o‘lchamlariga
bog’liqdir.
Rivojlangan davlatlarda har qanday ish bajarishda ish unumi katta
bo‘lgan mashinalardan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ish
unumini oshirish uchun mashinaning qamrov kengligini emas, uning ishchi
tezligini oshirish ma`qul hisoblanadi. Shu sababli, respublikamizda ham
tezkor korpuslar o‘rnatilgan pluglar keng tarqalgan, ularni kamida 10
km\soat ishchi tezligida agregatlash talab qilinadi.
Plug ramasiga korpuslarni o‘rnatishda yonma-yon korpuslardagi
lemexlar +∆b kenglikdagi yo‘lakka ikki marta ishlov berib, begona o‘tlarni
kafolatli yo‘qotadi.
Chuqurlatkich asosiy korpusdan keyin, unga nisbatan chuqurroq
o‘rnatiladi va korpus lemexi zichlab ketgan “plug tovoni”ni tilib, buzib
ketadi. O‘simlik ildizining rivojlanishi yaxshilanadi, suv almashinuvi
yengillashadi.
Download 73.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling