Reja: Protiuz dasturiy paketidagi boshqaruvchi funktsiyalarning ahamiyati. Dastur tuzish oynasida boshqaruvchi funktsiyalarni ishlatish. Funksiyalar


Download 224.55 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi224.55 Kb.
#1505213
1   2   3
Bog'liq
asinxon trigerning elektiron sexemasini protiuz dasturida qurish

Sonlarni formatlash
Odatda MATLAB sonli natijalarni oʻnli nuqtadan keyin toʻrtta va undan oldin bitta raqamga ega boʻlgan normallashtirilgan shaklda beradi. Bunday format hamma vaqt ham qoniqarli boʻlmaydi. Shuning uchun MATLAB da sonlar uchun har xil formatlarni berish imkoniyati ham mavjud. Lekin hisoblar har qanday holda ham ikkilangan aniqlikda olib boriladi. Kerakli formatni oʻrnatish uchun » format name buyrugʻidan foydalaniladi, bu yerda name — formatning nomi.
Sonli maʻlumotlar uchun name quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • short — qisqa (beshta belgi);

  • short e — qisqa eksponensial formatda (beshta belgi mantissa uchun va uchta belgi tartibi uchun);

  • long — uzun fiksatsiyalangan formatda (15ta belgi);

  • long e — uzun eksponensial formatda (15ta belgi mantissa uchun va 3 ta belgi tartibi uchun);

  • hex — oʻn oltilik shaklda;

  • bank —pul birliklari uchun.

Ekranga chiqarilayotgan sonlarning kasr qismidagi ahamiyatga ega boʻlmagan nollarni yuqotish uchun (masalan, 0.500000000 ning oʻrniga 0.5 ) format short g yoki format long g formatlar qoʻllaniladi:
» format long » 1.2 ans = 1.20000000000000 » format long g » 1.2 ans = 1.2.
Ekranga chiqarilayotgan sonlarning kasr qismini ratsional kasrlar bilan approksimatsiya qilish uchun
format rat formatidan foydalaniladi: » format rat » pi ans = 355/113.

Ekranga chiqarilayotgan satrlar orasidaga ortiqcha intervallarni yuqotish uchun format compact formatidan foydalaniladi, format loose format satrlar orasidagi intervalni qaytadan tiklaydi.
Matritsa va vektorlarning ayrim elementlari bilan bir qatorda ularning hamma elementlari
(massivlar)ustida ham amallar bajarish mumkin. Buning uchun amal belgisining oldiga nuqta qoʻyiladi. Masalan, * operatori vektorlar yoki matritsalarni koʻpaytirishni anglatadi, .* operator esa massivning hamma elementlarini elementlararo koʻpaytirishni bildiradi.
Matritsa skalyarga koʻpaytiriladigan M*2 va M.*2 ifodalar teng kuchli.
Bu yerda vektorlarni koʻpaytirish M=M1*M2 ifodasida koʻpaytirish belgisidan oldin nuqta quyilmaganligi uchun tizim xato toʻgʻrisidagi Inner matrix dimensions must agree (matritsalarning oʻlchamlari oʻzaro moslashishi kerak) degan axborotni berdi. Xato tuzatilgandan keyin toʻgʻri natija olindi.

Matritsalarni transponirlash, yaʻni ustunlarini satrlari bilan almashtirish uchun . operatordan foydalaniladi.

Ustunlaridagi elementlarning yigʻindisi sum operatori yordamida hisoblanadi.
Satrlaridagi elementlarning yigʻindisini hisoblash uchun matritsa avval transponirlanadi va transponirlangan matritsaning ustunlaridagi elementlarning yigʻindisi aniklanadi.

Matritsalarning ustunlari va satrlarini oʻchirish uchun [ ] boʻsh kvadrat qavslardan foydalaniladi.

Download 224.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling