9-amaliy mashg`ulot. Cho‘kishlarga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar Karst


– toifa uncha mustahkam bo’lmagan joy – 1 yil mobaynida 1 km2 maydonda 5 tadan ko’p chuqurlik xandaq paydo bo’ladi; 2 – toifa


Download 22.82 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1088228
1   2   3
Bog'liq
9-amaliy

1 – toifa uncha mustahkam bo’lmagan joy – 1 yil mobaynida 1 km2 maydonda 5 tadan ko’p chuqurlik xandaq paydo bo’ladi;
2 – toifa mustahkam bo’lmagan joy – 1 km2 yuzada har yili 5 tagacha chuqurlik paydo bo’ladi;
3 – toifa o’rtacha mustahkam joy – 1 km2 yuzada 20 yilda bitta chuqurlik paydo bo’ladi;
4 – toifa mustahkam joy – 1 km2 yuzada 20-25 yil mobaynida bitta chuqurlik paydo bo’ladi;
5 – toifa juda ham mustahkam joy – 1 km2 yuzada keyingi 50 yil davomida birorta ham chuqurlik paydo bo’lmagan.
Bunday baho rel’efning mustahkamligi bo’yicha qabul qilinishi mumkin. Ammo shaharsozlikda joyga baho berayotganda mustahkam va juda mustahkam joylardangina foydalanish mumkin bo’lib, oldin uncha mustahkam bo’lmagan va o’rtacha mustahkam joylarda qurilish ishlari bajarilmaydi. Shuning uchun ham bunday joylar shaharsozlikning qaysi maqsadida foydalanishga mo’ljallanganligiga bog’liq bo’ladi.
Umuman shaharsozlik amaliyotida karstlar bilan bog’liq joylarga quyidagicha baho berish qabul qilingan:

  • yaroqli joylar – karst holati butunlay yo’q;

  • yaroqsiz joylar – ko’milgan yoki soni kam bo’lsa ham karstlar bor, chuqurligi 3-4 metrdan oshmaydi;

  • umuman yaroqsiz joylar – faol va bir necha karstlar bor. Chuqurligi esa 10 metrdan ziyod.

Shahar uchun joy tanlanayotganda, agar karst paydo bo’lishi xavfi bo’lsa, unda injenerlik tayyorgarlik ishlarini olib borish yo’li bilan shu joyning chegaralari belgilanadi va yaroqligi bo’yicha izlanishlar olib boriladi.
Zamin sharoitida injenerlik nuqtai - nazaridan o’rganilganda karstning yoshi, uning paydo bo’lish jarayonlari va o’sishi mumkinligini, chuqurligi, hajmi, yuviluvchi qatlamning balandligi, yer osti suvlarining filьtratsiyasi, yer osti suvlarining infilьtratsiyasi, sizot suvlarning kimyoviy tarkibi o’rganiladi. SHu qidirish ishlari jarayonida faol karstning chegaralarini, uning mustahkamligi va qattiqligini o’rganishning ahamiyati katta. Bunda yoriqlarning paydo bo’lishi va chuqurlarning borligiga alohida e’tibor beriladi.
Karstning bor yoki yo’qligi ancha vaqtgacha sezilmay qolishi mumkin. U bino yoki inshootning cho’kishi tufayli seziladi. Karstlarning faol holatida uning rivojlanishi injenerlik tayyorgarligi davrida chegaralanishi mumkin, ammo bu juda qiyin ishdir.
Hududlarning injenerlik tayyorgarlik ishlari ikki yo’nalishda olib boriladi:


  1. Download 22.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling