Reja: Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari. Asoschilari va namoyondalari: J. Berkli, G. Knapp, F. Bendiktsen. Pulning nominallik nazariyasini XX asdda rivojlanishi
Pulning miqdoriylik nazariyasi. Pulning aylanish tezligi va almashuv tenglamasi. Pulning miqdoriylik nazariyasida pullarga bo'lgan talab talqini
Download 0.6 Mb.
|
5-mavzu pulning nominallik nazariyasi
2. Pulning miqdoriylik nazariyasi. Pulning aylanish tezligi va almashuv tenglamasi. Pulning miqdoriylik nazariyasida pullarga bo'lgan talab talqini.
Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi. D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi. Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi funksiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi. Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib: – birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaksion variant” ta’limoti; – ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” konsepsiyasi ta’limoti hisoblanadi. Agar merkantilistlar mamlakatda pullar qancha ko‘p bo‘lsa, bu shuncha yaxshi, chunki bunday hol savdo va sanoatning ravnaqini taqozo etadi, deb hisoblashgan bo'lishsa, unda Devid Yum muomaladagi pullar sonining ko‘payishi mamlakat boyligini ifodalamaydi, balki faqat tovarlar narxlanning o‘sishiga olib kelishini isbotlashga uringan. Shuning uchun u pullarning qiymati muomalada yurgan pullarning soni bilan belgilanadi va mutlaqo fiktiv miqdordan iborat bo‘ladi, deb hisoblagan. Yevropada XVI-XVII asrlarda yuz bergan «narxlar revolutsiyasi» pullarning miqdoriy nazariyasi vujudga kelishining bevosita sababi edi. Yevropaga Amerikaning arzon oltini va kumushining olib kelinishi va ularni qazib olish qiymatining pasayishi tovarlar narxlarining jadal o'sishiga olib keldi. D. Yum bunday favqulodda shart-sharoitlarni tipik deb hisoblagan, lekin ilmiy tahlil butunlay teskari yondashuvni talab qilgan. D. Yum ham pullarning miqdoriy nazariyasining shundan keyingi tarafdorlari (D. Rikardo, J. Mill va boshqalar) singari oltin tangali standart sharoitida muomalada yurgan pullarning miqdor alo sotiladigan tovarlarning qiymatiga va yanada aniqroq qilib aytganda, ular narxlarining summasiga bogiiq boiishini tushunishmagan. Shunday qilib, klassik miqdoriy nazariya uchun uchta qoida: 1) sabablilik (narxlar pullarning massasiga b o giiq boiadi); 2) mutanosiblik (narxlar pullar miqdoriga mutanosib ravishda o'zgaradi); 3) universallik (pullar miqdorining o'zgarishi hamma tovarlarning narxlariga bir xilda ta 'sir qiladi) xos bo'lgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling