Bu qanday ishlaydi:
Birinchi mantiqiy qatordagi satr funksiya uchun docstring hisoblanadi. Docstiring modul va klasslar bilan ham qo'llaniladi.
Funksiya docstiringini ko'p qatorli satr ko'rinishida yozish qabul qilingan. Bu satrning birinchi qatori bosh xarf bilan boshlanadi va nuqta bilan tugaydi. Ikkinchi qator bo'sh qoldiriladi va funksiya haqidagi to'liq ma'lumot uchunchi qatordan boshlab yoziladi.
Shunday uslubda docstring yozish tavsiya qilinadi.
printMax funksiyasining docstringiga shu funksiyaning __doc__ atributi orqali murojat qilish mumkin (Ikkita belgilash simvoliga e'tibor bering). Shuni e'tiborga olingki, python "hamma" narsani ob'yekt ko'rinishida tasavvur qiladi.
Agar siz Pythonda help() funksiyasini ishlatgan bo'lsangiz, demak, siz docstringni ko'rgansiz. Bu funksiya tegishli funksiyaning doc atributini hisoblaydi va ifodali holda ekranga chop etadi. Buni yuqoridagi funksiya misolida ko'rishingiz mumkin.
help(printMax) kodini dastur kodiga qo'shing.
Biz funksiyalarning ko'p qirralarini ko'rib chiqdik, lekin bu hammasi emas. Ko'rib chiqqanlarimiz pythonda funksiyalar bilan ishlashda duch kelishingiz mumkin bo'lgan ko'p hollarni qamrab olgan.
Yangi mavzuni mustahkamlash ( 10 minut ).
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga BBB metodini qo’llaymiz.
«BBB» metodi bu B-B-B sxemasi bo’yicha o’quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi. Bu metodda o’quvchilarni o’tilgan mavzu haqida qanchalik tushinchaga ega bo’lganligini bilib olamiz.
Bilaman
|
Bildim
|
Bilmoqchiman
|
1-ustunda o’quvchi mavzu haqida oldin bilgan ma’lumoti haqida yozadi.
2-ustunda o’quvchi mavzu haqida yangi olgan bilimlarini yozadi.
3-ustunda o’quvchi mavzu haqida bilmoqchi bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarini yozadi.
O’quvchilarni baholash ( 7 minut ).
Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholanadi.
Uyga vazifa berish. ( 3 minut ).
O’tilgan mavzu bo’yicha Python dasturlash tilini boshqa dasturlash tillari bilan solishtirish SWIFT, Java, afzallik va kamchiliklarini o’rganib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |