2. QGYO ni xorijiy davlatlarda qо‘llanilishi
Qatlamni gidravlik yorish texnologiyasi yoki gidravlik yorish bо‘yicha butun dunyoda bahslashuv ketmoqda. Qarshi bо‘lganlar atrof muhitga potensial ta’sir qilishi, tarafdorlari-jahon iqtisodiy krizisni yengib о‘tishning eng yaxshi imkoniyati deb hisoblaydi. Birinchi о‘rinda gidravlik yorishni qatlam suvlariga ta’sir qilishi bilan bog‘liqdir. Metanning ta’sir qilishi, otilmalarni chiqishi, qatlam suvlarini ifloslanishi jiddiy favqulodlardagi xatolarga sabab bо‘ladi. Agarda grunt suvlaridan foydalanilayotgan bо‘lsa, u holda atrof muhitning holati katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Bugungi kunda lokal muammolarni yechimini izlashda uni bor yо‘qligigaishonch hosil qilishimiz kerak. Texnik jihatdan qaraganimizda bu muammo mavjud, gidravlik yorish texnologiyasini qо‘llanilishi talab qilinadi.
1-rasm. Qatlamni gidravlik yorishning umumiy kо‘rinishi
Qatlamni gidravlik yorish usulini qо‘llab, slanets gazlari qazib olinganda foydalaniladigan uglevodorod yoqilg‘isi kuchayadi. Xalqaro energetika agentligi hisobotini kо‘rib chiqadigan bо‘lsak, "Oltin gaz asrning oltin qoidasiga muvofiq kо‘mirni slanets gazi bilan almashtirish klimatni katostrafik о‘zgarishini inkor qiladi. Boshqa hisobotda: tabiatni muhofaza qilish, quyosh, shamol va atom hamda uglevodorod gazlarini ushlab qolish va saqlash iqlimni toza asrashda muhim rol о‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |