Reja: Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik


Download 90.03 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi90.03 Kb.
#1307763
  1   2
Bog'liq
910532 (1)

Mavzu: Pnevmatik porshenli va silfonli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.


Reja:
  1. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.


  2. Pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.



Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash


Rostlash organlarini siljitishda katta siljituvchi kuch kerak bo‘lgan joylarda va ijro etuvchi qurilmalarning o‘lchamlari kichik bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda porshenli ijro mexanizmlaridan foydalaniladi. Porshenlarda kuchli siljituvchi kuchlar va katta bo‘lmagan gobarit o‘lchovlar, ishlatiladigan yuqori bosim 10-16 kgk/sm hisobiga amalga oshiriladi. Porshenli ijro mexanizmlar prujinali va prujinasiz bo‘ladi. Porshenli prujinali ijro mexanizmlari uni tayyorlanishini murakkabligi tufayli kam ishlatiladilar.


Prujinasiz porshenli ijro mexanizmlari membranalilarga o‘xshab ikki tomonlamali bo‘ladilar (reversiv pozitsioner siqilgan havoni taqsimlab beradi). Amalda ko‘proq porshenli prujinasiz ijro mexanizmlari ishlatiladi.

1-rasm. Ijro mexanizmlari.
a – porshenli ikki tomonlama harakat; b – porshenli bir tomonlama harakat.

Bu ijro mexanizmlari nisbatagn murakkab va uni tayyorlash, remont qilish qiyin. Ularda silindrni va porshenni ishchi yuzasini qayta ishlash, tekislash muammo hisoblanadi; yuzalarni korroziyaga uchrashi ularni ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. O‘larni remont qilib qayta ishga tushirish masalalari ham juda murakkabdir.


Porshenli ijro mexanizmlari uzun siljishga ega bo‘lgan (to‘liq siljish porshenni diametridan katta) va kalta siljishga ega bo‘lgan (to‘liq siljish porshenni diametridan kichkina) turlari bo‘ladi.
2.19 rasmda, ko‘p ishlpatiladigan porshenli privod ko‘rsatilgan. U rostlash organiga mahkamlanadigan 1 kronshteyndan, unga qolgan boshqa qurilmalar ham mahkamlanadi ya’ni porshenli 2 pnevmatik privodni bloki va 3 pozitsioner. Ijro mexanizmida chekka holatlarni xarakterlovchi datchik ham makamlangan.
Privod bo‘lib standart porshenli privoddan foydalanilgan, u ikki tomonlamali ta’sir etuvchi silindr, bir tomonlamali shtoki bilan, p=10kgk/sm2 bosim bilan ishlaydi.
Pnevmatik silindrli privodlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • deformatsiyalanadigan qurilmalari bo‘yicha:

  • deformatsiyalashmaydigan (yengil yoki normal seriyadagi);

  • deformatsiyalashadigan;

Havo beriladigan teshikni rezbasini tuzilishiga ko‘ra:

  • metrik rezbali;

  • dyumli konus sifatidagi; Silindrni o‘rnatish usuliga ko‘ra:

  • boshmoqlarda;

  • oldingi flyanetsga;

  • orqadagi flyanetsga;

  • koloqqa;

  • saffaga.

Porshenli ijro mexanizmlarida quyidagi pnevmatik silindrlar qo‘llaniladi:

  1. dempferlashtirishsiz, chunki dempferlash asosan porshenni tezligi 0,5 m/sek dan katta bo‘lganda ishlatiladi, bu ijro mexanizmlarida porshenni tezligi sekundiga un millimetrlardan oshmaydi;

  2. yengil seriyali, bu qurilmani surilish oraligi silindrni ikkita diametrini uzunligidan katta emas SУ = 2D;

  3. tashqi rezbali;

  4. konussimon dyuymli rezbada;

  5. oldingi flanetsga mahkamlanadigan, to‘g‘ri ta’sir etadigan ijro mexanizlari uchun.


  6. Т
    Porshenli ijro mexanizmlarida siljituvchi kuch quyidagi ifoda bilan anqlanadi:

QПС
 0,785(D2d 2 ) p Q

bu yerda D – silindrni diametri, sm; d- shtokni diametri, sm;


p ishchi muxitning bosimi, kgk/sm2; QТ –porshen, korpus va silindr orasidagi ishqalanish sistemasiga tegishli yuzalarda hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi kgk.
Manjet bilan zichlashtirilgan konstruksiyalarda ishqalanish kuchi ishchi muhitni bosimiga, manjetni ishchi yuzasiga va ishqalanish koeffitsiyentiga bog‘liq bo‘ladi.
Bunday privodlarni siljituvchi kuchi ularni foydali ish koeffitsiyentlarini inobatga olib quyidagi formula bilan topiladi:



QПС
 0,785(D2p2 )


MAX



bu yerda МАХ porshenli privodni mexanik foydali ish koeffitsiyenti, u privodni konstruksiyasiga, ishqalaniladigan materiallarni xususiyatiga, porshenni surilish tezligiga bog‘liq bo‘lib, asosan 0,85-0,95 oralikda o‘zgaradi.

Shtoki ikkita (to`liq oldga va ortga suriladigan) holatga ega pnevmatik ijro mexanizmlar sanoatda pnevmosilindrlar deyiladi (2-rasm).



2-rasm. SMC firmasi pnevmosilindrlarining umumiy ko`rinishi Pnevmosilindrning harakat prinsipi 3-rasmda ko`rsatilgan.

3-rasm. Pnevmosilindrning harakat prinsipi
Pnevmosilindr ichki diametri D bo`lgan metall silindr va shtokining diametri d bo`lgan porshendan iborat. Porshen silindr uzunligi bo`yicha siljishi mumkin. Silindr devorlari va

porshen ikkita bo`shliqni hosil qiladi. Bo`shliq A va bo`shliq B havo yuborishga mo`ljallangan shtuser(sirti rezbali kalta truba parchasi)lar bilan ta‘minlangan. Bo`shliq B ni germetiklash uchun porshen shtoki va silindri oralig‘iga salnik ishlatiladi.Bo`shliq A ga P bosimli havo berilganda P bosim va F1= πD2/4 porshen yuzasiga proporsional ravishda kuch ta‘sir qilishni boshlaydi. Bu vaqtda bo‘shliq B atmosfera bilan bog‘langan bo`lishi kerak, bo‘shliq B da bosim kamayadi.
Porshen teskari tomonga harakatlanishi uchun bo‘shliq A atmosferaga ulanishi kerak, bo‘shliq B ga esa bosim beriladi. Bu holatda shuni hisobga olish kerakki, porshen yuzasi shtokning uzasiga teng yuzaga kichik bo`ladi va kuch ham shunga mos ravishda kichik bo`ladi.
Bo‘shliq A va B lardagi o`tishlarni amalga oshirish uchun tashqi beriladigan buyruqlar bilan ishlovchi pnevmo- va elektropnevmotaqsimlagichlar ishlatiladi.
Porshenni siljituvchi minimal bosim poshen, silindr devorlari, shtok va salnik o`rtasidagi ishqalanish kuchini yengib o`tishi kerak. Lekin ishlash vaqtida bosim yetarlicha katta bo`lishi kerak. Odatda pnevmosilindrlar 0.1; 0.25; 0.63; 1 MPa bosimga hisoblanadi. 4-rasmda pnevmosilindrlarning A va B bo`shliqlarga bosim uzatishdagi yo`lli tavsifi ko`rsatilgan. Shtokning siljishi tez amalga oshadi va cheklagichgacha, ya‘ni pnevmosilindrni huddi releli qurilma sifatida qabul qilish kerak.

4-rasm. Shtoki ilgarilanma va qaytma yo`l uchun yuklatilmagan holatdagi pnevmosilindrning yo`lli tavsifi.
4-rasmda bir tomonlama shtokli (P = 1,0 MPa) ikki tomonlama harakatlanuvchi pnevmatik silindr deb hisoblanuvchi sanoat pnevmosilindrining konstruksiyasi ko`rsatilgan.



Download 90.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling