Reja: Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Download 25.6 Kb.
bet1/8
Sana20.10.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1712822
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari
Reja:

1. Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari.
2. Qonuniylik prinsiplari va kafolatlari.
3. Huquqiy tartibot tushunchasi. Jamoat tartiboti. Intizom.

Demokratik davlat qonunning yuksak va mustahkam nufuzisiz biror ma`no kasb etmaydi. Mazkur haqiqatni О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatdagi yangilanish va taraqqiyot siyosatining negiziga kiritdi. «Qonunning ustuvorligi - huquqiy davlat faoliyat kо`rsatishining zaruriy shartidir»1[29].


Haqiqatan ham qonun ustuvorligisiz bunyodkorlik yо`liga kirgan shaxsiy va iqtisodiy erkinlikka asoslangan jamiyatni barpo etib bо`lmaydi, Qonunning chinakam ustuvorligini amalda ta`minlash uchun nimalar qilish zarur?
О`zbekistonda kо`rilgan amaliy tadbirlar natijasida, jamiyatda qonunchilikni ta`minlashning barqarorligiga davlat mexanizmi kо`proq umidvorlik tuђdirmoqda. Oddiy kishilarning qonunlar qudratiga ishonishlariga kafolat ham ana shunda. Bobomiz Amir Temur о`zining mashhur "Tuzuklari"da – davlatni boshqarish qoidalari majmuida bunday bashorat qilgan edi: "Zaruriy tartibot va qonunlarga rioya qilish taqdirim va muvaffaqiyatlarimning negizi bо`ldi"2[30].
Chindan ham qonunlarni qо`llashning buzilishi joylarda ijroiya hokimiyatining, undan sо`ng huquq tartibot idoralari xodimlarining huquqiy nochorligini keltirib chiqaradi.
Qonuniylik uchun kurash muhim ahamiyatga ega. Qonun va sudlov tartibiga qat`iy rioya qilingan holda ijtimoiy tartibni buzuvchilar jinoiy javobgar shaxslar yoxud siyosiy nomas`ul kishilar, kim bо`lishlaridan qat`i nazar, (ya`ni qaysi mavqeini egallab turganlariga qaramay) birday muayyan jazoga tortilmoqdalar. Basharti, qonun amal qilmasa, davlat va uning hokimiyatlarida nufuz, xalqda esa ishonch va sabr-toqat qolmaydi.
Qonun buzilishining manbai – ђarazli maqsadlar, kasbiy va ishga oid malakasizlik, xizmat burchiga rioya qilmaslik, davlat tuzumi va jamiyatga dushmanlik munosabati, huquqiy savodsizlik, bezorilik va axloqsizlikka asoslangan turmush tarzi, xalq va davlat mablaђi hisobidan birovlarga hotamtoylik kо`rsatishdadir. Aksariyat hollarda qonunni buzishning ilk qadamlari umumiy savodsizlik va madaniyatsizlik bilan boђliq, ya`ni ba`zilarning soddaligi yoki jazolanmaslikka umidvorligi qonuning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shu asnoda fuqaroni nima erkin qiladi, degan savol tuђiladi. Nazarimizda, mazkur savolga fuqaroni qonunning mohiyatini mukammal tushunib yetishi chinakam erkin qiladi, deb javob bersa bо`ladi. Zero qonunning mohiyatini tushunib olish, unga ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.
Ba`zan qonun omma ongining rivojidan jadalroq harakat qilishi ham mumkin. Ammo shu bilan birga qonun ommaning yashirin manfaatlari in`ikosi ham bо`lishi lozim. Bizning mustaqil davlatimizda qonun erkinlikning, ma`naviylikning, xо`jalik yuritishning, maorifning harakatlanti-
ruvchi kuchi sifatida namoyon bо`lmoqda. Har bir qonun matniga hozirga kun uchun о`ta zarur, lekin unga erishish vositalari yetishmaydigan erkinliklarning imkoniyati, zaxiralari kiritilgan. Bunday tamoyil bozor munosabatlarining huquqiy negizini shakllantirishga yо`naltirilgan qonunchilikni belgilaydi.
Qonunni amalga oshirishning yо`li – qonunda ifodalangan huquq va erkinliklarni mas`uliyat bilan muvofiqlashtirish mezonidir. Shaxsning huquqlarini jamiyat va xalq huquqlariga qarama-qarshi qо`yish bizning qadimiy ma`rifiyligimiz va madaniyatimiz uchun yot narsa. Zero sharq ma`rifiyligiga nafaqat О`zbekiston, balki Yaponiyadek rivojlangan davlat ham mansubdir. Mazkur ma`rifiylik shaxsning hayoti va о`z qadr-qimmatini asrab-avaylab saqlash imkonini taqozo etadi. Bunday qadriyatlar ma`naviy-axloqiy jihatdan butun xalq tomonidan qо`llab-quvvatlangan taqdirdagina shaxsda barkamol inson bо`lishning salohiyati tuђiladi. Chunonchi, Alisher Navoiydek shoir va vazir uchun uning о`ziga emas, balki xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish uluђ sharaf va behad quvonch baђishlagan.



Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling