Reja Qo’shma korxona haqida
O`zbekiston qo`shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm
Download 25.92 Kb.
|
саноат
O`zbekiston qo`shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm.
Tashqi iqtisodiy aloqalar har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va samarali yo`llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo`shma korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo`nalishi jahonning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. Qo`shma korxonalar tashkil etish va ularni samarali taraqqiyot yo`liga solish ishchi kuchlari ko`p bo`lgan davlatlar qatoriga kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra O`zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda qo`shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko`pgina mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar yetakchi o`rinni egallab kelmoqda. Respublikada vujudga kelayotgan qo`shma korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. 1994 yilda bunday korxonalar soni 900 tani tashkil etgan bo`lsa, 2001 yilda 1958 ta, 2002 yilda 2087 ta, 2005 yilda 2627 taga yetdi. 1994 yilda xorijiy investitsiya hisobidagi korxonalar YAIMdagi ulushi 2,6 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib mazkur ko`rsatkich 15,1 foizga yetdi. Ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 1994 yilda 2 mln dollardan 2004 yilda 785,2 mln dollargacha, mamlakat jami eksportidagi ulushi 1,0 foizdan 16,2 foizgacha o`sdi. Bunday korxonalarning respublika importdagi ulushi esa 1994 yilda 6 foizdan 2004 yilda 30,5 foizgacha ko`paygan. Mustaqillik yillarida O`zbekiston hududida barpo etilgan qo`shma korxonalar orasida "O`zDEU avto ", "Zarafshon-Nyumont", "Kabul-O`zbek", "O`zBAT", "DEU Tekstil komponi" kabilar shuhrat qozongan. Mamlakat ma`muriy mintaqalari doirasida tahlil qiladigan bo`lsak, O`zbekistondagi qo`shma korxonalarning 68,5 foizi yoki 1800 tasi Toshkent shahriga to`g`ri keladi. Shuningdek, ularni soni Samarqand (125 ta) va poytaxt viloyatlarida (193 ta) ham nisbatan ko`p. Ayni vaqtda qo`shma korxonalar Sirdaryo (37 ta), Navoiy (36 ta), Xorazm (29 ta) va Jizzax (25 ta) viloyatlarida yetarlicha rivojlanmagan. Kelajakda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda uning har bir ma`muriy rayoni (viloyat, tuman) hamda turli mulk shaklidagi korxonalar ishtirokini ta`minlash vatanimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqning turmush sharoitini yaxshilashga ma`lum hissa bo`lib qo`shiladi. Mustaqil mamlakatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda xalqaro turizm katta o`rin tutmog`i lozim. Bu faoliyat to`g`ri va samarali tashkil etilsa, juda katta iqtisodiy samara berishi hamda mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini olib kelishi mumkin. O`zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zarur bo`ladigan ulkan imkoniyatlarga ega. Turizm haqida gap borganda tarix durdonalari bo`lmish va jahon ahlini o`ziga qaratgan ajoyib obidalar saqlanayotgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Marg`ilon kabi shaharlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini aytib o`tish lozim. Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulda “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Kelajakda mazkur sohani yanada rivoj topishida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm to`g`risida"gi qonun alohida o`ringa ega. Download 25.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling