Reja: Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Publitsistik uslubning morfologik Belgilari Publitsistik uslubning Sintaktik jihatlari


Download 10.49 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi10.49 Kb.
#1378048
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Publitsistik usl

A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-publisistik”) diqqatni tortadi31.

Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda. I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni o`z tasnifida qayd etgan32.


  • G`.G`afurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha

  • Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. Mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. P. Janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. Hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi.

Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. Il-miy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. P. Janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi.


  • Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. Ancha qadimiydir. P. Xususiyatlari “Qobusnoma” (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Munshaot”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi.

Download 10.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling