4. QGYO texnologiyasini olib borish tartibi
QGYO texnologiyasini umumiy olib borish tartibi. Boshlanishida kо‘taruvchi quvurlar shablonlanadi va quduq tubiga tushiriladi. Undan keyin quduqni qabul qiluvchanligi ikki-uch marta barqaror rejimda suyuqlikni quduqqa ruxsat etilgan bosim chegarasida haydash va yoriqni kritik ochilish bosimi Ryoril aniqlash va kerakli ishchi agent hajmi aniqlanadi hamda QGYoni amalga oshirish uchun paker о‘rnatish yoki о‘rnatish kerak emaslik masalasi hal qilinadi. Bu tadqiqot asosida haydash bosimiga quduqni qabul qiluvchanlik bog‘lanish grafigi quriladi. Agar bog‘lanish grafigi debit о‘qiga botiq bо‘lsa, quduqning qabul qiluvchanlik koeffitsiyenti maksimal haydash rejimi minimal haydash rejimiiing qabul qiluvchanlik rejimiga nisbatan qatlamda yoriqlarni ochilish ruxsat etilgan bosim chegarasida mustahkamlash quvurlari tizmasida 2-3 marta о‘sadi. Buvday quduqlarda QGYO usuli pakersiz qо‘llaniladi.
Qarshi holatlarda mustahkamlash quvurlarini qatlamni yorishda va yoriqlarga qumni haydashda yuqori bosimdan himoyalash uchun paker о‘rnatiladi. Porshenli nasoslar yordamida ishchi suyuqliklarni haydashda paydo bо‘ladigan pulslanuvchi bosimni ta’sirida pakerni о‘qli siljishini oldini olish uchun uning usti qismiga gidravlik yakor о‘rnatiladi.Quduqning ustiga maxsus boshchali yuqori bosimli quvur tezda biriktiruvchi mufta о‘rnatiladi va nasos jihozi bilan biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |