Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
2000-2019 yillarda (1 oktyabrga qadar) respublikamizda 20 foizli va nol darajali stavkalar qo‘llanilib kelindi. 2019 yil 1 oktyabrdandan boshlab esa 15 foizli, nol darajali hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari (farqlangan stavkalar 2020 yil 1 yanvardan bekor bo’lgan) joriy etildi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Umuman olganda nollik stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga qo‘shilgan qiymat solig‘i nollik stavkada tortiladi, soliq summasi «nol»ga teng bo‘ladi.
Quyidagilarga nollik darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi:
1) O’zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
2) Ilgari O’zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo’lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g’amlab qo’yilgan narsalar. Ushbu me’yorni qo’llash maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan yoqilg’i va yonilg’i-moylash materiallari g’amlab qo’yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
4) Chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog’ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O’zbekiston Respublikasi hududiga etib kelish joyidagi bojxona organidan O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlar;
5) Xalqaro tashishlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |