Reja: Qoraqalpog’iston Respublikasi. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti Qoraqalpog’iston Respublikasi


Download 94 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi94 Kb.
#1759595
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish Onamniki



Reja:

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi.

  2. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti


Qoraqalpog’iston Respublikasi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbida, Amudaryoning quyi, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1932-yil 20-martda tashkil qilingan.
Umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududning kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublika janubiy-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Mintaqa yer maydonlarining 80 foizdan ortig‘ini qum barxanlaridan iborat cho‘l hududlari tashkil qiladi. Respublika aholisi (2014 yil boshiga) 1 million 736 ming kishidan ziyod bo‘lib, aholining milliy tarkibida o‘zbeklar 38,1 foizni, qoraqalpoqlar 35,7 foizni, qozoqlar 18,2 foizni, turkmanlar 5,1 foizni ruslar 0,7 foizni koreyslar 0,4 foizni, tatarlar 0,3 foizni va boshqada millatlar 1,5 foizni tashkil qiladi. Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 14 ta tuman, 1 ta shahardan iborat bo‘lib, markazi - Nukus shahri. Mintaqa Qozog‘iston (990 km) va Turkmaniston (784,1 km) davlatlari, Xorazm (263,2 km), Navoiy (300 km) va Buxoro (66 km) viloyatlari bilan chegaradosh.
Quyi Amudaryoning janubiy qismida, qumli kengliklar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti, uning iqtisodiy, ma’muriy va madaniy markazi bo‘lgan Nukus shahri joylashgan. Jug‘rofiy nuqtai nazardan shahar respublikaning qoq o‘rtasida, turli transport kommunikatsiya tarmoqlari kelib tutashadigan juda qulay manzilda joylashgan. Shaharning tarixan uchta darvozasi sanalmish To‘rtko‘l, Chimboy va Xo‘jayli guzar yo‘llari orqali respublikaning istalgan tumaniga yetib borish mumkin. “Qizketken” va “Qattag‘ar” deb nomlangan katta magistral kanallari shaharning nafaqat shaharning, balki butun respublikaning qon tomirlaridir.
Hududdan halqaro ahamiyatdagi magistral avtomobil yo‘llari va temiryo‘llar o‘tib, bu yo‘llar orqali Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga chiqish imkoniyati mavjud.
Mustaqillik davrida – 1999 yilda Amudaryo uzra Nukus va Xo‘jayli shaharlarini bog‘lab turgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan temir-beton ko‘prik qurilib, ishga tushirildi. Nukus – mamlakatimizning zamonaviy va tez rivojlanib borayotgan shaharlaridan biri. Bu yerda milliy va jahon me’morlik madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etgan ko‘plab muhtasham ma’muriy, madaniy-maishiy binolar, turarjoylar, tibbiyot, ta’lim va sport maskanlari barpo etilgan. Shaharda yirik sanoat korxonalari, banklar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Yozuvchilar, Kompozitorlar, Arxitektorlar uyushmalari, teatr va muzeylar, kinostudiya, ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muqaddas Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi o`zining 32 yillik mustaqil rivojlanish yillarida asrlarga teng yo`lni bosib o`tdi. Tarixan qisqa bu davrda shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay o`zgardi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida barqaror o`sish sur`atlari kuzatilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz qalbida o`z yurtiga egalik hissi, shu ulug` Vatanning bugungi va ertangi kuni uchun mas`uliyat va daxldorlik tuyg`usi ortib, uning ongu tafakkuri va dunyoqarashi yuksalib bormoqda. Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin. Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi. Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi. Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы, «Nukus Med Tex» MChJ, «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.
Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda. Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling