Режа Рақамли трансформация нима?


Raqamli transformatsiya strategiyasi kompaniyaga nega kerak?


Download 1.27 Mb.
bet12/14
Sana14.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1001472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
РИ-3-мавзу

Raqamli transformatsiya strategiyasi kompaniyaga nega kerak?
Bugungi kunda biznesni raqamlashtirish faqat elektron hujjat aylanishiga o‘tish bilan cheklanib qolmaydi. Raqamli transformatsiya haqida gap ketganda, biz ishlab chiqarish madaniyati va korxonalarni boshqarish uslubini o‘zgartirishga imkon beruvchi zamonaviy texnologiyalarning majmuini nazarda tutamiz. Raqamli yechimlar tufayli dunyodagi ko’pgina kompaniyalar xodimlar va sanoatdagi uskunalar samaradorligini oshirmoqdalar. Shu bilan birga, mijozlarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va biznes olamidagi raqiblariga nisbatan muvaffaqiyatga tezroq erishadilar.

Raqamli texnologiyalar sanoatda ko‘plab imkoniyatlarni yaratadi, ammo bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Shu sababdan AKFA Group kompaniyani raqamlashtirish va avtomatlashtirish vazifasini bajaruvchi IT-markazini ochdi. IT-markaz xodimlari Navoiy viloyatida joylashgan BENKAM va AKFA Plast zavodlarida MES, ya’ni texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlarni yakunladilar.

MES – bu operatsion rejalashtirish va ishlab chiqarishni boshqarish muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan dasturiy-texnik kompleks. Tizim ishlab chiqarish jarayonini sinxronlashtirish, tahlil qilish va optimallashtirishga yordam beradi.
AKFA Group IT-direktori Dmitriy Jukov ishlab chiqarishni avtomatlashtirish zarur bo‘lgan vaziyatlar va MES nima ekanligi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Dmitriy, aytingchi, tobora ortib borayotgan tovar aylanmasini uddasidan chiqish uchun AKFA Group chindan ham ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi shartmi?
- Ha, albatta. Kichik yoki o'rta korxonani boshqarish haqida gap ketganda, siz texnologik, ma’muriy, moliyaviy muammolarni qiyinchiliksiz nazorat ostida ushlab turishingiz mumkin, ammo agar kompaniya AKFA Group singari ishlab chiqarishning yuqori darajalarini belgilab olgan bo‘lsa va kompaniya rivojlanishda hatto “o‘z-o‘zini ortda qoldirayotgan” bo‘lsa, unda jarayonni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha xolding rahbariyati tomonidan belgilangan kurs aynan o‘z vaqtida qabul qilingan va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Hozirda biz ushbu rejalarni amalga oshirish uchun astoydil izlanyapmiz.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling