Reja: «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi


«Prinsipal-agent» muammosi


Download 25.5 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi25.5 Kb.
#1835246
1   2   3   4
Bog'liq
inst iqt 2

«Prinsipal-agent» muammosi - «agent»ning «prinsipal» topshirig`i va ko`rsatmasini bajarishdagi nayrangi. Nayrang qilish axborot asimmetriyasi va «agent» faoliyati ustidan nazorat qilishning yuqori darajasi tufayli mumkin bo`ladi.
Shunday qilib, tashkilotlarning faoliyat ko`rsatishi ajoyib axborotga ega bo`lish oqibati sifatida «agent»ning opportunistik xatti-harakat qilishi imkoniyatini tug`dirishi muqarrar. Shuning uchun «prinsipal-agent» muammosi ma’naviy xatar vaziyatida tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi: «prinsipal» «tabiiy» xatarlardan sug`urtalovchi rolida, «agent» esa (sog`liq ahvoli, kutilayotgan daromadlar va h.k. haqidagi) muhim axborotni yashiruvchi sug`urtalanuvchi rolida ishtirok etadi. Eng muhim masala bu yerda «agent» tomonidan ishonchli axborotning tarqatilishiga ko`maklashuvchi yoki, aksincha, unga to`sqinlik qiluvchi rag`batlar tizimini barpo etishdan iborat. Bozorda ishonchli axborotning tarqatilishi raqobat bilan rag`batlantiriladi. Aksincha, «prinsipal» va «agent» munosabatlarining odatiy variantida axborot asimmetriyasi va opprtunizm istiqbollari «agent»ni «prinsipal» bilan nayrang qilishga undaydi.


2. Firmaning ichki tuzilmasi
«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to`rtta variant keng tarqalgan:
o unitar (U-tuzilma),
o xolding (X-tuzilma),
o multidivizional (M-tuzilma)
o aralash (A-tuzilma).
1. Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining maksimal darajada markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o`zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar» faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o`tkazilsa, u holda funksional belgi bo`yicha – funksional bo`linmalar boshliqlariga: sotish bo`limi boshlig`i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. Shunday qilib, funksional bo`linmalar rahbarlari bir vaqtning o`zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», bo`lib topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «prinsipal» hisoblanadi.
Unitar tashkilotda «prinsipal-agent» muammosini hal etishning yagona varianti nazorat qilishning yangi, past xarajatlari bilan bog`liq usullarini ishlab chiqish asosida nazoratni kuchaytirishdan iborat. Zamonaviy korporatsiya menejerlarga rahbarlik qiluvchi xodimlardan tarkib topadi. (J Stiglits. Nobel mukofoti sohibi)
2. Xolding tuzilmasi qarorlar qabul qilish va «agentlar» harakatlari ustidan nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o`zida namoyon etadi. Amalda «prinsipal» faqat moliyaviy oqimlarni va «agentlar» faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat qilish vakolatini o`zida saqlab qoladi.
«Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, foydani taqsimlash to`g`risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «prinsipal» «agentlar»
faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini tashkil etish orqali nazorat qiladi. Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo`linmalari o`rtasida to`g`ridan to`g`ri raqobatni ham istisno etmaydi. Ta’kidlash lozimki, xolding bo`linmalari darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o`zida firma rahbariyati uchun «agent» hisoblangan bo`linma boshlig`i) va «agent» o`rtasidagi munosabatlarning unitary xilini ham uchratish mumkin.
Multidivizional tuzilma. XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi bo`lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun
(«General Motors» rahbari) tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi
hisoblanadi.
Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o`ziga xos sintezi hisoblanadi. Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish to`g`risida) strategik qarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib qolgan va ayni paytda tezkor nazorat va boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa divizionlar («agentlar»)ning o`z moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o`z faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo`linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi. Konglomeratlar va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini
amalda qo`llovchi korxonalarga misol bo`ladi.
4. Aralash tuzilma, agar bo`linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi
firma rahbariyati tomonidan to`liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo`linma xoldingdagi
kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo`lsa, uchinchi bo`linma esa
operatsion mustaqillikka ega bo`lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o`z xarajatini
qoplash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo`linmalari o`rtasida to`g`ridan
to`g`ri raqobatni ham istisno etmaydi. Ta’kidlash lozimki, xolding bo`linmalari
darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o`zida firma rahbariyati uchun «agent»
hisoblangan bo`linma boshlig`i) va «agent» o`rtasidagi munosabatlarning unitar
xilini ham uchratish mumkin.
Multidivizional tuzilma. XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv
innovatsiyasi bo`lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun
(«General Motors» rahbari) tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi hisoblanadi. Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o`ziga xos sintezi
hisoblanadi. Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish
to`g`risida) strategik qarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib
qolgan va ayni paytda tezkor nazorat va boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa
divizionlar («agentlar»)ning o`z moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o`z
faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma
rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq
bo`linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi.
Konglomeratlar va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini
amalda qo`llovchi korxonalarga misol bo`ladi.
4. Aralash tuzilma, agar bo`linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi
firma rahbariyati tomonidan to`liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo`linma xoldingdagi
kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo`lsa, uchinchi bo`linma esa
operatsion mustaqillikka ega bo`lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o`z xarajatini
qoplash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
Xoldingda rahbariyat ular faoliyatini strategik nazorat
qilish bilan band bo`lmagan ko`plab bo`linmalardan iborat
firma.
O.Uilyamson. Marketolog
Multidivizional tuzilma – «mahsulotning xili, savdo markasiga
qarab yoki jug`rofiy belgi bo`yicha o`z xarajatini qoplash va o`zini
o`zi moliyalash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatuvchi yarim muxtor
ishlab chiqarish bo`linmalarini tashkil etishni nazarda tutadi».
O.Uilyamson. Marketolog

Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling