Reja: Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari


Download 19.75 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi19.75 Kb.
#1388432
1   2   3
Bog'liq
LOYIHALASH ASOSLARI

Loyihalash ikkita bosqich – texnik loyiha va ishchi chizmalar yoki bitta bosqich – texnik-ishchi loyiha orqali amalga oshirilishi mumkin.Ikkita bosqichda murakkab sanoat ob’yektlari, shuningdek, shaharlarda quriladigan, bosh rejaga ega bo‘lmagan yashash-fuqaro ob’yektlari loyihanadi. Boshqa barcha ob’yektlar bitta bosqichda loyihanadi.

Loyihalanayotgan ob’yektning iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan ekspluatasiya shart-sharoiti, chiqarilayotgan mahsulot tannarxi hamda loyiha yechimlari qanchalik to‘g‘ri qabul qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hajmiy - rejaviy yechimlar, konstruktiv yechimlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiya asosida olingan materiallar va konstruksiyalarni qo‘llash va boshqalar.


Loyihalashtirishning ilg‘or yo‘nalishi – bu texnologik jarayon nuqtai-nazaridan o‘zaro bog‘langan (hamda bog‘lanmagan) bir nechta korxonalarni bir guruhga birlashtirishdir.

Hozirgi vaqtda tashqarida joylashgan maydonlarga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik izolyasiyasiga ega bo‘lgan yangi germetik jihozlarning namunalari ishlab chiqarilmoqda. Texnologik jihozlarni ochiq maydonlarga joylashtirishda qurilishga sarflanadigan mablag‘lar 4 – 6% ga qisqaradi.

3.Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini
oshirishning asosiy yo‘nalishlari

Kolonnalar yirik gabaritli to‘rlarining qo‘llanilishi texnologik jihozlarni rasional joylashtirish va ishlab chiqarish maydonini 10% ga iqtisod qilish imkonini beradi. Bunday binolarni qurish mayda to‘rli binolarni qurishga qaraganda 3-4% ga qimmat bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda ularni qurishga sarflanadigan solishtirma sarf-xarajatlar 6-7% kam bo‘ladi.


Temirbeton konstruksiyalarda montaj uchun mo‘ljallangan ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo‘yilgan. Bu esa yiliga 0,3 mln. tonna po‘latni iqtisod qilish imkonini beradi.
Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlaridan biri bu to‘liq yig‘ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir.

Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling