Rеjа: Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida
Yunоn оlimi vа fаylаsuflаri
Download 131.5 Kb.
|
QADIMGU YUNON FAYLASUFLARINI TA\'LIM TARBIYA HAQIDAGI QARASHLARI
Yunоn оlimi vа fаylаsuflаri Sokrat, Platon, Aristotel` va Demokritlar o'z asarlarida tarbiya va ta`lim to'g'risidagi fikrlarini ravshan ifoda etganlar. Sokrat (eramizdan oldingi 469-399 y) o'zining demokratik ijtimoiy chiqishiga qaramay aristokratlarning idealogi edi.
Sоkrаtning fikricha tarbiyadan qutilgan maqsad buyumlar tabiatini o'rganish bo'lmay, balki kishining o'z-o'zini bilib olishi axloqini kamol topshirishi bo'lmog'i lozim.Sokrat jamoa to'planadigan joylarda axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar edi, tinglovchilarni savol va javoblar yo'li bilan “haqiqat” ni o'zlari fikr yuritib topishga undar, ularga hech vaqt qoida va xulosalar aytmas edi. Suhbatning bu metodi “Sokrat metodi” deb atalgan. “Sokrat metodi” dan keyingi davrlar metodikasida suhbatni “fikr qo'zg'ovchi savollar metodi” yo'li bilan o'tkazish kelib chiqdi.Yunonistonning mashhur faylasufi Platon eramizdan oldingi (427-347 y) yashadi. Sokratinning shogirdi. Plаtоn olamni hodisalari dunyosi va ideyalar dunyosi deb bo'ldi. U aristokartiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani olg'a so'rdi. Uning fikricha, davlat uch xil ijtimoiy gruppa: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar gruppasidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar himoya qiladilar, uchinchi gruppa mehnat qilib o'zini va shu ikki gruppani boqadi. Uning fikricha tarbiya-davlat tomonidan tashkil etilmog'i va hukmron gruppalarning faylasuflar va jangchilarning manfaatlarini ko'zlamog'i lozim.Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha davlat muassasalarida tarbiyalanishi kerak. 7 yoshdan 10 yoshgacha davlat maktablarida o'qitish va ularga o'qish, yozish, hisob, muzika va ashula ilmini o'rganishi kerak.12 yoshdan 16 yoshgacha “palestra” jismoniy-tarbiya maktablarida ta`lim olishlari kerak.16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'spirinlar arifmetika, geometriya, astronomiya fanlarini o'rganganlar.18 yoshdan 20 yoshgacha efebiya maktabida o'qib harbiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lganlar.20 yoshdan so'ng aqliy qobiliyatga ega bo'lganlar. 30 yoshgacha o'qib falsafa, arifmetika, geometriya, astranomiya va muzika nazariyasini o'rganganlar. Iste`dodli yoshlarning oz qismi 35 yoshgacha falsafa ilmini mukammal o'rganganlar va 35 yoshdan 50 yoshgacha davlatni boshqarish ishiga qatnashganlar.Platon xotin-qizlar tarbiyasida sparta tarbiya sistemasini lozim topgan. Tarbiya jarayonida ota-ona, o'qituvchi va tarbiyachining namunasini birinchi o'rinda qo'ydi. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling