Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi.
Ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’iy nazar hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo’lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo’lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o’zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra hisoblab chiqariladi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq kodeksining 272-moddasiga muvofiq, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo’yicha, Soliq kodeksining 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan hamda hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog’idagi soliq summasi bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga to’lanadi.
Agar hisoblab chiqarilgan, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi salbiy bo’lsa, soliq to’lovchi mazkur summaning o’rnini Soliq kodeksida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo’ladi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq kodeksining 273-moddasiga binoan, soliq to’lovchilar, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobotini o’zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o’tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |