return operatori
return operatori funksiyani to'xtatish va undan chiqish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga funksiyadan biror qiymat qaytarish uchun ham xizmat qiladi.
Misol: (func_return.py nomi bilan saqlang)
def maximum(x, y):
if x > y:
return x
elif x == y:
return 'Sonlar teng.'
else:
return y
print(maximum(2, 3))
Natija:
$ python func_return.py
3
Bu qanday ishlaydi:
maximum funksiyasi berilgan ikki parametrdan kattasini aniqlaydi. Bu funksiya oddiy if..elseshart operatorini sonlarning kattasini aniqlashda foydalanadi va aniqlangan katta sonni qaytaradi.
Shunga e'tibor beringki, return operatori qaytarish qiymatisiz return None ifodasiga teng kuchli hisoblanadi.
None Pythondagi xech narsani ifodalovchi maxsus ma'lumot turi hisoblanadi. Misol uchun o'zgaruvchi qiymatiga None biriktirilgan bo'lsa, unga xech qanday qiymat biriktirilmaganiligini bildiradi.
Agar siz funksiyada return operatorini ishlatmagan bo'lsangiz, u holda har bir shunday funksiya tugash joyida oshkormas holda (в неявной форме) return None ifodasi mavjud bo'ladi. Buni amalda ko'rish uchun quyidagi dastur kodini ishga tushirib ko'ring.
def someFunction():
pass
print(def someFunction())
pass operatori Pythonda bo'sh buyruqlar blokini ifodalash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |