9-amaliy mashg`ulot. Cho‘kishlarga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar Karst


Download 22.82 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1088228
1   2   3
Bog'liq
9-amaliy

karstlarni butunlay yo’qotish; bu shu karstlarning kichik o’lchamlari uncha katta bo’lmagan maydonlarda hamda faolligi sust joylarda olib boriladi;

  • karstning rivojlanishini kamaytirish va yer yuzasidan shaharsozlikda foydalanish.

    Injenerlik tayyorgarligining asosiy vazifasi karstga oqova suvning oqishini bartaraf qilish yo’llarini izlashdir. Shaharsozlikda injenerlik tayyorgarlik ishlarining asosiy chora – tadbirlari quyidagilardan iborat:

    • oqova suvlarni karstli joylarga oqizmaslik;

    • karstlarga sizot suvlarini tushirmaslik uchun drenajlar qo’llash;

    • karstlarning yer ustida paydo bo’lgan chuqurliklarini yo’qotish;

    • yer ostida paydo bo’lgan g’orlarni yuvilmaydigan tog’ jinslari bilan to’ldirish;

    • yer yuzasidagi chuqur va cho’kkan joylarni qurilish uchun qulay holatga keltirish.

    Bu chora – tadbirlar quyidagicha amalga oshiriladi:

    Karstli maydonlarda ekologik muammolar. Karst hodisasi tabiiy jarayonni boshqarishda seziladi. Uning kimyoviy tarkibi sizot suvlarga, sizot suvlar esa, o’z navbatida, o’simliklar dunyosiga katta ta’sir ko’rsatadi.
    Shahar qurilishida alohida joylarni qurish uchun faqat karstli joylar emas, uning atrofidagi karst ta’sir qiladigan gidrogeologik va gidrologik holat ham o’rganiladi.
    Karst o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgani uchun qo’yiladigan talablar tabiiy holatni chuqur tahlil qilish natijasida belgilanadi. Masalan, hududda tikka rejalashtirishda suriladigan tuproqning ma’lum balandlikda bo’lishi e’tiborga olinadi. Chunki karstlarni yopib turuvchi qatlamning kamayishi yemirilish jarayonini tezlashtirish va shu bilan karstga tushadigan suvni ko’paytirishi mumkin, yoki namligi katta bo’lgan joylarda daraxtzorlarni tashkil qilish, ortiqcha suvlarni bug’lantirish, ildizlarning rivojlanishi esa joyni mustahkamlash imkonini beradi.
    Joylarda injenerlik tayyorgarlik ishlari olib borilganda karstlarning ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Chunki ko’pincha karst suvlari ichimlik suvining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.
    Download 22.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling