9-amaliy mashg`ulot. Cho‘kishlarga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar Karst


Download 22.82 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1088228
  1   2   3
Bog'liq
9-amaliy


9-amaliy mashg`ulot. Cho‘kishlarga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar


Karst – bu dolomit, gips, bo’r, ohaktosh, bo’zsimon kabi tog’ jinslarining suv, ishqor ta’sirida erishi yoki yuvilishi natijasida yer osti g’orlari paydo bo’lishi. Vaqt o’tishi bilan ushbu zamin ustidagi qatlamda qurilgan inshootning og’irligi natijasida rel’efning cho’kishi kuzatiladi. Bu holat karst hodisasi deyiladi. Karst so’zi shimoliy – g’arbiy Yugoslaviyadagi karst platosi (yassi tog’) nomidan olingan bo’lib “tosh” degan ma’noni bildiradi.
Bu hodisa juda ko’p joylarda, ayniqsa, Kavkaz, Qrim, Markaziy Osiyo, Volga bo’ylari hududlarida keng tarqalgan.
M.Mamatqulovning bergan ta’limotiga ko’ra (1970 yil) Markaziy Osiyodagi eng yirik karst g’orlaridan biri Bahriddin g’oridir. G’orning uzunligi 220 metr, kengligi 56-57 m, balandligi 20 metrga yetadi. Janubiy Farg’ona tog’larining yon bag’ir qirlarida joylashgan Koniyurt g’orining uzunligi 200 metr bo’lsa, Zarafshon tog’ tizmalaridagi Amir Temur g’orining uzunligi 450 metrdir.
Tuproq massasining qulab tushishi yer ustki qatlami rel’efini o’zgartiradi.
Shaharsozlikda joyga baho berayotganda bir yilda ma’lum maydonda karst hosil bo’lishi sonini va karstning yil davomida o’rtacha sodir bo’lish ko’rsatkichini aniqlash lozim. Bir yilda ma’lum maydonda karstlar hosil bo’lish soni quyidagicha aniqlanadi:
, (7,1)
bu yerda, R – S km2 maydondagi t yildagi karst chuqurliklari soni.
Cho’kkan karstlar maydoni, km2; uni quyidagi toifaga bo’lish mumkin:
R1,0 – juda ham mustahkam bo’lmagan joy;
R0,1-1,0 – mustahkam bo’lmagan joy;
R0,05-0,1 – yetarlicha mustahkam bo’lmagan joy;
R0,1 – nisbatan mustahkam joy;
R0 – mustahkam joy.
Karst faollik tezligi qaytarilishi ko’rsatkichi 100 yil mobaynidagi davr uchun aniqlanadi, %:
A= 100Vv / V (7,2)
bu yerda, A - karstning faol ta’sir ko’rsatgichi; Vverigan gruntning hajmi;V – erish uchun sarflangan umumiy suv hajmi, m3.
Hududlarning mustahkamligi joyning injenerlik zamin sharoitiga asoslangan bo’ladi.
Rivojlanayotgan karstlar faol yoki sust rivojlanuvchi karstlarga ajraladi. Ko’milgan karst - bu o’pirilib tushgan va suvda erimaydigan tog’ jinslari bilan to’lib qolgan holatdir. Shuningdek, yer yuzida soy shaklida bo’lib, rivojlanayotgan va suv o’tkazmaydigan chuqur qatlam bo’yicha tarqalishi bilan ham ajralib turadi.
O’pirilish va buzilishlar imorat hamda yer osti injenerlik kommunikatsiyalariga katta talafot yetkazadi. Faol karst xavfli bo’lib hisoblanadi. Karstlarning shahar hududida sodir bo’lishi shaharsozlikda katta qiyinchiliklarni tug’diradi.
A.Makeev joylarning karstlashuvchanlik darajasini (toifasini) har 1 km2 maydonda hosil bo’ladigan karstlarning soni bilan belgilanadi.

Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling