Reja: Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Download 25.6 Kb.
bet6/8
Sana20.10.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1712822
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari

Huquqiy madaniyat- bu jamiyatda o`rnatilgan huquq tizimining darajasi, fuqarolarning ushbu o`rnatilgan huquq tizimidan xabardorligi va unga bulgan xurmati va o`rnatilgan huquq normalarini bajarilish darajasi tushiniladi.


Huquqiy tartibot tushunchasi, jamoat tartiboti. Intizomi.

Huquqni amalga oshirish va huquqiy normani bajarish qonuniylikning asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshirilishi, erkin ijtimoiy munosabatlarda shunday tartibni o`rnatishga olib kelishi kerakki, bunda subyektiv huquq qarshiliksiz amalga oshirilishi, huquqiy burch esa oђishmay bajarilishi lozim bo`ladi.


Qonuniylik asosida o`rnatilagn bunday tartibot, huquqiy-tartibot deyiladi.
Demak, huquqiy-tartibot talablarini amalga oshirish asosida vjudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning ma`lum tuzilishidir. Qonuniylik bilan huquqiy-tartibot bir-biridan farq qiladi: qonuniylikning mazmuni huquqiy normalarga qat`iy va oђishmay rioya etishlariida ifodalansa, huquqiy-tartibot esa, ijtimoiy munosabatlarda qatnashuvchilarining yurish-turishlari ularning subyektiv huquq va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Shunday qidib, huquqiy-tartibot huquqiy munosabatlar doirasida shu munosabatlarning ishtirokchilari o`z subyektiv huquqlarini amalga oshirishlari va huquqiy burchlarini bajarishlari natijasida vjudga keladi.
Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy-tartibotni ta`minlash vositalaridan biri bo`lsa, huquqiy-tartibotni mustahkamlash esa, o`z navbatida qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi.
Huquqiy - tartibot huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munasabat tartiblarini o`zida ifodalaydi.
Bu tartiblar qonunlarning aniq amalga oshirilishi vositasi bilan o`rnatiladi va uning ifodalanishi shundaki fuqarolar va tashkilotlarining huquqiy holati saqlanadi va ularning huquqiy layoqati qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo`ladi.
Qonunlarsiz qonuniylik bo`lmaganidek, huquqiy munosabatlarsiz huquqiy - tartibot ham bo`lishi mumkin emas. Shu bilan birga, huquqiy - tartibot bilan huquqiy munosabatlarning yiђindisini tenglashtirib bo`lmaydi. Ma`lum ijtimoiy munosabatlarning huquq bilan tartibga solinishi huquqiy munosabatlar yiђindisini tashkil qiladi, ya`ni shu munosabat ishtirokchilari uchun qonunda aniq huquq va burchlar ko`rsatilgan bo`ladi.
Ammo huquqiy - tartibot uchun bu yetarli emas, buning uchun subyektiv huquqlarning amalga oshirilishini, huquqiy burchlarning qat`iy bajarilishinita`minlovchi kafolatlangan imkoniyatlar bo`lishi zarurdir. huquqiy - tartibot huquq bo`lgan joyda, davlat huquqiy normalarining amalga oshirilishi ta`minlangan joyda bo`ladi. huquqiy-tartibot va jamoat tartiboti xar-xil tushunchalardir. huquqiy-tartibot jamoat tartibotining bir qismidir.

Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling