Reja: Qoraqalpog’iston Respublikasi. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti Qoraqalpog’iston Respublikasi
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti
Download 94 Kb.
|
1 2
Bog'liqMustaqil ish Onamniki
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti
Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi. XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini O‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o‘z tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini ko‘rsata oldi. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo‘yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining mushtarak taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi. Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og‘a-inichilik fazilatlarini ko‘rsatdilar, o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o‘zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo‘lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan an’analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O‘zbekiston tarkibida o‘tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, san’at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o‘zbek xalqining beg‘araz yordami, og‘alarcha ko‘magi bilan dunyoga keldi. Qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan o‘tib, og‘ir kunlarda eng ishonchli qurol bo‘lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma’muriy-buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliysiyosat, «ulug‘ og‘a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining munosabatlariga rahna sololmadi. Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unumli foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog‘istondan bo‘lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi. Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan o‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to‘plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan O‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdirlarini abadiy birlikda ko‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o‘zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko‘st amalga oshadigan bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining O‘zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi to‘la e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkitomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70–75-moddalar) o‘z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi. Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning huquqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi. XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalklari siyosiy. iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o`zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo`jayli hamda Qo`ng`irot tumanlari hududida Qozogiston ASSR tarkibida Qoraqalpog`iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog`iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o`z taqdirlarini O`zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan bel-giladi va o`z tanlagan yo`lining istiqbolli ekanligini ko`rsata oldi. 1996 yilda Qo`ng`irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yubo-rildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta`minlash darajasi 83 fo-izga yetdi. «Qoraqalpoqqurilish» akiionerlik jamiyatida Ita-liya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihoz-langan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavo-dida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» to`qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal`a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to`qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo`jaligi mah,-sulotlarini qayta ishlash bo`yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo`ng`irot un kombinatlari, To`rtko`lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqara-digan zavod, Ellikqal`a tumanida esa shunday quvvatga ega bo`lgan konserva iyexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Qo`ng`irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kaliiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kim-yoviy yo`l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko`zda tutilgan. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti-rish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchi-likning turli shakllariga o`tib ishlay boshladi. Nodavlat shak-liga o`tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo`ldi. Shuningdek, bu korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi. Lekin shuni ham alohida ta`kidlash joizki, ko`p sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgoh-lar, mexanizmlar) ma`naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to`quv fabrikalari, go`sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi. Qoraqalpog`istonda meqnatga layeqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o`tish ro`y berdi. Qishloq xo`jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i bo`lib qoldi. 1997 yil 1 yanvar qolatiga respublikada 263 ta qishloq xo`jalik korxonasi faoliyat ko`rsatdi. Nodavlat sekto-rining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 fo-izni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo`jalik mahsulotlari, jum-ladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 fo-izni, bog`dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go`sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarish-da 99,4 foizni, qorako`l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o`zgardi. Agar 1991 yidda g`alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foi-zini (jumladan, bug`doy 1,9) tashkil etgan bo`lsa, 1996 yilning oxirida bu 35,8 foizga yetdi (bug`doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobaynida bugdoy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya`ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko`paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo`jaliklarning his-sasi tobora ko`paydi. Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iklim sharoiti tufayli respublikada keyingi yil-larda hayvonlar soni kamaydi. 1991 - 1996 yillarda xo`jalik-lar, davlat xo`jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo`jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho`chqa, 176 ming 603 bosh qo`y va echkilar yo`qotildi. Qoraqallogistonda dehqon fermer xo`jaliklari tashkil etish bo`yicha yetarli tajriba to`plandi. Masalan, Ellikqal`a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetish-tirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsa-dida mavjud 14 ta jamoa xo`jaliklari dehqon-fermer xo`ja-liklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma`qullab, O`zbekiston qukumati maxsus qaror qabul qildi. Xo`jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa vilo-yatlarda yaxshi natija berdi. Lekin, Qoraqalpog`istonning o`zi-da ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e`tibor beril-madi. Oqibatda qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmida ular-ning xissasi nihoyatda kam bo`ldi. Buning asosiy sababi fer-mer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar yaxshi ishla-madi, bo`rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvon-larni ko`paytirish qoniqarsiz ahvolda, moddiy-texnika va pul mablag`lari bilan ta`minlash past darajada, agrotexnik va zoo-veterinariya xizmati ko`rsatish juda bo`sh tashkil etildi. Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o`zgarishlar ro`y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablaglari hisobidagi qurilishlar hajmi ko`payib, budjet mab-lag`ining qissasi kamaydi. Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablaglar noishlab chiqa-rish obyektlariga ajratilgan mablagga nisbatan ancha ko`p bo`ldi. Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag` 61,2 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o`zida noishlab chiqarish obyekt-lari uchun ajratilgan mablaglar miqsori 38,8 foizdan 22 fo-izgacha kamaydi. Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqa-larga ham katta e`tibor berildi. Masalan, 1996 yildagi tash-qi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995 yildagiga nisbatan 3,7 marta ko`p bo`ldi. 1996 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasining tashqi sav-dodagi asosiy sheriklari hissasi Rossiya 11,4 foiz, AQSH 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11,1 foiz, Shveyiariya 9,4 foiz, Nider-landiya 7,2 foizni tashkil etdi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo`ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foiz-ni tashkil etdi. Rarb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 million AQSH dollarini, yaqin G`arb mamlakatlari-ga jo`natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Uzoq G`arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsu-lotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. Tashqi savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995 yildagiga nis-batan 3,4 marta ko`gtaydi. Import mahsulotlari tarkibida aso-san xalq iste`mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. Uzoq G`arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo`lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan res-publikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan aso-san shakar, bugdoy, mashina va jihozlar, agregatlar va ular-ning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqa-rishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsu-lotlar keltirildi. Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega. Tabiati Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi — Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29-101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik — chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan. Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda −4,9°, shimolida — 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194-214 kun. Eng yirik daryosi-Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi. Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli — Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl — Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan. Tuprogʻi, oʻsimlik va hayvonot olami Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan. Qoraqalpogʻistonda yuksak oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston hududi tropik boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi sababli oʻsimlik qoplami zonalar boʻyicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-gʻarbiy va qoldiq past togʻlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va qumli choʻl boʻlib, oʻsimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ziyod yuksak oʻsimlik turi mavjud. Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, oʻsimlik turi kam, asosan, qalin toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismida katta maydonlarda siyrak oʻt-butali choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulgʻun, oq sak-sovul) oʻsadi. Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak oʻsimlik uchraydi. Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon (toʻqay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50 % yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi. Qoraqalpogʻiston oʻrmon-toʻqay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. Toʻqaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud. Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi ancha oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yoʻqolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyeq; yirik sut emizuvchilardan jayran, boʻri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay; oʻrgimchaksimonlardan chayon, falanga va boshqa yashaydi. Toʻqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon, qobon va boshqa Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq va boshqa ovlanadi. Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan. Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: „Badaytoʻqay“ davlat qoʻriqxonasi, „Saygʻoq“ va „Sudochye“ buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling