Reja: Protsessor turlari


Protsessorlarning asosiy parametrlari


Download 0.83 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1572470
1   2   3   4   5
Protsessorlarning asosiy parametrlari. Tezlik — bu protsessorning hususiyatlaridan biri bo‘lib, uni ko‘p hollarda turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda, umuman, protsessorlarning tezligi va, hususan, Intel protsessorlari xaqida ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning tezligi, odatda, megagerslarda o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan, kvars kristali bo‘lgan, kvars rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. Elektr kuchlanishi natijasida kvars kristalida, kristalning shakli va o‘lchami orqali aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi tokning chastotasini takt chastotasi deb ataladi.Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar chastotasida ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish). Tezlik megagerslarda, ya’ni sekundiga million siklda o‘lchanadi.

Mantiqiy qurilma sifatida protsessor uchun vaqt o‘lchamining eng kichik birligi takt chastotasining davri yoki oddiygina takt bo‘ladi. Har bir operatsiyaga minimum bitta takt sarf qilinadi. Masalan, Pentium II protsessori xotira bilan ma’lumot almashishi uchun uch takt va bir nechta kutish sikli kerak bo‘ladi (Kutish sikli, bu hech narsa sodir bo‘lmaydigan takt; u protsessor tezligi quyi bo‘lgan kompyuterning boshqa tugunlaridan oldin “yugurib ketmasligi uchun ” zarurdir). Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir. 8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida, 486 da esa 2 taktgacha kamayadi.

  • Mantiqiy qurilma sifatida protsessor uchun vaqt o‘lchamining eng kichik birligi takt chastotasining davri yoki oddiygina takt bo‘ladi. Har bir operatsiyaga minimum bitta takt sarf qilinadi. Masalan, Pentium II protsessori xotira bilan ma’lumot almashishi uchun uch takt va bir nechta kutish sikli kerak bo‘ladi (Kutish sikli, bu hech narsa sodir bo‘lmaydigan takt; u protsessor tezligi quyi bo‘lgan kompyuterning boshqa tugunlaridan oldin “yugurib ketmasligi uchun ” zarurdir). Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir. 8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida, 486 da esa 2 taktgacha kamayadi.
  • Pentium protsessorida ikkita parallel konveyer va boshqa turli usullardan qo‘llanish, o‘rta statistik buyruqning bajarilish vaqtini 1 taktgacha qisqartirish umkonini tug‘dirdi. Pentium Pro, Pentium II/III, Celeron va Xeon, shuningdek Athlon/Duron protsessorlarida bir taktda eng kami bilan uchta buyruq bajariladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling