Reja: Protiuz dasturiy paketidagi boshqaruvchi funktsiyalarning ahamiyati. Dastur tuzish oynasida boshqaruvchi funktsiyalarni ishlatish. Funksiyalar
Download 224.55 Kb.
|
asinxon trigerning elektiron sexemasini protiuz dasturida qurish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlangich _ qiymat : qadam : Soʻnggi_ qiymat.
Asinxon trigerning elektiron sexemasini protiuz dasturida qurish Reja: Protiuz dasturiy paketidagi boshqaruvchi funktsiyalarning ahamiyati. Dastur tuzish oynasida boshqaruvchi funktsiyalarni ishlatish. Funksiyalar Funksiyalar —bu oʻz argumentlarini maʻlum tarzda oʻzgartirishni amalga oshiruvchi va bu oʻzgartirishlar natijasini qaytaruvchi yagona nomga ega boʻlgan obʻektlardir. Natijani qaytarish — funksiyaning oʻziga xos xususiyatidir. Bunda bitta chiqish parametriga ega boʻlgan hisoblash natijasi funksiya chaqirilgan joyga qo’yiladi. Funksiya umumiy xolda qavs ichiga olingan argumentlar roʻyxatiga (parametrlarga ) ega boʻladi. Elementar funksiyalarning roʻyhati bilan help elfun buyrugʻini bajarib, maxsus funksiyalarning ruyhati bilan esa help specfun buyrugʻini bajarib tanishish mumkin. Funksiyalar biriktirilgan (ichki) va tashqi yoki m-funksiyalar koʻrinishida boʻlishi mumkin. Biriktirilgan funksiyalarga keng tarqalgan elementar funksiyalar, masalan, sin(x) va yexr(u) misol boʻlishi mumkin, funksiya sinh(x) funksiya esa tashqi funksiyadir. Tashqi funksiyalar m-faylarda oʻzining aniqlanishi (tavsifi)ga ega. Biriktirilgan funksiyalar MATLAB kompilyasiya qilingan yadrosida joylashganligi sababli juda tez bajariladi. Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab qilinadi. Bunday ketma- ketliklar vektorlarni yoki grafiklarni qurish vaqtida abssissalarning qiymatlarini hosil qilish uchun zarur boʻladi. Sonlar ketma-ketliklarini formatlash uchun MATLAB tizimida : (ikki nukta) operatori ishlatiladi: Boshlangich _ qiymat : qadam : Soʻnggi_ qiymat. Bunday konstruksiya boshlangʻich qiymat bilan boshlanuvchi, berilgan qadam bilan davom etuvchi va soʻnggi qiymat bilan tugallanuvchi sonlarning ortib boruvchi ketma-ketligini xosil qiladi. Agar kadam berilmagan boʻlsa, uning kiymati 1 deb qabul qilinadi. Agar boshlangʻich qiymat soʻnggi qiymatdan kichik qilib olingan boʻlsa xatolik toʻgʻrisida xabar beriladi. MATLAB matritsaviy tizimlarga mansub boʻganligi sababli, operatorlardan aniq foydalanilmasa kutilmagan chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Qiymatlar toʻplamini olish uchun funksiyaning argumenti sifatida ham ikki nukta(:) operatoridan foydalanish mumkin. Shunday qilib «:» operator sonlarning muntazam (tartibli) ketma-ketligini olish uchun qulay vosita boʻlib hisoblanadi. U grafiklarni qurish vositalari bilan ishlashda keng qoʻllaniladi. Xatoliklar MATLAB tizimida xatoliklar diagnostikasi katta ahamiyatga ega. Kiritilayotgan buyruq va ifodalarni MATLAB tekshiradi va xatolar toʻgʻrisida axborot yoki ogohlantirishlar beradi. Quyidagi misollarni koʻraylik. Xato ifoda » sqr(2) kiritilib ENTER klavishasi bosilsa tizim xatolik toʻgʻrisida axborot beradi: qqq Undefined function or variable ‘sqrʻ. Bu xabar sqr funksiya yoki oʻzgaruvchi ekanligi aniqlanmaganligini bildiradi. Bu holda toʻgʻri ifodani terish yoʻli bilan xatolikni toʻgʻrilash mumkin. MATLAB tizimida tashqi tavsiflar (aniqlashlar) xuddi biriktirilgan funksiyalar va operatorlar singari qoʻllaniladi. Ularni qoʻllash buyicha hech qanday qoʻshimcha koʻrsatmalar zarur emas. Faqatgina ishlatilayotgan aniqlanishlar .m kengaytmali fayl korinishida mavjud boʻlishi kerak. Agar mavjud boʻlmagan aniqlanishga murojaat qilinsa tizim ovoz signalini beradi va xatolik haqidagi quyidagi axborotni chiqaradi: » hsin(l) qqq Undefined function or variable ‘hsinʻ. » sinh(l) ans= 1.1752. Ayrim xollarda natijalarni chiqarish vaqtida NaN (Not a Number — son emas) koʻrinishidagi qisqartirishlar paydo boʻlishi mumkin. NaN noaniqlikni bildiradi, masaln, 0/0 yoki Inf/Inf, bu yerda Inf qiymati mashina cheksizligiga teng boʻlgan tizim oʻzgaruvchisi. Xatoliklar toʻgʻrisida har hil ogoxlantirishlar (ingliz tilida) paydo bulishi mumkin. MATLAB tizimida xatolar toʻgʻrisida ogoxlantirish va axborotni bir-biridan farqlash kerak. Ogoxlantirishlar (odatda Warning soʻzidan keyin) hisoblashlarni toʻxtatmaydi, faqat aniqlangan xatolik xisoblash jarayoniga taʻsir qilishi mumkinligini koʻrsatadi. Xatolik toʻgʻrisida axborot (qqq belgisidan keyin) hisoblashlarni toʻxtatadi. Download 224.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling