Reja: Qoraqalpoqlar xalq og`zaki ijodiyoti va ilm-fan
Download 61 Kb.
|
7-Mavzu.XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati.Turkistonda jadidchilik harakati.
7-Mavzu.XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati.Turkistonda jadidchilik harakati. Reja:
2.O`rta Osiyoda jadidchilik harakatining vujudga kelish shart-sharoitlari. 3.Taraqqiyparvarlik haraka- tining O`rta Osiyoga yoyilishi. 4.Jadidlarning asosiy g`oyalari. Tinch hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar davomida ko'chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini to'liq saqlab qolish imkoniyatiga ega boTmagan.Xalq iste'dodini namoyon etuvchi boy og'zaki she'riy ijodiyotning janr- lari ancha ko'p bo'lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo'shiqlarda ifoda etilgan «otalar so'zi» alohida ajralib turar edi. Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodida kulgi qahramoni bo'lgan O'mirbek laqqi obrazi orqa- li razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar hajv yo Ti bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik ulug'langan. Qoraqalpoq xalqining og'zaki ijodi chuqur mazmunga egaligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Xalq ma'naviy madaniyatining yuksak darajasi ajdodlardan avlod- larga yetkaziladigan xalq dostonlarida, termalarida, shuningdek, musiqali o'lanlarda saqlanib qolgan.Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo'llari mashhur edi. Doston qahramonlik haqida she'riy asarlar bo'lib, ularda xalq baxt-saodati va faro- vonligi uchun kurashgan mard botirlarning buyuk jasoratlari madh etilgan. Ancha mashhur bo'lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan «Qirqqiz» dostoni alohida ajralib turadi. Dostonda Sarkub hukmdori Ol- loyor o'z qizi Guloyimga Muyeli degan hosildor yerlarni tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi mustahkam bir qal'a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlari- gahujum qilib, Guloyimning otasini o'ldirishadi. Sarkub mulklari talanadi, sarkubliklarning ko'pi asir olinib haydab ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga qarshi kurashga kirisha- di, qoraqalpoqlarni asirlikdan ozod qiladi va ona yurtga ozodlikni qaytaradi.XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda bir qancha madrasalar bo'lib, ularning eng kattalari Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi. Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o'rtalarida qurilgan. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Tosh madrasa esa 1841-yil Mang'it hokimi Xo'janiyoz tomonidan qurdirilgan. Madrasada ta'lim ikki bosqichli bo'lib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o'rganilgan bo'lsa, keyingi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o'qitilgan.XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning ilk yozma asarían paydo bo'la bosh- ladi. Qoraqalpoq shoirlari Kunxo'ja (1799-1880), Otash Olshinboy (1788- 1875), Ajiniyoz (1824—1878) kabilarning nomlari keng tanildi. Ular bilimdon, o'z taqdirini xalqi taqdiri bilan bog'lagan kishilar edi. Masalan, Kunxo'ja o'z ijodiyotini ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik mehnati va turmushi- ga bag'ishladi. U adolatsiz tartiblarni qattiq qoraladi.Ajiniyoz Qasiboy o'g'li (taxallusi Zevar) Mo'ynoqdagi eski maktabda, so'ngra Xivadagi Sherg'ozixon madrasasida o'qigan. Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyo xonlikla- rining zabt etilishi ushbu hududning tanazzulga yuz tutishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan ko'p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyat- larning toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy aho- lini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat olib borildi. Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari hilan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o'zlikni saqlab qolish, milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo'lsa ham unutmadi. O'rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan ustunligi mahalliy aholining ochiqdan ochiq kurash olib borishiga imkon bermadi. Shuning uchun ham Vatan, millat, xalq qayg'usini tushungan kishilar, ay- niqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo'l bu — xalqni ma'rifatli qilish deb bildi. Ular xalqni ma'rifatli qilmasdan turib, mustaqillikni qo'lga kiritib bo'lmaydi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq orasida ilg'or g'oyalarni tarqa- tishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar. O'lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati jadidchilik no mi bilan maydonga chiqdi.Qrim-tatar ma'rifatparvari bo'lgan Ismoil G 'aspirali (1851—1914) butun turkiy xalqlar o'rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisobla- nadi. U diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur egallab, jahon taraqqiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir nechta xorijiy tillarni, turli xalqlarning madaniyatini o'rgangan edi. O'zi egallagan bilimlar asosida Sharq va G'arb dunyosini taqqoslab, turkiy xalqlarning taraqqiyotga erishish yo'llarini izlaydi. Ismoil Gc aspirali 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soldi. U o'zi tuzgan ta'lim dasturi asosida darslik tayyorladi. Shu das- tur bo'yicha 40 kunda 12 o'quvchining savodi chiqarildi. Bu usul «usuli savtiya» — harf tovushi usuli, ya'ni «usuli jadid» nomi bilan keng tarqaldi. Uning 1888-yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobi chop etildi. Unda yangi usul maktablarining ta'lim tizimi, dars o'tish va uning tashkil qilinishi, o'quv _ xonalarining jihozlanishi, dars jad val i, ta'ti llar, imtihonlar ba- yon etilgan.O'rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o'z g'oyalarini amalga oshirishda mu- taassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo'nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o'lkada yangi usul mak- tablari tarmog'ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o'qishga yu- borish, turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yo Ti bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.Ilg'or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo'nalishi yangi usul maktab- lari tarmog'ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson sa- vodxon boTishlarini ta'minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konser- vatizmdan xoli bo'lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi.Ular ham Sharq, ham G'arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o'qidilar va o'zgalarni ham shunga da'vat etdilar. Ma'rifatparvarlar xorij- ga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta'lim taraqqiyoti darajasini ko'ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo'ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda taTimni isloh etish vazifasi qo'yildi.Yangi usul maktablarida ta'lim jarayonida Yevropa standartlari mezon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asoslari singan fanlar bilan bir qatorda islom ta'limoti asoslarini o'rganishga ham katta e'tibor berilgan.Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo'lib turar edi. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko'pchiligida Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o'quv qo'llanmalaridan foydalanildi.Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo'qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniy-ma'rifiy yo'nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning keng yo- yilishiga olib keldi. Savol va topshiriqlar: Download 61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling