Reja: Psixologik maslahat haqida tushuncha


Psixologik maslahat haqida nizom


Download 66.5 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1417272
1   2   3
Bog'liq
1362926351 41954

Psixologik maslahat haqida nizom.
Kollejlardagi va akadeaik listeylardagi psixologik maslahat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu maslahatning zaruriyligi kollej va akademik listey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’kuvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik maslahat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin.
Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv – tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrekstiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik maslahat maktabda o’quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik maslahat uch asosiy bo’g’indan tuzilgan:
1) Aniq o’kuv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi,
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.
Psixologik maslahat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik maslahat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa maslahat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik maslahatning maqsadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Psixologik maslahatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik maslahatning mazmuni: a)psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorrekstiya, d) psixologik maslahat.
Psixologik maslahat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi.
Psixologik maslahat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:
a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg’ ulotlari o’tkazish va aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish,
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar/, d) psixologik maslahat berish, e) pcixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorrekstion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot ob’ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hakozolar.
Psixologik maslahat xaqida Nizom 6 bo’limdan iborat. Ular:

  1. Umumiy qoidalar.

2.Psixoprofilaktik ishlar.
3.Psixodiagnostik ishlar
4.Rivojlantiruvchi va korrekstion ishlar.
5.Psixologning maslahat berish ishlari.

  1. Psixologik maslahat xodimlarning mas’uliyati aks etgan.

Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan.


1. Psixologik maslahat xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

  1. Psixologik maslahat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.

  2. Psixologik maslahat mutaxassislari o’z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik maslahat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog’atga etmagan o’smirlar inspekstiyasi, ota-onalar qo’mitasi, ishlab chiqarish, jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.

Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. O’quvchilar soni 500 gacha bo’lgan maktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilar soni 250 ta bo’lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Bog’chalarda har 2 bog’chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq.
Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorrekstion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo’yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Асосий адабиётлар:




  1. Download 66.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling