Reja:: Qadriyatlar tushunchasi va uning turlari
Download 57.71 Kb.
|
7-mavzu. Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia)
8-mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologiya). Reja:: Qadriyatlar tushunchasi va uning turlari. Qadriyatlar falsafasi. Qadriyatlar insonning ma’naviy kamolot omili. 1 Inson dunyoga kelibdiki, o’zining qator talablarini, ehtiyojlarini qondirib boradi. Ehtiyoj odamning biologik, psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy talablaridir. Manfaat esa odam-inson ehtiyojlarini qondira oluvchi predmet va voqea hodisalarga yo’naltirilgan his-tuyg’usi, fikridir. Isnon o’z talablarini qondirish uchun birinchidan, u moddiy boyliklar ishlab chiqaradi, ikkinchidan, odamning fizologik ehtiyoji qonganligi unda ma’naviy ehtiyojlarining tug’ilishiga turtki bo’ladi. Uchinichdan, odamning zurriyod qoldirishga bo’lgan tabiiy ehtiyoji. To’rtinchidan, kishilarning o’zaro ishlab chiqarish munosabatlariga kirishishidir. Qadriyat predmet, voqea va hodisalarning kishilar uchun zurur, foydali, yoqimli bo’lgan xususiyatlaridan, uning mohiyatini ifodovchi sifat hususiyatlaridan iborat. Qadriyatlar ijtimoiy hayotda insonning tabiiy fizologik va ma’naviy talab ehtiyojlarini o’z hususiyatlari bilan qondirish vositasi bo’lgan, zarur, foydali va yoqimli predmetlar, voqea va hodisalardir. Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat va elat, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga hizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuidan iborat. Qadriyatlar muammosi XIX asr oxirida G’arb falsafasida alohida yo’nalish sifatida paydo bo’ldi. Bu sohani o’rganadigan fan tarmog’i aksiologiya vujudga keldi. Bu erda «axio-qadriyat», «logos-ta’limot» demakdir. Uning asoschilari Gartman, Erbano, Prolla va Lisi kabi G’arb faylasuflaridir. Bu muammo bir asrdirki tadqiqotchilar tomonidan o’rganilmoqda. Jondor Tulenovning «Qadriyatlar falsafasi» kitobi ham ushbu sohadagi yirik tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Hayotimizda qadriyatlar xilma-xildir. Qadriyatlar o’zining mazmuni, ahamiyati, hususiyati jihatdan: I. 1. Moddiy. 2. Ma’naviy. 3. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga bo’linadi. II. Qadriyatlar mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: Oliy qadriyat – inson va uning hayoti. Tabiiy qadriyatlar – er, suv, er osti, havo, o’rmon, o’simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar. “Ikkinchi tabiat” yoki moddiy qadriyatlar-boyliklar, zavod, fabrikalar, transport, asbob-uskunalar, uy-joylar, noz-ne’matlar, ya’ni inson mehnati bilan yaratilgan narsalar. Madaniy-ma’naviy qadriyatlar-maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy hizmat, meros, til, adabiyot, san’at, hunarmandchilik maxsulotlari, memoriy yodgorliklar va boshqalar. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar. Erkinlik, barqarorlik, birodarlik, tinchlik.. III. 1993 yilgi O’zbekiston Respublikasini Mulk to’g’risidagi qonuniga asosan 5 xil mulkiy qadryatlar mavjud: Hususiy mulklar. Shirkat mulklari.. Davlat mulklar. Aralash mulklar Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki. Yuqoridagi mulk egalarining tasarrufidagi moddiy va ma’naviy boyliklar turli mulk egalarining qadriyatlarini tashkil etadi. IV. Qadriyatlarning amal qilish doirasiga (ko’lamiga) ko’ra turlari: Milliy qadriyatlar. Mintaqaviy qadriyatlar. Umuminsoniy qadriyatlar turlariga bo’linadi. Milliy qadriyatlar–millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o’zida ifoda etadi. Mintaqaviy qadriyatlar – iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odati, an’analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatiga hizmat qiladigan ijtimoiy-tabiiy hodisalar majmuidan iboratdir. Umuminsoniy qadriyatlar-barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarini o’zida ifoda etadi. Umuminsoniy qadriyatlarga: Ilm-fan taraqqiyoti. Tinchlik. Qurollanish poygasini to’xtatish. Kasalliklarni oldini olish. Tabiat muhofazasi. Savodsizlikka barham berish. Energetika. Oziq-ovqat bilan ta’minlash. Koinot va okean resurslarini o’zlashtirish va boshqalar kiradi. 5. Qadriyatlar inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri nuqtai-nazardan: Progressiv. Reaktsion turlarga bo’linadi. Ilg’or qadryatlar jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishiga, respublikamizni jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilishiga astoydil hizmat qiladi. Aksincha, respublikamiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy muammolarni hal etishga to’sqinlik qiladigan hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi. Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftihorimizdir. Ularni avaylab-asrash, ya’ni qadriyatlarni qadrlash va muhofaza qilish barchamizning insoniylik burchimizdir. 2 Gul uchun go’zallik qanchalik ahamiyatli bo’lsa inson bolasi uchun ajdodlarimiz yaratgan meros ham shunchalik qadrlidir. Bularni biz qadriyatlar deb ataymiz. Ular bizning bebaho boyligimiz hisoblanadi. Bu - boylikning qimmatini hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydi. Ularda insoniylikning axloq-odobning mehr-muhabbatning barcha ranglari jilolanib turadi. Qadriyatlarni sevish va muruvvatli bo’lish esa eng avvalo dono kishilarga xos fazilatdir. Qadriyat va muruvvat esa qo’sh qanot bo’lib, uni doimo yuksakliklarga chorlaydi. Bunga birgina misol tariqasida “Navro’z” bayramini misol keltirishimiz mumkin. “Navro’z” musulmon olamida qadim-qadim zamonlardai beri bayram qilib kelinadi. U yangi kunniig boshlanishidan ya’ni dalalarda ekish-tikish ishlariga kirishilganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham uni ko’pincha mehnat va yaratish bayrami ham deb ataymiz. O’sha kuni hovlilar, ariq bo’ylari tozalanadi. Daraxtlarga shakl beriladi. Yaxshi niyat bilan erga ko’chat ekiladi. Dehqonlarimiz esa dalalar bag’riga yo’l olib erga urug’ sochadilar. Mana bu bir hovuch urug’ farzandlarim uchun, mana bu bir hovuch urug’ nabiralarim uchun, mana bu bir hovuch urug’ qushlar uchun, mana bu urug’ esa yurtimiz ombori uchun degan ezgu-niyat bilan urug’ sochadi. Ma’lumki, istiqlol tufayli ijtimoiy-siesiy haetimizda qadriyatlar mavzusi dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Xo’sh, qadriyatlar nima? Uning ma’naviy hayotimizdagi o’rni qanday? Qadriyatlar muammosi XIX asr oxirlarnda G’arb falsafasiga yangi mavzu sifatida kirib keldi va falsafaga muammolar tarkibiga qo’shildi. Bu muammoni falsafada aksiologiya ta’limoti o’rganadi. (Grekcha, “axi”, “qadriya” va “logos”, “ta’limot”). Qadriyatlar mavzusi Gartman. Erbano, Prolla, Lyuisa kabi G’arb faylasuflari asarlarida ko’tarildi. Mana bir asrdirki qadriyatshunosli ta’limoti qadriyatlar muammosiii o’rganish bilan mashg’ul bo’lmoqda. Qadriyatlar deb ilmiy manbalarda insonning hayotidagi moddiy, ma’naviy va ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirish vositasi bo’lgan zarur va qadrli narsalar voqea va hodisalarga antiladi. Yana inson va jamiyat hayoti uchun qadrli, e’zozli bo’lgan narsa va voqea-hodisalar qadriyatlarni tashkil etadi. Insoniyat hayoti uchun oddiy choy ichadigan choynak-piyoladan tortib to uning hayotidagi to’yu-tomoshayu, bayramlar hatto dafn etish marosimi ham qadrlidir. Olamning rang-barangligidan qadriyatlarniig turlani ham kelib chiqadi. Qadriyatlar hususiyati jihatdam moddiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga bo’linadi. Qadriyatlar ko’lamiga ko’ra milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi. Xo’sh, ular orasidagi tafovutni qandan farqlashimiz mumkin? Masalan, oddiy piyolani olaylik. U ichimlik ichadigan idish, kishini moddiy-iqtisodiy talabini qondiradigan qadrli narsa. Ikkinchidan, o’sha piyola o’ta nozik va nafis hamda qimmatbaho tuproqdan ishlangan bo’lsa san’at asari bo’lishi mumkin, bu jihatdan u ma’naniyat va san’at durdonasi bo’lganligi uchun insonga qadrli. Uchinchi bir jihatdan o’sha piyola qaysi mamlakatning, millatnnng firmasi yoki ustasi mehnat faoliyatini natijasiga qarab ham qadrlanadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga kelganda shuni nazarda tutish lozimki, yuqoridagi moddiy, ma’naviy va njtimoiy-siyosiy qadriyatlar eng milliy va umuminsoniy shaklda namoyon bo’ladi. Masalan, jahondagi barcha xalqlarda ham tug’ilgan kun, to’y, ta’ziya, bayramlar, san’at, adabiyot, ilm-fan mavjud. To’yni olaylik, barcha xalqlar nikoh, yubiley to’ylari o’tkazadi. Demak, nikoh to’ylari bu umuminsoniy qadriyatlardan. Sunnat to’yi esa ma’lum xalqlargagina xosdir. Shuning uchun u milliy qadriyatdir. Ya’ni nikoh to’yi o’ris uchun ham, ingliz uchun ham, yapon yoki xitoy uchun ham qadrli, sunnat to’yi esa faqat musulmon xalqlarn “Ibrohim millati” uchun qadrlidir. O’zbek millati shunchalik ko’p milliy qadriyatlarga, urf-odatlarga egaki, ularni barchasini birma-bir tilga olishga ham imkoniyatlarimiz etmaydi. Birgina bayramlarni olaylik. ular diniy, rasmiy, mavsumiy, kasbiy, oilaviy va hoqazo bo’lishn mumkii. O’zbekistonimizda Xudoga shukrki, Ramazon, Qurbon bayramlari mana bir necha yildirki ommaviy nishonlashmoqda. Rasmiy bayramlarimiz O’zbekiston mustaqilligi, Konstitutsiya kuni bayramlari respublikamizda keng nishonlanmoqda. Mavsumiy bayramlar “Navro’z”, “Lola sayli”, “Birinchi kor”, Xosil bayramlari, paxga bayrami, qovun sayli va boshqa bir qator kasbiy va oilaviy bayramlarni nishonlaymiz. Ha, chindan ham bayramlarimiz juda ko’n. Bunga bolajon o’zbek xalqining serfarzandligi va mehmondo’stligi kabi jihatlari ham sabab bo’lsa ajab emas. Axir 5-10 nafar oila a’zosi bo’lgan o’zbekning oilasida bir yilda o’nta tug’ilgan kun, agar ularning barchasi turmush qurgan bo’lsa, oilada 20 ta tug’ilgan kun nishonlanadi. Xullas, kalom 365 kunlik yilimizni teng yarmi bayramlarni nishonlash bilan kechsa ne ajab. Bu birgina bayram qadriyatlarimizgina, xolos. Aslidachi, qanchadan-qancha suvni, nonni, oilani, ota-onani, yoru birodarlarni asrash-avaylash, oddiy salom berish, taom tayyorlash, davrada, o’tirish, dasturxon bezatish, mehmon kutish, bir piyola choy ustida suhbat qurish kabi son-sanoqsiz qadriyatlarimiz mavjuddir. Va qadriyatlarimiz o’zining milliylik tusini olib hayotimizga tobora chuqur singib bormoqda. Hayotimizni qadriyatlarsiz tasavvur etish qiyin. Bir so’z bilan aytganda, o’zbek millati jahon xalqlari orasida o’zining qadriyatlar salmog’i bilan ham oldingi o’rinlardan birida turadi. Bu yutuqqa xalqimiz avvalo Sharq xalqlari, musulmon dunyosi, qolaversa Markaziy Osiyo xalqlari bilan birgalikda erishmoqdalar. Taniqli shoirimiz Erkin Vohidov “Alisher Navoiynn anglash va his qilish o’zbek xalqining tarnxini, madapiyatnni, qalbi ehtiyojlarini, o’zligini anglash va his etish demakdir”, deb yozgan edi. Ushbu teran satrlarni o’zbek milliy qadriyatlariga nisbatan ham aytish mumkin. Milliy qadriyatlarimizni anglagan, his etgan - har bir Vatandoshimizni, millatimiz, ma’naviyati, shon-shuhrati va porloq kelajagini oldindan ko’ra bilgan, anglagan, etuk insonlar deya olamiz. 3 Milliy qadriyatlar millat a’zolari tomonidan ming yillar davomida yaratiladi. Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash milatni o’ziga hurmat bilan qarashning asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar bilan birga qo’shilib, jamiyatimiz taraqqiyotini tezlatadi. O’zbekistonimiz o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Chunki milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. Xalqimizning milliy qadriyatlari 3 ming yildan ortiq davrni o’zida mujassam etgan. Bizning milliy qadriyatlarimiz: tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomilada tavoze, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham harakterlanadi. Milliy qadriyatlarimiz jahonning boshqa xalqlariga o’hshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusmlar, marosimlar va an’analardagi o’ziga hosligi bilan farqlanadi. Har bir millatning o’z milliy qadriyatlariga munosabati qanchalik faol bo’lsa, bu millatning jahon hamjamiyatidagi o’rni, obro’si, unga ajratiladigan e’tibor, hurmat shu darajada baland bo’ladi. Bu millatning nufuzi shu darajada yuksak bo’ladi. Milliy qadriyatlarimizning dolzarb muammolari: Bayramlar. Urf-odatlar. Qadriyatlarni milliyligini saqlash. Qadriyatlarni asrash. To’y-tomosha qadriyatlarimiz. Ro’zg’or tutish qadriyatlarimiz. Ota-onaga hurmat. Erni, suvni, nonni e’zozlash. Tabiatni asrash. Hayvonlarga g’amho’rlik. Islomiy qadriyatlarga ijobiy munosabat va boshqalardan iborat. Huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar-demokratik qadriyatlardir. Uning jihatlari : Inson huquqlariga rioya qilish. So’z erkinligi. Matbuot erkinlikgidan iborat. Milliy va demokratik qadriyatlar millatni millat sifatida namoyon bo’lishining muhim omillardan biridir. Davlatimiz madaniy-ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda yoshlarni, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va qadriyat mezonlari kishilarga, ularni xulq-atvorini tartibga solish va to’g’ri yo’naltirishga hizmat qiladi. Kelajagi buyuk O’zbekistonimizni sog’lom va barkamol avlodlarini tarbiyalab voyaga etkazishda qadryatlar alohida o’rin tutadi. Download 57.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling